(T-i/ch-T') bo‘lib, bunda ishlab chiqarish omillari (ish kuchi va ishlab chiqarish
vositalari) qo‘shilishi yuzaga keladi va bu jarayon aylanma aktivlarilari aylanishi
iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ifodalashga yordam beradi
76.Aylanma aktivlar Aylanishning uchinchi bosqichida nima yuz beradi?
# Aylanma aktivlar aylanishining uchinchi bosqichi, (T'-P')da yangidan
yaratilgan mahsulot realizatsiya qilinadi. Oxirgi bosqichda aylanma mablag‘lar yana
boshlang‘ich shakl - pul shakliga o‘tadi va bu esa aylanish jarayonini boshidan
boshlash imkonini beradi.
77.Korxonalarning avanslashtirilgan mablag‘lari qaysi shaklda bo‘lishi mumkin?
# Korxonalarning avanslashtirilgan mablag‘lari natural-ashyoviy shaklda va
boshqa shaklda, ya’ni qiymat shaklida bo‘lishi mumkin. Aktivlarning qaysi bir turini
moslashtirishga qarab, ular asosiy va aylanma mablag‘larga bo‘linadi
78.Aylanma aktivlar tarkibiy guruhi bo’lgan Tovar-moddiy boyliklarga nima kiradi?
# Tovar-moddiy boyliklar, bularga:
1. ishlab chiqarish zahiralari;
2. tayyor mahsulot;
3. tovarlar kiradi.
79Xo‘jalik sub’ektlarining aylanma aktivlari qanday manbalar hisobidan tashkil qilinadi?
# Xo‘jalik sub’ektlarining aylanma aktivlari quyidagi manbalar hisobidan tashkil qilinadi:
1. Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari.
2. Bank kreditlari.
3. Kreditor qarzlar
4. Boshqa manbalar
80.Korxonalarning o‘z aylanma mablag‘lari qanday manbalardan tashkil topadi?
# Korxonalarning o‘z aylanma mablag‘lari quyidagi manbalardan tashkil topadi:
a) davlat korxonalarida byudjetdan ajratmalar hisobidan;
b) yuqori tashkilotlarning ajratmalari;
v) ta’sischilarning pay badallari;
g) aksiyador korxonalarda aksiyalar chiqarish va sotish yo‘li bilan vujudga
Do'stlaringiz bilan baham: |