1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari


Download 188.5 Kb.
bet6/14
Sana04.04.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1328624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Radioaktiv zararlanish. Yadro aslahaning bu ta’sir faktori boshqa shikastlovchi faktorlari ichida alohida o‘rin tutib, uning ta’sir doirasi nafaqat aslaha portlatilgan rayon, balki o‘nlab, yuzlab uzoqlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi. Bu faktor uzoq vaqt davomida katta xududni zararlab, insonlarga, hayvonot dunyosiga qattiq shikast etkazadi. Radioaktiv zararlanishning manbaasi yadroviy portlovchi moddaning parchalangan qismlari, parchalanmagan yadroviy zaryadlar, aktivlangan tosh, tuproqlardan tashkil topgan bulut hisoblanadi. Bularning hammasi atmosferaga ko‘tarilib eng yuqori balandlikka etgandan keyin turg‘unlashadi va meterologik sharoitlarga qarab har xil uzoqlikka tarqalib erga tushadi va o‘sha erdagi jamiki narsalarni zararlaydi.
Portlash bulutida 35 ta kimyoviy elementning 80 ga yaqin izotopi hosil bo‘lib, erga tushadi va ular ham o‘z navbatida parchalanib boradi. Radioaktiv bulut shamol tezligi va yo‘nalishiga qarab elleps ko‘rinishida tarqalib erga tushadi. Radioaktiv zarrachalarni erga tushgan miqdoriga qarab nisbiy 4 ta zararlangan zonaga ajratish mumkin: kuchsiz (A xudud), kuchli (B xudud), xavfli (V xudud) va juda xavfli (G xudud). Radioaktiv shikastlangan xududlar bir-biridan nurlanish dozalari qiymati bilan farqlanadi (1-rasm).

1-rasm. Yadroviy portlashda radiaktiv shikastlanish zonalarini hosil bo‘lishi.
Yadro zaryadining to‘liq parchalangan vaqtdagi nurlanish dozasi bilan zararlangan vaqtdagi radiatsiya darajasi (Rtzar) o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagicha ifodalanadi.
D∞ = 5⋅Rtzar⋅tzar
Bunda: D∞ - yadro zaryadining to‘liq parchalangandagi nur dozasi: tzar - zararlanish vaqti
Rtzar - zararlangan vaqtdagi radiatsiya darajasi

  1. xududini tashqarisida D∞=40 rad, R=8 rad-soat bo‘lib, zona ichida radioaktiv moddalar miqdori 60 foizni tashkil etadi. Bunday holatda A xudud ichida joylashgan tarmoqlar ma’lum vaqt oraliqlarida ishlash imkoniyatlariga ega.

  2. xudud tashqarisida esa D∞=400 rad, va R1=80 rad-soat bo‘lib, xudud ichida bo‘lgan odamlar 1 sutka davomida himoya inshoatlarida saqlanishlari hamda ish faoliyatlarini to‘xtatishlari kerak bo‘ladi.

V xudud tashqarisida D∞=1200 rad va R1=240 rad-soat tashkil etib, xudud ichida bo‘lgan odamlar ishlarini 1-4 sutkagacha to‘xtatib, fuqarolar himoya inshoatlarida saqlanishlari kerak bo‘ladi.
G xudud tashqarisida esa D∞=4000 rad va R1=800 rad-soat ichida esa 10000 rad bo‘lib bunda fuqarolar 4 sutkagacha ishni batamom to‘xtatib, o‘zlari himoya inshoatlarida saqlanishlari kerak.
Vaqt o‘tishi bilan radioaktiv moddalar tabiiy parchalanishi oqibatida shikastlangan xudud larda radiatsiya darajasi kamayib boradi.
Radiatsiya darajasining kamayishi quyidagi bog‘lanishga bo‘ysunadi:
Pt = P1⋅t-1,2
Bunda Rt - portlatilgandan keyingi vaqtdagi radiatsiya darajasi, rad/soat
R1 - portlagandan keyingi bir soat ichidagi radiatsiya darajasi, rad/soat
t - portlatilgandan keyingi o‘tgan vaqt, soat.
Radiatsiya darajasi aslahaning portlatish turiga, quvvatiga, joy relefiga, metereologik va geologik sharoitlarga bog‘liq. Agar radiatsiya darajasi erdan 0,7-1 metr balandlikda o‘lchanganda 0,5 rad/soat bo‘lsa, o‘sha joy zararlangan zona deyiladi. U erda himoya vositalaridan foydalaniladi.
Yadroviy portlashda nafaqat joylar, balki uning xududida bo‘lgan jamiki uskunalar, kiyim-kechaklar, suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlari va erning ma’lum qalinlikdagi qatlami ham zararlanadi.
Inshoatlarni, atrof muhitni, moddiy resurslarni qanday darajada zararlanishi u erdagi radioaktiv moddalarning miqdori bilan yoki zararlanish zichligi bilan aniqlanadi va Kyuri /sm bilan o‘lchanadi.
Kyuri-deganda 1 soniyada 37 mld. atom parchalanganda hosil bo‘ladigan radioaktiv modda miqdori tushuniladi, ya’ni 1kyuriq3,7⋅1010
parch/s=3,7⋅1010⋅60=2,2⋅1012 parch/daqiqa. Radioaktiv izotopning massa miqdori hamda yarim emirilish davri qanchalik katta bo‘lsa, radioaktiv moddasining og‘irlik miqdori shuncha katta bo‘ladi. Masalan: 1 kyuri radiy 226 ni yarim emirilishi davri T=90 yil bo‘lib, u 1g. Ni, tashkil etadi, yoki 1 kyuri kobalt-60 ni yarim emirilish davri T=5 yil bo‘lsa, uning og‘irligi 1 mg yoki 103 ga teng bo‘ladi.
1 kyurining aktivligi 570 kg uran 235 ga, yarim emirilish davri T=880 mln.
yilga teng va 16 g plutoniy - 239 ga, yarim emirilish davri T=24.103 yilga teng bo‘ladi.
Odatda radioaktivlikni milli kyuri 10-3 kyuri va mikrokyuri (mk kyuri) -10-6 kyuri SI tizimida esa bekkerel bilan o‘lchanib, uning birligi, radioaktiv moddalarni 1 soniyada 1 ta parchalanishi (1 parch/s) qabul qilingan.
Demak, 1 kyuri = 3,7⋅1010 BK ga teng.
Zararlangan uchastkalardaning turli xil ob’ektlardagi radioaktiv moddalar miqdorini dozimetrik asboblar bilan aniqlanadi.
Radioaktiv zararlanish birlamchi va ikkilamchi ta’sirlardan bo‘lishi mumkin: ya’ni radioaktiv bulutdagi radioaktiv zarrachalarni tushishi oqibatida, hamda zararlangan uchastkalardan texnikalarni changitib yorishi natijasida kuzatiladi.
Inson organizmiga ham radioaktiv zarrachalar 2 xil yo‘nalish bo‘yicha:
birinchisi zarrachalarni nafas yo‘li orqali va ikkinchisi radioaktiv zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali kirib zararlaydi. Buning oqibatida radioaktiv moddalarning miqdoriga qarab: engil, o‘rtacha og‘ir va juda og‘ir darajadagi shikastlanish yuz beradi. Radioaktiv zararlanishdan saqlanishning ishonchli uslubi-himoya inshoatlarida (boshpanalarda, RSB, usti yopiq erto‘lalarda, ishlab chiqarish inshoatlarining erto‘lalarida) va shaxsiy himoya vositalari (gazniqobi, resperator, changdan saqlovchi maska, paxta dokali taqqich va boshqalar) yordamida saqlanish mumkin.

Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling