1. Qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar rivojlanishining boshlang’ich bosqichi


Download 33.5 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1631606
Bog'liq
qiyosiy pedagogika


Qiyosiy pеdagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati. YUNESKO tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati.
Reja:

  1. Qiyosiy pеdagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati

  2. Qiyosiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari. Fan taraqqiyotining birinchi davri. Qiyosiy pedagogika fani taraqqiyotining ikkinchi va uchinchi davri, ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

  1. YUNESKO tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati.

Ixtiyoriy ilmiy bilimning barqaror rivojlanishning zaruriy sharti uning evolyusion bosqichlarida ongli tarzda avloddan-avlodga o’tishidir. Pedagogika fanlari uchun bu juda muhim hisoblanadi. Chunki bir davrdan ikkinchi davrda uzluksiz o’tuvchi xususiyatga ega ta’lim tarbiya’ning dolzarb va abadiy muammolari bir talay. Yangi ijtimoiy tarixiy sharoitda va fanning yangi bosqichida tarixiy ilmiy merosga taya’nib ish ko’rish zarur va ahamiyati yuksak hisoblanadi. Shuning uchun pedagogika o’zining tarixi ikkilamchi masala ham, qadimiy ashyolar yig’indisi ham bo’lmay, doimiy taraqqiyotda bo’lgan muammolarni o’z ichiga qamrab olgan majmua hisoblanadi. Ularning batafsil tahlili pedagogika fanlariga oid ixtiyoriy sohaning ilmiy tadqiqotlari nazariy metodologik darajasini mukammallashtiradi. Odamning kasbiy va aqliy kamolotida muhim ko’rsatkichga aylanadi. Bularning bari qiyosiy pedagogikaga ham to’la aloqador hisoblanadi.
1.Qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar rivojlanishining boshlang’ich bosqichi.
Chet mamlakatlarda o’sayotgan avlodning qay tarzda tarbiyalanishga qiziqish qadim davrlardayoq mavjud edi. Yunon tarixchisi Gerodot Bobil va Misrda yoshlar tarbiyasiga oid hikoyalar aytgan bo’lsa, Rim tarixchisi Tastit qadimgi german qabilalariga oid o’ziga xos xususiyatlarni qayd etib o’tgan edi. O’sha davrlardayoq, mamlakatlarning yosh avlodni tarbiyalash ishlarini yaxshilashda qo’shni mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadida tez-tez ko’rilib turgan. Masalan: Platon Sparta tarbiyasining ayrim usullari Afinada ham joriy qilinsa yaxshi bo’lishini ta’kidlagan. Ksenafont forslarning zodagon yoshlari tarbiyasi xususiyatlarini tasvirlar ekan, yunon yoshlarini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda ulardan o’rnak olishni maslaxat beradi. Ammo bular qisqa va unchalik dalillanmagan kuzatishlar bo’lib, etnografik yoki tarixiy xotiralarda izini qoldirgan xolos. Shuning uchun bunday kuzatishlarni o’sha davrga xos bo’lgan ilmiy tasavvurlar doirasiga kiritish qiyin. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi madaniy vaziyat ta’lim-tarbiya sohasining xalqaro qiyoslashga qiziqishini muvofiqlashtirmagan edi. Ming yillar davomida ta’limda ham boshqa madaniy sohalar kabi cherkov yakkahokimligi mavjud bo’lib, o’qitishning asosiy tili hisoblangan. Buning natijasida turli mamlakatlarda o’quv muassasalari tashkil qilinishi; ta’lim maqsadi, metod iva mazmuniga ko’ra o’xshash, bir-biridan deyarli farqlanmagan.
So’nggi o’rta asrlarda Yevropa millatlar shakllanish jarayonini boshdan kechirdi. XVIII asrga kelib bir qadar rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o’z yakuniga yetdi. Milliy birlik hayotning turli sohalarga va xalqlarning milliy o’zligiga ijobiy ta’sir qildi. O’z navbatida bu ta’sir madaniyat va ta’lim sohasida ham kuchli namoyon bo’ldi. Milliy tillar uzluksiz ravishda lotin tilini siqib chiqara boshladi. Har bir mamlakatning o’quv muassasalari o’zining milliy xususiyatlarini shakllantira boshladi va cherkovga tobeligi ancha susaydi. Bunday sharoitda Yevropaning ko’plab mamlakatlarida qo’shni mamlakatlarda ta’lim tizimi tashkil qilinishi bilan tanishish ehtiyoji kuchaydi. Bu Yan Amos Komeskiy faoliyatida (1592-1670) yaqqol aks etgan. Boshlang’ich maktabdan universitetgacha bo’lgan ta’lim tizimining uzluksiz strukturasi va tamoyillarini ishlab chiqishda Ya.A.Komenskiy Chexiya, Vengriya, Gollandiya, Shvestiya kabi mamlakatlar tajribasiga ko’p marta murojaat qiladi. 1641 yilda ingliz milliy ta’lim tizimini shakllantirishda uning bilimlaridan foydalanish uchun Londonga taklif qilinadi. Yirik mashina sanoati yaratilish davrida bolalarga maktab ta’limi berish keng tus oldi. Kasbiy ta’lim shakllanishiga dastlabki qadamlar qo’yildi. Qator mamlakatlarda davlat ta’lim tizimi asoslari yuzaga kela boshladi. Yevropa pedagogik tafakkuri evolyustiya bosqichlarida XVIII asr oxiri XIX asr boshlari juda muhim davr hisoblanadi. Bell-Lankaster tizimi, Pestalosti pedagogikasi, Russoning «erkin tarbiyasi», ma’naviy tarbiya haqidagi Kant fikrlari ular yashagan mamlakatlar doirasidan chiqib, umumYevropa miqyosida tadbiq qilina boshlandi.
YUNESKO tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtiso 16 bo‘yicha olib borilayotgan siyosatni ham moddiy ham ma’naviy rag‘batlantirish va hokazolar. YUNESKO mazmunli ta’limining hamma uchun birday imkoniyat doirasida bo‘lishini ta’minlash, uning uzluksizligini qaror toptirish, ta’limni va uning shaklini kelajakda rivojlanishi tamoyillaridan kelib chiqadi. O‘qituvchi kadrlar tayyorlash, ularni nazariy-metodik saviyasini muttasil oshirib borish, jahonning ba’zi mamlakatlarida muammo bo‘lib hisoblangan xotinqizlarning erkaklar bilan bab-barobar bilim olish haq xuquqlarini ta’minlash, ekologik ta’limni yo‘lga qo‘yish darslik va dasturlarni takomillashtirish, mamlakatlar o‘rtasida ta’lim bo‘yicha hamkorlikni butun choralar bilan rivojlantirish va juda ko‘p boshqa masalalarni hal etadi. Bu sahovatli faoliyatning barchasi yoshlarga jahon talablari ruhida ta’lim berish ularni xalqaro hamkorlik, o‘zaro ishonch, do‘stlik, birodarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgandir. Fan va texnologiya’ni rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo dasturni amalga oshirdi. Bu dastur asosan ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza etish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, mazkur yunalishda muvofiqlashtirilgan, birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, jahon ilmiy markazlari, universitetlar, olimlar hamkorligini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim ishlar ham yo‘lga qo‘yiladi. Ma’lumki, hozirgi dunyoda millatlar va xalqlarning madaniy, tarixiy meroslarini, osori atiqalarini asrash, avaylash, kelajak avlodlar uchun uni saqlash, ta’mirlash ishlari katta ahamiyatga molikdir. Bu jahonshumul masalada YUNESKO asosiy o‘rinni egallaydi. Uning ro‘yxatiga jahon tarixiy yodgorliklarining iftixori hisoblangan buyuk Xitoy devori, London Taueri, Klimenjarodagi milliy park va boshqa minglab ob’ektlar kiradi. Shuni alohida qayd etish kerakki, 1993 yildan boshlab O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Toshkent va boshqa joylaridagi ko‘plab tarixiy obidalar ana shu ro‘yxatga kiritildi. Har yili bu ro‘yxatga yangi-yangi tarixiy obidalar, yodgorliklar nomi qayd etib boriladi. YUNESKO faoliyati tarkibiga yana xalq og‘zaki ijodiyoti, folklor, o‘lanlar, aytishuvlar, maqomlar, xalq kuylari, laparlarni saqlash ham kiradi. Adabiyot bo‘yicha YUNESKOning roli ayniqsa salmoqlidir. Jahon adabiyoti, uning shox asarlari, adabiy meros ayniqsa u tomondan e’zozlanib, ular to‘planadi va jahonning turli tillariga tarjima qilinib, bosmadan chiqariladi va tarqatiladi. Shuningdek, YUNESKO ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jahon ahlini voqea va xodisalardan voqif qilish masalalariga ham faol qatnashib uning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bu xalqaro muassasa ko‘plab vaqtli matbuot va nashrlarga xomiylik qiladi. 1992 yil 2 martda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining a’zoligiga qabul qilingach, BMTning barcha tashkilotlariga xaqli a’zo bo‘lib kira olish xuquqiga ega bo‘ldi. Shu bois Respublikamiz 1993 yil 26 oktyabridan boshlab YUNESKOga a’zo bo‘lib kirdi. 17 Yuqoridagi sanalardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston YUNESKOga a’zo bo‘lganiga ikki yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Lekin shu qisqa vaqt ichida ko‘p narsa qilib ulgurildi. 1993 yilning yuqorida YUNESKOning ko‘zga kuringan ekspertlari yurtimizga tashrif buyurib, Samarqand, Buxoro Xiva shaharlarining tarixiy obidalarini borib ko‘rdilar v o‘rgandilar. Ularda bu shahardagi betakror tarixiy obidalar katta taassurot qoldirdi. Natija shu bo‘ldiki, xalqimizning bu o‘chmas yodgorliklari qayta tiklanib, ta’mirlash dasturi tuzildi va bu dasturni 1995 yil boshlaridan amalga oshirishga kirishiladigan bo‘ldi. 1994 yilning aprel oyida YUNESKOning barcha bo‘limlarining vakillari Toshkentga kelishdi.
Taqqoslash metodi ta‘lim tizimlaridagi umumiylik va o‘ziga xoslikni, pedagogik nazariya va amaliyotning o‘xshash va farqli tomonlarni, qonuniyatlar va tendensiyalarning universal va spestifik jihatlarini ajratish imkonini beradi. Masalan, hududiy jihatdan yaqin bo‘lgan Xitoy va Yaponiya ta‘lim tizimlarini bir-biriga qiyoslash imkoniyatlari kengroq. Ammo, bu ikki davlat ta‘lim tizimlarini Evropa davlatlari bilan qiyoslash va taqqoslash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fanlarni qiyosiy metod bilan taqqoslash zarurligini ko‘pgina olimlar uqtiradilar. Ularning fikricha, qiyosiy pedagogika fanlarni qiyoslash va taq’qoslash obyektlar sohasidagi farqlarni aniqlash tufayli katta yutuqqa erishadi. Bu fanlarda qiyoslash xuddi qiyosiy anatomiya, botanika, tilshunoslik va boshqa fanlardagidek umumiy xarakter kasb etadi. Qiyoslanayotgan ma‘lumotlarni taqqoslash turli ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan mamlakatlarda pedagogik hodisalarni qarama-qarshi va qiyosiy metod yordamida xalq maorifi tizimining ijtimoiy-iqtisodiy tuzum belgilangan prinsiplari, alohida mamlakatlar va maorif taraqqiyotining umumiy qonuniyailari va tendensiyalari, ilmiy xususiyatlari aniqlanadi. Maktab vamaorifning ahvoli haqidagi miqdor va sifat ma‘lumotlarini qiyoslash va solishtirish uchun umumiy sifat ko‘rsatkichlari bo‘lishi kerak.
Qiyoslash va solishtirishda quyidagilar hisobga olinadi: ijtimoiy, iqtisodiy tizim, ta‘lim va tarbiya sohasidagi tarixiy an‘analar, mamlakat fan-texnika va madaniyatning rivojlanishi darajasi, pedagogik nazariyalar va ularning tarbiya amaliyotida ta’siri aks etishidir.
Tadqiqot metodlari tahlil qilinadigan materialning vazifasi va mazmuniga bog‘liq bo‘lib, hamkorlikda qo‘llanishi mumkin. Pedagogik hodisalar, muammolar metod ko‘rsatkichlari klassifikatsiyasi esa yetarli mukammal emas va yanada mukammallashtirishni talab qiladi. Materiallar asosiy uch guruh: Sharq, Evropa hamda rivojlangan mamlakatlarda pedagogik hodisalarni qiyosiy tahlil qilish prinsipi asosida bayon etiladi.
Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling