Oltinchidan, mamlakatimiz hukumati tomonidan yerga nisbatan xususiy mulkchilikni joriy etish bo’yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. 2019-yil 13-avgustda O’zbekiston Respublikasining “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonuni qabul qilingan. Bunda yer uchastkasini xususiylashtirish deganda ommaviy mulk bo’lgan yer uchastkasini O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslarga va (yoki) O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar mulkiga o’tkazish nazarda tutilgan. Ushbu qonunning 10-moddasiga binoan, yer uchastkalarini xususiylashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:
Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularni elektron onlaynauksion orqali sotish nazarda tutilgan. Ushbu qonun 2020-yil 1-martdan e’tiboran kuchga kirgan.
Suv resurslaridan foydalanish sohasidagi islohotlar.
Mustaqil rivojlanish yillarida hukumatimiz tomonidan suv resursidan samarali foydalanish va suv xo’jaligini boshqarishni takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Birinchidan, suv xo’jaligini davlat tomonidan boshqarishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, mas’uliyat sohalarini aniq chegaralash va oydinlashtirish, ushbu sohada dolzarb va muayyan muammolarni hal etish uchun mavjud kuch va vositalar bilan oqilona ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018yil 12-fevraldagi “Qishloq va suv xo’jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy choratadbirlar to’g’gisida”gi PF-5330-sonli farmoniga binoan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi negizida O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |