1. Qaysi qatorda o‘zaro shakldosh qo‘shimchali so‘zlar berilgan?


Download 36.43 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi36.43 Kb.
#1525524
Bog'liq
ONA TILI VA ADABIYOT olipiada (1)


ONA TILI VA ADABIYOT

1. Qaysi qatorda o‘zaro shakldosh qo‘shimchali so‘zlar berilgan?


A) ko‘kardi-borardi
B) kitobim-ko‘rdim
C) istak-elak
D) iliq-chiziq
2. Qaysi javobda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Sen shohlari osmonlarga,Tegib turgan chinorim...
B) O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Xolimizni qon kuzatdi Yassaviylar..
C) Xalq ganchin yulmoqqa cho‘zilgan qo‘lga biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
D) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yot yaxshi.
3. Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi,ham sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini yana bir bor diqqat bilan o‘qidi.
B) Hasharchilar tushlikdan keyin yana dalaga qarab yo‘l oldilar.
C) Axir baliq ham suvga intiladi,ko‘kat yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi.
D) Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so‘ng do‘sti tomon yuzlanib gap boshladi.
4. Quyidagi qaysi so‘zning paronimi ikki xil so‘z turkumi doirasida omonim bo‘la oladi?
A) Shox B)yod
C) tuzsiz D)ravon
5)Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan
yasama so‘zlarni belgilang.
1)yolg‘izlik; 2)teshik; 3)guldor; 4)yozgi; 5)jigarrang; 6)diyor.
A)4,5,6. B)3,4,5
C)1,3,5,6. D)1,2,3,6
6)Qaysi gapda lab undoshlari qo‘sh undosh sifatida qo‘llanishi kerak?
A)Yordan ayrilgan yeti yil yig‘lar.
B)Bulbul chamani sevar.
C)Ayrilmagin elingdan,quvat ketar belingdan.
D)Bolalik qilib bunaqa xomxayollarga bormang.
7)Qismlari qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar necha xil bo‘ladi?
A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 5 xil
8)Boy insonlar pulni ko‘proq topish hamda jamlashni o‘ylasa,kambag‘al odamlar uni ko‘proq sarflashni o‘ylaydi.
Ushbu gapdagi fe’llar haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.
A)tub va yasama harakat nomi qo‘llangan.
B)fe’llarning barchasi kelasi zamonda.
C)o‘timli va o‘timsiz fe’llar qo‘llangan.
D)sof fe’llar III shaxsni ko‘rsatgan.
9)Qo‘shma fe’llar qo‘llangan gapni toping.
A)O‘z nafsini mag‘lub etolgan marddir,
G‘iybatdan uzoq-uzoq ketolgan marddir.
B)Shu oddiy ko‘z bilan boqmagil,balki bilim ko‘zi bilan boqqil jahonga.
C)Jahon daryo erur,yaxshi ishingdan Kema yasab o‘tgil nari tomonga.
D)Nomard tepib o‘tar yiqilganlarni,Ojiz kishilar qo‘lini tutolgan marddir.
10)Sof ko‘makchilar qaysi kelishik shaklidagi ismlar bilan qo‘llanadi?
A)jo‘nalish kelishigi
B)chiqish kelishigi
C)qaratqich kelishigi
D)bosh kelishik
11)Qaysi javobda ergash gap, bosh gapdagi egani izohlagan?
A)Qayerda qullik bo‘lsa,o‘sha yerda qut-baraka bo‘ladi.
B)Kimki bo‘lsa dilozor,undan el-yurt bezor.
C)Kechqurun osh suzsak,bir nasiba kam.
D)Shu narsa qiziqki,uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi.
12)Tarkibidagi jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirib yangi ma’noli so‘z hosil qilish mumkin bo‘lgan so‘zlar qatorini toping.
A)chang,tarz,tovon
B)tosh,solih,qarz
C)tog‘,sog‘,xiyla
D)don,o‘z,dil
13)Tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, maxsus bog‘lovchi vositaarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday nomlanadi?
A) bog‘langan qo‘shma gaplar B) ergashgan qo‘shma gaplar
C) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar D) ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar

14)Qaysi so‘z yasovchi qo‘shimcha o‘zidan keyingi qo‘shimcha ta’sirida fonetik hodisaga uchramaydi?


A.ot yasovchi -lik qo‘shimchasi
B.fe’l yasovchi -ay qo‘shimchasi
C.sifat yasovchi -q qo‘shimchasi
D.fe’l yasovchi -a qo‘shimchasi
15)Qaysi qatorda undov so‘z berilmagan?
A.kisht
B.voy-dod
C.oh tortmoq
D.uf
16)Shartmi shu qadahni yo‘q demay ichmak?
Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi ishtirok etgan?
A.metafora
B.vazifadoshlik
C.metonimiya
D.sinekdoxa
17)Qaysi javobda ritorik so‘roq gap berilgan?
A.Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka?
B.Mehmonlar qanaqa kishilar ekan,tanidingmi?
C.Ertaga biz bilan tog‘ga chiqasanmi?
D.Endi yaxshi bo‘lib qayerga ham borardim,jiyanim?
18)Butunning qismini ifodalash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar berilgan qatorni toping
A.siqim,to‘da
B.luqma,shingil
C.quloch,dasta
D.shoda,tilim
19)Qaysi bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida payt munosabati ifodalangan?
A) Shu onda chiroq o‘chdi va birdaniga o‘q uzildi.
B) Oyim gapiryapti-yu, mening ko‘zlarim Kimsan akamda.
C) Yo urug‘ aynigan, yoki agrotexnika qoidalari buzilgan.
D) Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini qo‘rquv bosadi.
20)Qaysi bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida qiyoslash munosabati ifodalangan?
A) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi.
B) Do‘st yomon kuningda asqotadi, biroq qo‘rqoq do‘st yaxshi kuningda ham dushmandan xavfli.
C) Na so‘ngiga yetoldi ishning, na dunyoni anglab ulgurdi.
D) Aql ko‘pga yetkazadi, bilim esa ko‘kka yetkazadi.
21)Ernest Seton-Tompson qaysi kitobi uchun "Alanga" medalini olgan?
A)"Yovvoyi hayvonlar hayoti"
B)"Mitti yovvoyilar"
C)"Shimoliy hayvonlar hayoti"
D)"Jonivorlar haqida hikoyalar"
22) “Qoplon” asariga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A)Tillayev Qurbonboyga garaj direktorining muovini bo‘lishi uchun yordam qiladi.
B)Tillayev eski bod kasali tutib qolganligi sababli direktorlikdan bo‘shaydi.
C)Qurbonboy Tillayevga bir it olib kelib beradi va keyinchalik olib ketib qoladi.
D)Qurbonboy yaxshi montyor bo‘lganligi sababli uni urushga olib ketishmaydi.
23)Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi janrdagi "sof,samimiy,tabiiy,iliq,rohat qilib o‘qiladi" gan asar yozgani bilan tabrilagan edi?
A.roman. B.qissa
C.hikoya. D.drama
24)A.Navoiyning qaysi asarida yigitlikni o‘yin-kulgi,may va musiqa bilan o‘tkazib,ibodatini qarilikda bajarmoqchi bo‘lgan va buni eplolmagan kishi timsoli mavjud?
A."Saddi Iskandariy"
B."Sab’ai sayyor"
C."Lison ut-tayr"
D."Mahbub ul-qulub"
25)"Oq kema" asarida bola qanday odatni yaxshi ko‘rar edi?
A.sumka tutib yurishni
B.o‘zi bilan o‘zi gaplashishni
C.baliq bo‘lib suzishni
D.o‘simliklar bilan gaplashishni
26) Qaysi javobda G‘afur G‘ulomning asarlari berilgan? A)“Qishloq hukm ostida”, “Zilzila”
B)"Kapitan Gastello, "Kurash nechun"
C)“Baxt tongotari”, “Oftob nayzada”
D)“To‘y”, “Sog‘inish”

27)“Uch opa-singil”, “Olchazor”, “Vanya amaki” kabi pyesalar muaallifini aniqlang.



  1. A. P. Chexov B) Alfons Dode

C) Rashod Nuri Guntekin D) Muso Jalil
28)Hech qachon Osmonga tupurma! Osmon qahrli. Tupuging yuzingga qaytib tushadi! Hech qachon yerga tupurma! Yer mehrli: tupuging yuzingga sachraydi. Ammo shu yer seni ko`ksida ko`tarib yuradi!” Parcha muallifini aniqlang.

  1. Abay B) O`tkir Hoshimov C) Abdulla Avloniy D) Alisher Navoiy

29)"Chin yurakdan" she’riy kitobi kimga tegishli?
A.Mirtemir B.Asqad Muxtor
C.Muhammad Yusuf D.Yesenin
30)M.M.Do‘st qalamiga mansub asarni aniqlang.
A."Javob"
B."Ko‘ngil ozodadur"
C."Otoyining tug‘ilgan yili"
D."Galatepaga qaytish"
Download 36.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling