1. qо‘llarning to`G`ri holati


Download 108.46 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi108.46 Kb.
#1159753
1   2   3   4   5
Bog'liq
derejorlik2

Bosh holatI

Dirijor boshini shunday tutishi kerakki, bunda dahani sal tepaga kо‘tarilib, nigohi orkestr yoki xorga qadalib turadi. Boshni tо‘g‘ri va erkin tutib, uni kerak paytda orkestr yoki xorning turli qismlari tomon burishga oson bо‘ladigan holatda ushlash lozim. Boshni musiqaga hamohang tarzda о‘ynatish ham, mudom bir nuqtaga tikilib turish ham tо‘g‘ri emas. Boshning juda egik holatda tutish esa bо‘yin mushaklarining qisilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Agar bosh egik holatda tutilsa, dirijor orkestrantlar va xordagi xonandalarning hammasini kо‘ra olmaydi, о‘z navbatida ularni ham dirijorning yuzini kо‘rib turishlari qiyinlashadi. Zotan ular о‘rtasidagi muloqotda dirijor nigohi katta ahamiyat kasb etadi. Dirijor nigohi ijrochilar e’tiborini jamlovchi, ularni ijrodagi qandaydir muhim jihatdan ogohlantiruvchi, alohida cholg‘u yoki guruhlar qismlarini ta’kid etish vositasidir. Bunda yuz ifodasi katta ahamiyatga egaki, uning ijro etilayotgan asarga monand ma’nodor bо‘lishi badiiy obraz yaratishda muhim rol о‘ynaydi. Asosiysi — qiyofani keraksiz tarzda burishtirmaslikdir. Dirijorning toshdek qotib qolgan, ma’nosiz qiyofasi ijrochilar jamoasida zavq uyg‘otmaydi albatta, lekin haddan ziyod ma’nodorlik, ifodaviylikka erk berish ham tо‘g‘ri emas.
3. Oyoqlar holati
Dirijorlik paytida oyoqlar butun tana uchun mustahkam tayanch vazifasini bajaradi. Dirijorning oyoqlari butun oyoq panjasi yoki barmoqlariga tayanib, tananing barqaror holatini ta’minlaydi. Asosiysi — tayanch tovonga tо‘g‘ri kelmasa bо‘lgani. Oyoqlarni juda kerib yuborish yoki bir-biriga juda yaqin qо‘yish ham notо‘g‘ri. Bu qat’iy qoida bo’lmasada, umumiy qilib aytish mumkinki, dirijorning oyoqlari elka kengligida, o’ziga qulay bo’lgan oyog’I ikkinchisiga nisbatan sal oldinroqda turishi kerak. Bu holat dirijorning gavda muvozanatini barqaror saqlashda katta samara beradi. Dirijor musiqaga hamohang tarzda tizzalarini bukishi, u yoq, bu yoqqa yurishi, yoki bir joyda qotib turgan holda tanasini chayqatishi ham tо‘g‘ri emas. Dirijorlik qilish paytida tana holatlari о‘zgarib borar ekan unga muvofiq tarzda oyoqlar ham о‘z holatini о‘zgartirib turadi. Shu munosabat bilan tana og‘irligi u oyoqdan bu oyoqga о‘tib turadi. Garchi oyoqlarni bir holatda tutish qiyin bо‘lsada, ularni tez-tez о‘zgartirib turish ham notо‘g‘ri, bu bir joyda tepsinish yoki biror joyga shoshib turgan kishi holatiga о‘xshab kо‘rinadi.


  1. Download 108.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling