1. Qaysi qatordagi soʻzlarning undoshlari faqat sonorlarda iborat?


Download 9.28 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi9.28 Kb.
#1249953
Bog'liq
Ona tili test


Ona tili-6
1. Qaysi qatordagi soʻzlarning undoshlari faqat sonorlarda iborat?
A) mosh, mos, makon B) moʻgʻul, nav C) malol, marmar, marom
D) shagʻal, nog'ora, mog'or
2. Urg`u yordamida ma`nosi farqlanmaydigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) hamma B) suzma C) bog`lar D) chora
3. Qaysi qatorda noto`g`ri hukm berilgan.
A) urg'u ma'no farqlash vazifasini bajaradi.
B) fonetik o`zgarishlar unli tovushga ham, undosh tovushga ham taalluqli
C) harfiy birikmalarning barchasi portlovchi undoshlardir
D) tutuq belgisi ba`zi so`zlarda unli cho`zib talaffuz qilinsa ham, qo`yilmaydi
4. Ochiq bo`g`ini unlidangina tuzilgan so`zlar qatorini aniqlang.
A) omon, xomush, radio B) alam, imon, tavoze
5. son, ong, qayna, ishtirok, o`qi, odamiylik, past, isi, qot, qizil, chiq. Ushbu so`zlarningnechtasiga qoshimcha qo`shilgan tovush almashishi hodisasi ro`y beradi?
A) oltitasida B) uchtasida C) beshtasida C) to`rttasida
6. Qaysi so`zda tutuq belgisi unlini cho`zish va unlini undoshdan ajratish vazifasini bajarmagan?
A) e'tiqod B) sur'at C) as hob D) mo`jaz
7. Achchiq-achchiq choyni qaynoq-qaynoq ovqat bilan paqqos tushirdim. Ushbu gapda nechta o`rinda fonetik o`zgarish yuz bergan?
A) ikki o`rinda B) bir o`rinda C) to`rt o`rinda D) besh o`rinda
8. Qaysi javobda hosil bo`lish o`rniga ko`ra bir umumiy guruhga mansub jarangli va jarangsiz undoshlar berilgan?
A) b, t B) z, x C) 1, s D) y, h
9. jingalak so`zi tarkibida qanday undoshlar mavjud?
1) ikkita til oldi, ikkita til orqa; 2) uchta til oldi, ikkita til orqa;
3) uchta jarangli, bitta jarangsiz; 4) uchta portlovchi, bitta sirg`aluvchi.
A) 1.2.3 B) 2.3.4 C) 2.4 D) 1.3.4
10. Oktava - insonning hayotda o'z o'rnini topishga bo'lgan intilishi. Bu intilish kuch- qudratingizni, buyukligingizni, yoshligingiz va salomatligingizni qanday timsolda ko'rsangiz o'shanday bo'lishga intilishdir. Ushbu gapda nechta so'z fonetik oʻzgarish boʻyicha yozilgan?
A) 5 B) 2 C) 3 D) 4
11. Qaysi qatordagi so'zlarda [i] tovushi bilinar-bilinmas talaffuz etiladi?
A) bilan, tilim, sira B) tushib, tirnoq, tingla C) qiliq, qiziq, torlik
D) tartib, keltiring, kelib
12. Urg'uning oʻrni oʻzgartirilganda so'z ma'nosiga ta'sir qiladigan soʻzlarni aniqlang.
1) soʻzlar; 2) tonna; 3) surma; 4) atlas; 5) doim; 6) mexanik; 7) fizik; 8) olma
A) 1, 3, 6, 7 B) 1, 3, 4, 6, 7, 8 C) 1, 2, 6, 7, 8 D) 3, 4, 6, 7, 8
13. Berilgan soʻzlardan qaysi biri fonetik oʻzgarish asosida yozilmagan?
A) ulg'aymoq B) siqqan C) qizarib D) chaqmoq
14. Qoʻshimcha qoʻshilishi bilan oʻzagida tovush oʻzgarishi boʻladigan so'zlar qatorini toping.
A) soʻra, ravnaq B) o'rin, gurs C) qayir, qala D) past, qasd
15. Shundan so'ng ikkovi shunchalik qalinlashdiki, hatto bir juma kuni Murodxo'ja domlaning mehmonxonasida bir haftalik so'z boyligini aytib tamom qildi. Ushbu gapda nechta so'z fonetik oʻzgarish asosida yozilgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
Download 9.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling