1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish kanallari va yoʻllari


Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini erkin sotish mexanizmi


Download 50.5 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1506766
1   2   3   4
Bog'liq
Mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyatini tashkil etish usullari.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini erkin sotish mexanizmi

Paxta va gʻalladan tashqari boshqa mahsulotlarni fermerlar sotishning bir nechta yoʻnalishi mavjud, yaʼni ular mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash korxonaloariga, boshqa muassasalarga, tadbirkorlarga, xususiy korxonalarga yoki bozorda sotishi mumkin.


Hozirda fermerlar mahsulotini asosan tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash korxonalariga shuningdek bozorda sotmoqda. Fermerlar uchun mahsulot sotish kanali faqat bitta emas, ular bir vaqtning oʻzida mahsulotning bir qismini tayyorlov tashkilotlariga yoki qayta ishlash korxonalariga bir qismini esa bozorlarda yoki boshqa xaridorlarga sotishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligida koʻp miqdorli fermer xoʻjaliklarining shakllanishi va faoliyat koʻrsatishi sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishiga undamoqda. Chunki qishloq xoʻjaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni tayyorlash, saqlash, qadoqlash va isteʼmolchilarga talofatsiz yetkazib berish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi noqulay boʻlgan mahsulotlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozoriga xizmat koʻrsatish tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi.
Texnik xizmat koʻrsatish va moddiy texnika taʼminoti sohalarida boʻlgani kabi mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash shugʻullanuvchi korxonalar ham ozchilikni tashkil qilib, oʻz mahsulotlarida yakka hokimliklarni (monopoliya mavqeini) qoʻlga kiritib olganlar. Masalan, deyarli koʻpchilik tumanlarda paxta, don, sut, sabzavot va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash sohasida 1 tadan korxonalar faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq joylarida infrastruktura tarmogʻi - savdo-sotiq va tayyorlov tizimi taraqqiy etmagan. Tayyorlovchilar yakkahokimchilik mavqeidan foydalanib, zimmalariga olingan shartnomalarini bajarmaslik hollarini uchratish mumkin.
Eng yomon tomoni shundaki, sut, sabzavot kabi bir qator qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tez buziluvchanligidan ularni uzoq saqlab boʻlmaydi. Tumanda ularni qabul qilish va qiluvchi korxonalar yagona ekanligidan, baʼzida mavsumiy paytlarida ularni oʻz vaqtida qabul qilib olishning iloji boʻlmaydi. Qolaversa, bunday mahsulotlarni uzoq masofadan tashib kelish imkoniyatlari chegaralangan, mahsulot sifati ham buzilishi mumkin.
Fermer xoʻjaliklari uchun mahsulot sotish yoʻnalishlari ichida bozorlari katta ahamiyat kasb etadi. Mahsulotni bevosita bozorlarda sotishning fermer uchun manfaatli tomonlari koʻp. Chunki bunda u mahsulotini oʻzi istagan narx boʻyicha (talab va taklifdan kelib chiqib) sotish imkoniyatiga ega boʻladi, shuning bilan birga bozorda u mahsulotni naqd pulga sotishi mumkin.



Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling