1. Qishloq xo’jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati. Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo’llari
Download 120.46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Qisqacha xulosalar
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish fondlari uchun sarflangan mablag’lar investitsiya deyiladi. Ma’lum belgilariga qarab investitsiyalar turlarga ajratiladi. Qishloq xo’jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan talab darajasida ta’minlash, ularni takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalar jalb etilmoqda. Investitsiyalar tufayli tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti jadallashmoqda, uning yutuqlaridan foydalanish jarayoni rivojlantirilib, ilg’or texnologiyalar joriy etilmoqda. Investitsiyalar korxonalarning o’z mablag’lari hamda chetdan jalb etilayotgan mablag’lar evaziga amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan mablag’lar summasi ortib bormoqda. Investitsiyalardan foydalanishning mutlaq hamda qiyosiy samaradorligini tarmoq, korxona va yo’nalishlar bo’yicha aniqlash maqsadida muayyan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim. Qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy samaradorligi mavjud imkoniyatlar darajasida emas. Kelajakda investitsiyalarni talab darajasida jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun investitsiyalar manbalarini kengaytirishga erishish, investitsiyalar jalb etishda zarur infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, investitsiyalardan maqsadga muvofiq, samarali foydalanishga erishish kerak. Nazorat va muhokama uchun savollar: Investitsiyaning mohiyati nimadan iborat? Qishloq xo’jaligida investitsiyaning qanday ahamiyati bor? Investitsiyalar qanday turkumlanadi? Investitsiyalarni jalb etishning qanday manbalari mavjud? Investitsiyalar qanday maqsadlarga sarflanadi? Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar qaysilar? 7.Qishloq xo’jaligida investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari qanday? Investitsiyalarni joriy etishda erkin iqtisodiy zonalarning qanday ahamiyati bor? Investitsion muhit nima? Investitsiyalarni qanday maqsadlarga yo’naltirish maqsadga muvofiq? Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni ko’proq jalb etish uchun nimalarga e’tibor berish lozim? Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni ko’proq jalb etish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Download 120.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling