1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish kanallari va yoʻllari
Yordamchi tarmoqlar faoliyatini tashkil eti
Download 50.5 Kb.
|
Mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyatini tashkil etish usullari.
Yordamchi tarmoqlar faoliyatini tashkil etish
Yordamchi tarmoq - bu korxonada asosiy va qoʻshimcha tarmoqlarga xizmat koʻrsatadigan, tovarlik xususiyatiga ega boʻlgan yoki boʻlmagan tarmoqdir. Qishloq xoʻjalik korxonalarida xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarga – mashina-traktor parklari(MTP), taʼmirlash ustaxonasi, elektr, suv hamda moddiy taʼminot xizmatlari, melioratsiya otryadlari, avtomobil saroyi va boshqalar kiradi. Yirik qishloq xoʻjalik korxonalarida, ayniqsa kooperativ (shirkat) xoʻjaliklarida bunday xizmat turlari tashkil etilishi va ularning maqsadga muvofiq shaklda boʻlishi korxona uchun samara berishi mumkin. Koʻlami jihatidan kichik qishloq xoʻjaligi korxonalarida, yaʼni fermer xoʻjaliklarida va ayniqsa, dehqon xoʻjaliklarida xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarni tashkil etish imkoniyati kamroq. Korxona hududida turli maqsadlar uchun foydalansa boʻladigan xom ashyo zahiralari (shagʻal, qum, tuproq, ohak va h.k.) boʻlgan taqdirda ulardan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sexlar tashkil etilishi aholini ish bilan taʼminlash imkonini ham beradi. Hozirgacha bizda xoʻjaliklarning mahsulotlarini maʼlum haq evaziga saqlab beradigan sovitgich ustanovkalariga ega omborlar tarmogʻi shakllanmagan. Vaholanki, rivojlangan mamlakatlarda xizmat koʻrsatishning bu turi keng tarqalgan. Maxsus sovitgichlarga ega omborloar tarmogʻini barpo etish bozorni yil davomida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan bir maromda taʼminlab berish imkonini beradi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hosilni yigʻib olish davrida bozorlarga talabdan oshiqcha mahsulot pasayib ketishdan oʻzlarini bir qadar himoya qila olish imkoniyatiga ega boʻladi. Fermerlar uchun mahsulotning bir qismini qayta ishlab sotishning ahamiyati shundaki, odatda tayyor mahsulotga nisbatan xom-ashyo narxi ancha past boʻladi. Mahsulotni xom-ashyo sifatida sotishdan yil davomida ter toʻkib mehnat qilgan fermer emas, balki arzimagan haq evaziga uni xarid etib, qayta ishlab sotadigan korxonalar katta foyda koʻradi. Xuddi shunday holatni deyarli barcha mahsulot turlari boʻyicha kuzatish mumkin. Keyingi yillarda koʻpchilik qayta ishlash va tayyorlov korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Ammo aksiyalarning nazorat paketi davlatga tegishlidir. Fikrimizcha qayta ishlash va tayyorlov korxonalarining yakka hokimligini tugatish va xoʻjaliklarning ularga bogʻliqligini bartaraf etish uchun, bunday korxonalar aksiyalarinng katta qismini birinchi navbatda shu korxonalarga mahsulot yetkazib beruvchi xoʻjaliklarga sotish kerak (hech boʻlmaganda nazorat paketi miqdorida). Adabiyotlar 1. Uzbekiston Respublikasining “Fermer xujaligi tu\risida”gi konuni. Uzbekiston,1998. 2. Karimov I.A. kishlok xujaligi tarakkiyoti - tukin xayot manbai: Birinchi chakirik Uzekiston Respublikasi Oliy Majlisi X-sessiyasida suzlagan nutk,1997yil 25-dekabr - T.: “Uzbekiston”, 1998. 3. Salimov B.T., Xamdamov k.S., Yusupov M.S., Urokov N.I. va boshkalar. Dexkon va fermer xujaliklari iktisodi. Ukuv kullanma. –T.:Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jam\armasi, 2004. 4.Uralskiyevustavki. www.uv2000.ru 5. Petraneva G.A. Ekonomika i upravleniye v selskom xozyaystve, Akademiya, 2003. http://textbook.ru/catalogue/book/33320.html6. Popov N.A. “Osnovu runochnoy agroekonomiki i selskogo predprinimatelstva”, M.: Tandem, 2002, http://rbip.bookchamber.ru/description7897.htm Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling