1. Qishloq xo’jaligi sohasidagi o’zgarishlar Sanoat sohasidagi o’zgarishlar
Agar 2010 yilda, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta ishlash sanoatining ulushi 73,8% bo`lgan bo`lsa, 2016 yilga kelib esa 80,3%ga o`sdi
Download 1.76 Mb.
|
1 2
Bog'liqTojiboyeva.M tarix Slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat Xurmat bilan Tojibayeva Mo’tabar
Agar 2010 yilda, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta ishlash sanoatining ulushi 73,8% bo`lgan bo`lsa, 2016 yilga kelib esa 80,3%ga o`sdi.
Faqat 2016 yilning o`zida, o`tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sishi, qayta ishlash sanoatida – 6,4%ni, shu jumladan, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlar ishlab chiqarish bo`yicha – 40,3%ni, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar – 34,4%ni, boshqa nometall mineral mahsulotlar – 20,9%ni, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 10,8%ni, to`qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar, charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha – 9,0%ni tashkil etdi. Shu bilan birga, so`nggi yillarda neft-gaz korxonalariga sezilarli miqdorda kapital qo`yilmalar sarflanishiga qaramay, 2016 yilda, gaz qazib chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish hajmining o`sishi 2015 yilga nisbatan atigi 2,0%ni tashkil etgan, neft qazib chiqarish bilan shug`ullanuvchi korxonalarda esa ishlab chiqarish hajmlari 3,3%ga pasaygan. Shuningdek, 2016 yilda, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida (2015 yilga nisbatan 97,1%), kompyuter, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida (78,4%), avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar ishlab chikarish korxonalarida (50,6%), mashinalar va asbob-uskunalarni ta`mirlash va o`rnatish korxonalarida (96,4%) ishlab chiqarish hajmlari pasaygan, metallurgiya sanoatida esa uncha ko`p bo`lmagan o`sish (101,6%) kuzatilgan. 2016 yilda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarda 695 ta loyiha amalga oshirildi, shu jumladan 380 ta tarmoq loyihalari bo`yicha 4014,6 mlrd so`mlik, 315 ta hududiy loyihalar bo`yicha 2131,2 mlrd so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bunda, loyihalar bo`yicha mahsulotlarni sotishning umumiy hajmi 2015 yil ko`rsatkichlariga nisbatan 1,5 martaga ortdi. Shu bilan birga, 2016 yilda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 47 ta loyiha bo`yicha ishlab chiqarish boshlanmagan, ulardan 24 tasi – tarmoq va 23 tasi hududiy loyihalar bo`yicha, ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ishlab chiqarish bo`yicha loyihalar yetarli emas. Prezidentimizning 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida Investitsyalarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini yaratish ishlari ustuvor yo'nalishlari belgilab qo'yilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda "Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo'nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o'tkazish bilangina ro'yobga chiqadi". Albatta, kuchli investitsiya siyosatini o'tkazish orqaligina biz o'z iqtisodiyotimizni yanada gullab- yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy investitsiyalarning o'rni katta hisoblanadi. Respublikamizda YalMning o'sishi yuqori darajadadir. 2017 yilda YalM 48.7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, bu 2016 yilga nisbatan 5.3 foizga o'sgan. Bunday natijaga erishishda, investitsiyalar oqimining ko'payishi muhim rol o'ynaydi. E'tibor qaratadigan bo'lsak, 2017 yilda mamlakatimizga 11.9 milliard AQSh dollarida investitsiya jalb etilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2016 yilga nisbatan deyarli 9.7 foizga o'sgan, 2020 yilda O'zbekiston yalpi ichki mahsuloti o'sishining 1,7 foizgacha sekinlashuvidan so'ng 2021 yilning birinchi yarmida YalM 6,2 foizgacha o'sdi. Xorijiy investitsiya va kreditlarnining katta hajmda o'zlashtirilishini O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan Qarshi-Termiz, Pop-Qo'qon-Andijon temir yo'l liniyalarini elektrlashtirish, 450 MVt quvvatga ega ikkita bug'-gaz qurilmasidan iborat umumiy quvvati 900 MVt bo'lgan yangi issiqlik elektrostansiyasi qurilishi, polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksining qurilishi, A-373 "Toshkent-O'sh" magistralining "Qamchiq" dovoni orqali o'tadigan 116-190 kmda joylashgan tog'lik hududlarida 58 km uzunlikdagi avtomobil yo'lini rekonstruksiya qilish, yerustu raqamli uzatish tarmog'ini rivojlantirish kabi yirik investitsiya loyihalari bilan bog'lash mumkin. 2017 yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar bo'yicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda - 9016,3 mlrd. so'm, axborot va aloqa - 467,4 mlrd. so'm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda - 10,5 mlrd. so'm, metallurgiya sanoatida - 10,4 mlrd. so'm va boshqa ko'plab faoliyat turlari bo'yicha investitsiyalar o'zlashtirildi. Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishda - 458,8 mlrd. so'm, tabiiy gaz chiqarish - 451,5 mlrd.so'm, aloqa - 544,0 mlrd. so'm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish - 149,7 mlrd. so'm va boshqa o'nlab faoliyat turlari bo'yicha o'zlashtirildi. XULOSA Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo'lgan katta e'tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish o'ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o'sishiga ta'sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko'paytirish; ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya'ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish; uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish; E’tiboringiz uchun rahmat Xurmat bilan Tojibayeva Mo’tabar Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling