1. Qum ishlab chikarish texnologiyasi shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi


-rasm. To‘ldiruvchining shtabel-yarimbunkerli yopiq omborxonasi


Download 42.17 Kb.
bet7/9
Sana01.11.2023
Hajmi42.17 Kb.
#1738422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Qum ishlab chikarish texnologiyasi shag‘al ishlab chiqarish t-fayllar.org

.10-rasm. To‘ldiruvchining shtabel-yarimbunkerli yopiq omborxonasi:
1-tushirib joylaydigan mashina S-492, 2-to‘ldiruvchi omborxonasi, 3-tushirib oladigan stansiya, 4-beton qorish sexi, 5-tushiradigan konteyner, 6-ko‘ndalang lentali ta’minlovchi, 7-ko‘p cho‘michli elevator, 8-to‘ldiruvchini isitish registrlari, 9-g‘aramosti lentali konveyer, 10-lotokli titratib ta’minlovchi, 11-material satx ko‘rsatkichi.
Dona shakliga ko‘ra chaqiq tosh uchta guruhga bo‘linadi: oddiy, bunda plastinkasimon va qirrali shaklli donalar umumiy massa bo‘yicha 35% gacha ruxsat etiladi; yaxshilangan, bunda plastinkasimon va qirrali shaklli donalar umumiy massada 25% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak; kub shaklida, 15%dan oshmasligi kerak. CHaqiq toshning mustahkamligi u olinadigan tog‘ jinsiga mos keladi. CHaqiq toshni ishlab chiqarish uchta asosiy texnologik jarayon asosida bajariladi: toshni keltirish, maydalash va navlarga groxotda ajratish.
3.To‘ldiruvchilar xajmini tekis o‘zgarishi
Dengiz qirg‘oqlaridan yoki daryo sohillaridan olinadigan qumlar tarkibida tuz bo‘ladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra betonda bunday qumlarni ishlatish ortiqcha sarfni keltirib chiqaradi. Qumni tuzdan tozalashning eng oddiy yo‘li bu uni chuchuk suv bilan yuvish hisoblanadi. Dengiz qumlarining maydalik darajasi kichik bo‘ladi, shu sababli ham uni betonda qo‘llashda izchil o‘rganish talab etiladi[1].
Agar qum tarkibidagi tuzni olib tashlanmasa, u holda havodagi namlikni o‘ziga tortib oladi, hamda beton yuzasida oq dog‘larni hosil qiladi. Qum tarkibidagi tuzlar armatura buyumlarini ham emirilishiga olib kelishi mumkin, biroq bu xavfli darajagacha etib bormaydi, ayniqsa beton yuqori sifatli bo‘lsa, hamda armaturani himoyalovchi qavat mavjud bo‘lsa.
To‘ldiruvchilar ustida olib borilgan tadqiqotlar natijasida uning tarkibida bir qancha miqdorda boo‘ tog‘ jinslari borligi aniqlandi. To‘ldiruvchi tarkibida bunday nuqsonli donalarning mavjudligi chgaralanadi[1].
Ikkita turdagi nuqsonli donalar mavjud bo‘ladi: bo‘sh va kichik mustahkamlikdagi donalar, hamda suvga solinganda yoki muzlaganda o‘zining hajmini oshiruvchi, bular betonning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Bo‘sh tog‘ jinslariga slanslar va boshqa kichik zichlikdagi tog‘ jinslari misol bo‘ladi. Ularga bundan tashqari boshqa yumshoq qo‘shimchalar xam kiradi, masalan: gillar, yog‘och yoki ko‘mir, ular betonda bo‘shliqlarni yuzaga keltiradi. To‘ldiruvchi massasiga nisbatan bo‘sh jinslarning 2-5% bo‘lishi betonning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Beton tarkibida bunday donalar bo‘ldishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Ko‘mir ham salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yumshoq qo‘shimcha material bo‘lib, betnni shishiga va nurashiga olib keladi. Bundan tashqari, mayda tuyilgan holda ko‘r miqdorda ko‘mirning mavjud bo‘lishi, sement qorishmasini normal qotishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq to‘ldiruvchi tarkibida antratsit donalari miqdori 0,25% bo‘lsa, u beton mustaxkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Boshqa past zichlikdagi materiallarda ham ko‘mirning mavjud bo‘lishi ASTM S 123-04 da keltirilgan tartibda flotatsiya usuli orqali aniqlash mumkin. Bundan tashqari to‘ldiruvchilar tarkibida slyuda qo‘shimchalari xam bo‘lmasligi kerak, chunki slyudalar sementning gidratatsiyasi jarayoniga salbiy ta’sir etadi. To‘ldiruvchilar tarkibida gips va boshqa sulfatlar bo‘lmasligi kerak.
To‘ldiruvchilar tarkibida piritlar va markazit eng ko‘p tarqalgan qo‘shimchalar bo‘lib, betonning kengayishiga sababchi bo‘ladi. Bu sulfidlar xavodagi kislorod va suv bilan bog‘lanib, temir sulfatini yuzaga keltiradi, keyinchalik esa gidrookislarga parchalanadi, bu vaqtda esa sulfat ionlari sementdagi kalsiy alyuminatlar bilan bog‘lanadi, buning natijasida beton yuzasida tuzlanmalar va dog‘lar yuzaga keladi, bu ayniqsa issiq va nam sharoitlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Barcha pirit turlari ham raksiyaga kirishish xususiyatiga ega bo‘lmaydi. CHunki piritlarning parchalanishi faqat oxakli suvlarda boradi, shu sababli ham to‘ldiruvchining reaksiyaga kirishish xususiyatini tekshirish uchun uni ohakli suvga joylashtirish kifoya etadi. Agar to‘ldiruvchi reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega bo‘lsa, u holda bir necha daqiqadan so‘ng yashil-ko‘kimtir rangli temir sulfati cho‘kmasi hosil bo‘ladi, uning havo bilan ta’sirlashuvi natijasida jigarrang temir gidrooksidi yuzaga keladi.
Midjeley tomonidan shu narsa aniqlandiki, to‘ldiruvchining reaksiyaga kirishish xususiyatini bir qancha metall kationlari belgilaydi, natijada piritlar aktiv holatga keladi. Ayniqsa to‘ldiruvchilar tarkibida o‘lchami 4,8-9,5 mm o‘lchamdagi piritlar bo‘lmasligi lozim.

Download 42.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling