1. Qo’lda bajariladigan operatsiyalar texnologiyasi
Download 118 Kb.
|
3- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’lda bajariladigan ishlar terminologiyasi 4-jadval
- Mavzuga doir test savollari
1.6. Mavzu: Qo’lda bajariladigan ishlar terminologiyasi REJA : 1. Qo’lda bajariladigan operatsiyalar texnologiyasi 2. Tugma chatish 3. Temir ilgak, petliya va knopkalar chatish Qo’lda bajariladigan operatsiyalar texnologiyasi Tikuvchilik sanoatida xar xil operatsiyalarni atash uchun maxsus terminologiya mavjud ( 4 - jadval). Erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi tikishda qo’l ishlarini bajarayotganda qo’uyidagi texnik shartlarga rioya qilish lozim.
Ikki teshikli tugmalar 4-5 qaviq bilan, to’rt teshikli tugmalar har bir teshiklar juftiga 3-4 qaviq bilan chatiladi va gazlamaning qalinligiga qarab 0,1-0,2 sm solqi ip qoldiriladi. Solqi ip atrofiga 2-3 o’ram ip o’rab ipning uchi 3-4 qaviq, bilan mustahkamlab qo’yiladi. Ip gazlama va zig’ir tolali gazlamalardan tikilgan kiyimlarga tugmalarni ipni solqilatmay chatish mumkin.Tugma pishiq chatilishi uchun asosiy materialning teskarisiga qotirma yoki kichkina tugma qo’yilib, asosiy tugma sho’nga qo’shib chatiladi. Tugmalar 40,50 nomerli paxta ip yoki 65,75, 33 nomerli ipak ip bilan (ikki qavat qilib) qo’lda yoki maxsus mashinada chatiladi.Temir ilgak, petlya va knopkalar chatish. Har xil kiyimlarda turli temir ilgak va temir petlyalar ishlatiladi. Ular mashinada yoki qo’lda chatiladi. Ilgak va petlyalar puxta chatilishi uchun ularni chatishdan oldin ko’zlari bir xil keriladi. Qo’lda chatilganda temir ilgaklar uch joyidan: har bir ko’zidan va egilgan joyidan 3-4 ta qaviq bilan qadalib, 3-4 ta qaviq bilan mustaxkamlab qo’yiladi. Temir petlya to’rt joyidan har bir ko’zidan va ularning oldidan 3-4 qaviq bilan chatilib, 3-4 joyidan mustahkamlab qo’yiladi. Ilgak va petlya 50, 60 nomerli paxta iplar va 65- 75 nomerli ipak iplar bilan tikiladi. Ularni yubkalarning korsaj tasmasiga chatishda esa 20,30 nomerli paxta iplar ishlatiladi. Ilgak va petlya chatilgan joylar ko’pincha gazlama bilan berkitilib ketiladi, ularning faqat uchlarigina chiqib turadi. Ilgak va petlyalar pishiq_ chatilishi uchun kiyim teskarisiga ip gazlama bo’lakchasi qo’uyib chatiladi. Knopkalar ikki metall qismdan kallak va prujinali ust qo’ymadan iborat. Knopkalar har bir teshigiga 4-5 qaviq solib har xil usulda chatiladi. Yupqa gazlamadan tikilgan kiyimlarning teskarisiga, knopka tagiga, ip gazlama bulakchasi qo’uyib ketiladi. 11-rasm
Mavzuga doir test savollari: Tugma qadash necha usulda bo’ladi ? A) 2 ta B) 5 ta C) 4 ta D) to’g’ri javob yo’q 2. Yo’rmab tikish mashinasi qanday vazifani bajaradi? A) baxyaqatorni puxtalaydi B) tugma qadaydi C) ziyni yo’rmaydi 3. Ilgaklar qanday tikiladi ? A) 2 tomonlama B) 3 tomonlama C) har tomonlama D) to’g’ri javob yo’q 4. Knopkalar qanday tikiladi? A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) A va B javoblar to’g’ri 5. Qo’lda bajariladigan ishlar terminalogiyasi necha xil ? A) 3 xil B) 4 xil C) 12 xil D) to’g’ri javob yo’q Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling