1. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati Ishlab chiqarish infratuzulmasining iqtisodiy ahamiyati


Ishlab chiqarish infratuzulmasining iqtisodiy ahamiyati


Download 90.5 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1501926
1   2   3   4
Bog'liq
Qishloq xo`jaligida infratuzilmani rivojlantirishning zaruriyati va axamiyati

2. Ishlab chiqarish infratuzulmasining iqtisodiy ahamiyati.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi va ularning uzoq vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlashga yordam beruvchi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish infratuzulmasi tarkibiga bevosita qishlok xo‘jaligiga xizmat qiluvchi quyidagi tarmoqlar kiradi:
1.Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan transport;
2.Ta’mirlash ustaxonalari;
3.Ombor va sovuqxonalar;
4.Kommunikatsiya, pochta va telegraf aloqasi tizimi;
5.Elektr uzatish liniyalari;
6.Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari;
7.Ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyalari;
8.Hisoblash markazlari;
9.Tayyorlash, savdo korxonalari;
10.Moddiy texnika ta’minoti;
11.Melioratsiya va irrigatsiya inshootlari.
Bundan tashqari unga yana maxsus xizmat ko‘rsatuvchi xizmat va bo‘limlar ham kiradi:
1.O‘simliklarni himoya qilish;
2.Agrotexnika;
3.Veterinariya;
4.Sun’iy qochirish;
5.Texnika ta’mirlash;
6.Huquqiy
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko‘p omillar ta’sir qiladi. Bular ichida muhimlari tuproq iqlim sharoiti, joyning relefi, yer hududining konfiguratsiyasi bilan ta’minlanganligi, yopiq joylar va yo‘llar, korxonalarning, ishlab chiqarish ob’ektlarining joylashishi qo‘llaniladigan texnologiyalar, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash darajasi. Bu omillar ko‘p jihatdan butun ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga va ichki xo‘jalik bo‘linmalarining katta kichikligiga va korxonalar funksional faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish infratuzilmalari ob’ektlari bilan ta’minlanishi uzoq yillardan beri ancha past yoki o‘zgarmasdan qolmokda.
Ishlab chiqarish infratuzilmalarining muhim yo‘nalishi bo‘lgan, qishloq xo‘jaligini qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlash bo‘yicha optimal quvvatni tashkil etish va unga xizmat ko‘rsatish, avtogarajlar, texnikalarni saqlash hayvonlar va maydonchalar ko‘rish, neft omborlari va yoqilg‘i moylash materiallari uchun saqlash joylari ko‘rish kabilarga e’tibor talabga javob bermaydi.
Qishloq xo‘jaligida hozir ham ishlab chiqarish ob’ektlarini elektrlashtirish uchun va elektr uzatish liniyalarini ko‘rish uchun yetarlicha mablag‘ ajratilmayapti. Bu dehqonchilik va chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlariga kompleks mexanizatsiyani qo‘llashni qiyinlashtiradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasidan tejamli foydalanish pirovard mahsulot sifatini yaxshilash va yo‘qotishlarni qisqartirishda, mahsulot birligiga sarflanidigan moddiy-pul va mehnat xarajatlarini pasaytirishda namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, infratuzilma bo‘linmalari, xizmatlari va ob’ektlarini qurishga sarflangan harajatlarning qoplanishi hisoblanadi. Uni hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi:



XK


PMK
= -------
MX

Bu yerda, XK-ishlab chiqarish infratuzilmasi xarajat-larining qoplanishi, so‘m


PMK -qishloq xo‘jaligini pirovard mahsulotining qiymati, so‘m
MX-ishlab chiqarish infratuzilmasining yaratishga qilingan moddiy xarajatlar, so‘m
Hisob-kitoblarning ko‘rsatishiga, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmalari qurishga sarflangan xarajatlar 4-6 yilda qoplanadi.



Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling