1. Qaysi qatorda ko‟chma ma‟noda qo‟llangan so‟z berilgan? A uning bunday odati yo„q edi, shuning uchun yigit
Download 92.17 Kb. Pdf ko'rish
|
6-dars; leksikologiya ( 1-qism ) (2) unlocked
1. Qaysi qatorda ko‟chma ma‟noda qo‟llangan so‟z berilgan? A) Uning bunday odati yo„q edi, shuning uchun yigit hayron bo„lib, biroz qarab turibdi. B) Saodat ko„pdan beri ashula aytmagan edi, shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo„shilib ashula aytgisi keldi. C) Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo„l. D) Olov o„tinni kuydirib kul qilgani kabi, hasad savob amallarni yeb tugatadi. 2. Qaysi javobda berilgan so„zlar juftligi o„zaro ma‟nodosh emas? A) chopmoq - yelmoq B) husn - go„zal C) ayyor - makkor D) epchil - abjir 3. Qaysi javobda paronim qo„llash bilan bog„liq xatolik mavjud emas? A) Gunohkor bo„lmay turib o'rinsiz tanalar eshitsang, yoqmas ekan. B) Tekin boylik axtarguncha o„zingga bob hunar top. C) Bu obidalar necha asirlardan beri yer yuzini bezab turibdi. D) San‟at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik. 4. Inson chehrasi hamisha uning ichki olamini aks ettiradi, shu sababli fikr yuzda aks etmaydi, deb o„ylash xatodir. Ushbu gapda alohida ajratib ko‟rsatilgan so‟z bilan sinonimlik qiladigan salbiy bo‟yoqqa ega so‟z qaysi javobda berilgan? A) Yuz B) Ruxsor C) Bashara D) Oraz 5. Qaysi gapda ajratib ko„rsatilgan so„zda metonimiya usulida ma‟no ko„chgan? A) Unga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois gapirishdan to„xtamadi. B) Sen o„tkir zehnli bola ekansan-ku. C) Qo„zivoy chol anchadan beri samovarga chiqmay qo„ygan. D) Siz ko„zovnakli kishidan keyin kirasiz. 6. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma‟nosini ifodalagan siz kishilik olmoshi qatnashmagan javobni aniqlang. A) Odamlar bilan shunday gaplashingki, do„stim, siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar. B) Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang, usta! C) Agar, bolam, siz haqiqiy do„st topmoqchi bo„lsangiz, avvalo, samimiy bo„lishni o„rganing. D) Bitiruvchilar, siz endi o„zingiz uchun qiziqarli va foydali kasb tanlashingiz kerak. 7. Alohida ajratib ko‟rsatilgan so‟zlar omonimlik xususiyatiga ega bo‟lgan so‟zlar juftligi qaysi javobda berilgan? A) Daladagi tutni kesish javobgarlikka sabab bo‟ladi; Yuziga parda tutgan ayol barchadan chetda turar edi. B) General stol yoniga kelib, tamaki qoldig'ini kuldonga tashladi; Qozon osilgan kulsiz o„choqqa ko„zi tushdi. C) Rastalardagi unlarni olib uyga qaytdik; Onam unni qorib, kulcha yopib bergan damlarni eslayman. D) Davlatdagi xizmatga qanchalik yosh kadrlar kelsa, raqobat va rivojlanish shunchalik tez bo‟ladi; Maxsus qonunga ko‟ra kadrlarni tayyorlash markazlari tashkil etilgan. 8. Qaysi javobdagi gapda antonimlar qatnashgan? A) Har kishi kasb-korni yaxshi bilmog„i, yaxshi tarbiya olmog„i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo„lmog„i kerak. B) Rostlik – do„stlik, yolg„onchilar esa ko„rgulikdir. C) Mayli, qulog„ingga aytay, ey shoir, chunki yomonlikning qo„li balanddir. D) Borlik yo„qlikni mushkulot yengillikni yuzaga keltiradi. 9. 0„smirlarimiz xalqaro turnirlarda g„alaba qozonmoqdalar. O„zbekning dovrug'ini olamga yoymoqdalar. Ushbu gapda yoymoq so„zi qaysi ma‟noda qo„llangan? A) Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq. B) Taxlangan, o„ralgan narsalarni ochmoq C) Kichik-kichik guruhlarga bo„linib ketmoq. D) Tevarak-atrofga anqimoq. 10. Qaysi javobdagi ajratib ko„rsatilgan so„zda metafora usuli orqali ma‟no ko„chishi yuz bergan? A) Albatta, yurtimizdagi bunday o„zgarishlarni ko„rgan ko„zlar xursand bo„ladi. B) Har shanba «Muoimiv»da «Advokatlik osonmi?» dramasi qo„yilayotgan ekan. C) Yanvarning o„n beshlarida butun qishloq to„g„on qurishga otlandi. D) Mustaqillik tufayli millatning g„ururi, obro„-e‟tibori o„sdi. 11. Qaysi javobdagi so„zlar o„zaro ma‟nodoshlik hosil qila oladi? A) chiroy, suluv B) abzal, ortiq C) rostgo„y, mehnatsevar D) ko„nmoq, unamoq 12. Qaysi gaplar juftligida paronimlar berilgan? A) Qo„qqisdan o„rmon kaptarlari g„uv-g„uvlab qolishibdi; Ayol borki, bola kulgisi, bola ingasi kabutar kabi olam uzra qanot qoqib jahon kezadi. B) Iste‟dodli o„quvchilar ichida do„stlarim borligidan faxranaman; Borliqdagi barcha narsa turli sinoatlarga to„la. C) Xatni o„qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon yugurdi; Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib tashlaydi. D) Bir yil ichida yigitning bo„yi ancha o„sdi; Bog„dagi gullarning muattar bo„yi kishiga huzur bag„ishlaydi. 13. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma‟nosini ifodalagan siz kishilik olmoshi qatnashgan javobni aniqlang. A) Bolalar, ehtimol, siz oq ayiqni ko„rmagandirsiz? Men uni ko„rganman. B) Albatta, sizga, guruhimiz a‟lochilariga, hammamiz ishonamiz. C) Rahbarimiz o„quvchilarga yuzlanib: «Siz ertaga muzeyga borasiz», - dedi. D) Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang, usta! 14. Qaysi javobdagi so„zlar o„zaro ma‟nodoshlik hosil qila olmaydi? A) chiroy, suluv B) subutsiz, betayin C) ganj, xazina D) bezak, ziynat 15. Qaysi javobdagi ajratib ko„rsatilgan so„zda metonimiya usuli orqali ma‟no ko„chishi yuz bergan? A) Negadir ishtaham qochib ketdi. B) Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi. C) Bu g„arib bosh nimalarni ko„rmagan, jigarim. D) Tez orada «Sohibqiron» sahna yuzini ko„radi. 16. Qaysi ma‟lumot no‟tog‟ri? A) So‟zlar sinonimlik qatorini hosil qilishi uchun doim bir so‟z turkumi doirasida bo‟lishi kerak. B) So‟zlar antonim bo‟lishi uchun doim bir so‟z turkumi doirasida bo‟lishi kerak. C) Omonim va paronimlar bir turkum doirasida ham, har xil turkum doirasida ham bo‟lishi mumkin. D) Shakli va yozilishi bir-biriga juda ham o‟xshaydigan, asosan, ularni bitta tovush farqlaydigan va ma‟nolari boshqa-boshqa ma‟nolarni anglatuvchi so‟zlarga omonimlar deyiladi. 17. Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi. Ushbu gapda bitmoq so„zi qaysi ma‟noda qo„llangan? A) o„sib-unmoq B) yozuv orqali ifodalamoq C) tugamoq, tamom bo„lmoq D) et unib, birikib tuzalmoq 18. Qaysi javobdagi so„zlar o„zaro ma‟nodoshlik hosil qila oladi? A) ganch, xazina B) dangasa, mehnatkash C) husn, chiroyli D) suluv, ko„rkam 19. Qaysi qatorda ko‟p ma‟noli so‟zlar juftligi berilgan? A) Hech bo„lmaganidan ko„ra kech bo„lgani yaxshi; Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. B) Raqib darvozasiga ketma-ket to„p kiritildi; Ayol stoldagi bir to„p xatni olib, ko„z yugurtirdi. C) Maktabda «O„tkir zehnlilar» musobaqasi bo„lib o„tdi. Uning o„tkir boltasi bo„lsa-yu, shu qurigan daraxtni chopib tashlasa. D) Xatni o„qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon yugurdi; Uning raso bo„y-basti, quralay ko„zlari, o„ng betidagi kulgichi ko„z o„ngidan o„tdi. 20. Qaysi javobdagi ajratib ko„rsatilgan so„zda sinekdoxa usuli orqali ma‟no ko„chishi yuz bergan? A) Yoqimli hid dimog„ini qitiqladi. B) Och nazarim tushar suratga. C) Bir boshga bir o„lim. D) «Nasaf» Toshkentdan g„alaba bilan qaytdi. 21. Qaysi javobda berilgan so‟z uch o‟rinda omonimlik hosil qila oladi? A) Palata B) Nota C) Tosh D) Suzmoq 22. Qaysi javobdagi so„zlar o„zaro ma‟nodoshlik hosil qila olmaydi? A) obro„, nufuz B) belgi, nishon C) beadad, behisob D) ganch, xazina 23. Qaysi gapda ko‟chma ma‟noda qo‟llangan so‟z qatnashgan? A) Haqiqatan ham, ko„rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar orasidagi jonivorlardir. B) Amakimning farzandi bo„lmagani uchun otam meni amakimga o„g„il qilib bergan. Bu, taxminan, 3–4 yoshlarimda bo„lsa kerak. C) Hamma perronda. Hamma o„z jigarini qidiradi. D) Kim o„z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi. 24. Qaysi javobda so„z qo„llash bilan bogliq xatolik mavjud? A) Bolalar oldiga issiq non va qaymoq qo„yildi. B) Paxta gulli piyolalarga choy quyildi. C) Chinni kosalarga sut quyildi. D) Bu kishi qarib ham qo„yilniadi, yoqimsiz hazil qilaveradi. 25. Qaysi javobdagi ajratib ko„rsatilgan so„zda metonimiya usuli orqali ma‟no ko„chishi yuz bergan? A) Yoqimli hid dimog„ini qitiqladi. B) Olti oykim do„stlarim ham pana-panada, Iste‟dodim so„nganidan qilar karomat. C) Buni eshitgan quloo nima deydi? D) 0„zbek Navoivni o'qimay qo„ysa, Oltin boshning kalla bo„lgani shudir. 26. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma‟nosi ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobi aniqlang. A) Sobir tog„amni yaxshi ko„raman. Ammo ular biznikiga bir yilda bir keladilar. B) Sakkizinchi sinf o„quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o„z chiqishlari bilan ishtirok etishadi. C) Ularning har ikkisi bugungi musobaqa ilk marotaba qatnashmoqda. D) Yer yuzida tillar ko„p. Olimlarning hisob-kitobiga ko„ra ularning miqdori 7000 ga yaqin. 27. Osiyo chempionatida Qatar terma jamoasi Yaponiya milliy jamoasini yutdi. Ushbu gapda yutmoq so„zi qaysi ma‟noda qo„llangan? A) ichmoq, yemoq B) biror nima deyishdan o„zini tiymoq, oshkor qilmaslik C) yengmoq, mag„lub etmoq D) o„z qa‟riga tortmoq 28. Qaysi gapda paronim bilan bog„liq xatolik mavjud? A) Bog„imizga o„n tub olma ko„chatini o„tqazdik. B) Azim tog„lar, sizlar ham yaxshi qoling. C) Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. D) Sizning har bir so„zingiz biz uchun tilladan afzal. 29. Hamma perronda. Hamma o„z jigarini qidiradi. Ushbu gapda ko‟chma ma‟nodagi so‟z qaysi usul bilan ma‟nosi ko‟chgan? A) Sinekdoxa B) Metonimiya C) Metafora D) Ma‟no ko‟chmagan 30. Qaysi gapda paronim bilan bog„liq xatolik mavjud? A) Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda. B) Yo„l yoqasidagi azim yong„oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. C) Mevasini ko„tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi. D) Xalqimiz uchun o„sha davrlarda e‟tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi. Download 92.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling