6.7-rasm. Otqindi jinslarni qayta ishlovchi avtomatlashgan maydalash liniyasi SADL-I-400 sxemasi:
1-plastik ta’minlovchili bunker; 2-jag‘li maydalagich SHPD-9x12 yordamida yirik maydalash; 3-lentali statsionar konveyrlar; 4-konusli maydalagich KSD-1750Gr yordamida o‘rtacha maydalash; 5- konusli maydalagich KSD-1750Gr yordamida o‘ta maydalash; 6-ikkita inersion g‘alvirlar GIS-62 dan iborat navlarga ajratish qurilmasi; 7-spiral klassifikatorli KSN-15 yuvish qurilmasi; 8-bunker-omborlar; 9-dastlabki bunker-ombor; 10-shtabelga joylashtiruvchi-konveyrlar.
6.8-rasm. Harakatlanuvchi maydalash-navlarga ajratish uskunasi PDSU-85:
1-ta’minlovchi bilan birgalikda qabul bunkeri; 2-yiriklashtirib maydalash uskunasi; 3- o‘rtacha maydalash uskunasi; 4-navlarga ajratish uskunasi; 5- o‘ta maydalash uskunasi; 6-lentali konveyrlar; 7-boshqaruv tugmasi uskunasi.
6.9-rasm. SHag‘al-qumni qayta ishlash korxonasi:
1- dastlabki maydalash bo‘limi korpusi; 2- ikkinchi va uchinchi bosqichli maydalash bo‘limining korpusi; 3- yuvish va navlarga ajratish bo‘limining korpusi; 4- boyitilgan qum olish sexi; 5- temir-yo‘l transportiga shag‘al va chaqiq toshni yuklash bunkeri; 6- shag‘al va chaqiq tosh ombori; 7- boyitilgan qum ombori; 8- temir-yo‘l transportiga shag‘alni yuklash bunkeri; 9- shag‘al ombori; 10- karerga kiruvchi temir-yo‘l tarmog‘i.
CHaqiq tosh tog‘ jinslarini maydalab olinadi. CHaqiq tosh yuqori mustahkamlikdagi betonlar uchun sifatli yirik to‘ldiruvchi hisoblanadi. CHaqiq tosh olishda asosiy xomashyo sifatida otqindi tog‘ jinslari granit, gabbro, diabaz, bazalt; karbonat cho‘kindi tog‘ jinslari- ohaktosh va dolomitlar ishlatiladi.
Temir-beton mahsulotlari zavodining to‘ldiruvchi saqlanadigan omborxonalari har xil turda bo‘lishi, to‘ldiruvchini tashuvchi transport turi, qabul qilish usuli, saqlanish va uzatishga bog‘liq. To‘ldiruvchini omborxonaga joylash, saqlash usuliga qarab omborxonalar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: shtabelli, silosli, yarimbunkerli.
To‘ldiruvchilarni omborxonada saqlash ularni turiga qarab, fraksiyasi va hajmiga yoki bo‘luvchi devorlarining joylanishiga qarab bajariladi. Ochiq omborxonalar kamchiligi, bu saqlanadigan mahsulotning nam tortishi, tashqi chiqindilar bilan ifloslanib qolishidir. Bundan tashqari to‘ldiruvchini shtabelda saqlashda omborxonada gusenitsali buldozer bilan materiallarni surishda yirik to‘ldiruvchini maydalab yuborishi va uni ifloslantirishi mumkin.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |