1. Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini shakllantirishning zarurligi va ahamiyati
Download 51.79 Kb.
|
O`ZBЕKISTОNDА АGRАR ISLОHОTLАRNING MОHIYATI, BОSQICHLАRI VА АSОSIY YO`NАLISHLАRI.
Ikkinchidan, mamlakatimizdagi mavjud suv xo’jalik tashkilotlari va xizmat ko’rsatuvchi tuzilmalar hamda ularning hududiy bo’linmalari negizida Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashkil etildi. Uning vazifasi xalq xo’jalik tarmoqlari hamda qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta’minlash va suv xo’jaliklariga servis xizmat ko’rsatishdan iboratdir. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligi vazirligining suv xo’jaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish va foydalanishni amalga oshiradi. Mamlakatimizdagi mavjud suv xo’jalik tashkilotlari va xizmat ko’rsatuvchi tuzilmalar hamda ularning hududiy bo’linmalari negizida Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tuzildi. Uning vazifasi xalq xo’jalik tarmoqlari hamda qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta’minlash va suv xo’jaliklariga servis xizmat ko’rsatishdan iboratdir. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligi vazirligining suv xo’jaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish va foydalanishni amalga oshiradi.
Magistral kanallar boshqarmasi Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tashkiliy bo’linmasi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish bo’yicha faoliyat yuritadi. Magistral kanallar boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar: magistral kanallar, inshootlar va suv resurslarini oqilona boshqarish, uning tezkorligini oshirish; suv inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash, ishonchli foydalanish uchun ish holatida saqlash; suv bo’yicha hisob-kitob yuritish; suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ajratilgan mablag’lar, moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalardan samarali foydalanish. Suv xo’jaligini boshqarishning hududiy tartibidan Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va magistral kanallar boshqarmalari tartibiga o’tilishi sug’orish tizimlaridan foydalanish jarayonini takomillashirdi. Download 51.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling