1 Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifasi


Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar


Download 19.53 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2023
Hajmi19.53 Kb.
#1742415
1   2   3   4
Bog'liq
1 Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifasi

2 Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar

Qurilish konstruksiyalari funksional, texnik, iqtisodiy, estetik va boshqa talablarni hisobga olgan holda loyihalanadi. Funksional talablarga ko‘ra har bir konstruksiya qanday maqsadga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunga mos bo‘lishi hamda bino yoki inshootda bajarilayotgan texnologik jarayonlarning qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi lozim. Texnik talablar konstruksiyaning zarur mustahkamligi, bikrligi va uzoqqa chidashini ta’minlashga qaratiladi. Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan muhim talablarga tayyorlash va ishlatishdagi tejamliligi, industrialligi va texnologiyabopligi kiradi. Zavodlarda tayyorlangan elementlardan iborat yig‘ma konstruksiyalar bu talablarni to‘liq qanoatlantiradi. Iqtisodiy talablar konstruksiya materiali, uning tipi (masalan, fermalar yoki to‘sinlar) va asosiy o'lchamlari (masalan, to‘sin balandligi)ni tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Konstruktiv yechimlar konstruksiyalarni muayyan shart-sharoitlardaishlatishningtexnik-iqtisodiyjihatdanmaqsadgamuvofiqligiga asoslangan holda, material va energiya sarfini, shuningdek, sermehnatligini hamda qurilish obyektining narxini maksimal darajada kamaytirishni hisobga olgan holda tanlangan bolishi kerak. Bunga quyidagilarni amalga oshirish orqali erishish mumkin: - samarali qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanish; - konstruksiyalarning massasini kamaytirish; - materiallarning fizik-mexanik xususiyatlaridan to iiq foydalanish; - mahalliy qurilish materiallarini ishlatish; - asosiy qurilish materiallarini tejamkorlik bilan sarf qilishga oid tegishli talablarga rioya qilish. Loyihalashda yechim larning bir necha variantlari tuzilib, ularda konstruksiyalarni tayyorlash va qurishdagi materiallar, energiya, m ehnat sarfi, qurilish narxi va muddatlariga oid ko‘rsatkichlar aniqlanadi; konstruksiyaning me’moriy ko‘rkamligi ham e’tiborga olinadi. Variantlarni taqqoslash orqali eng maqbul yechim tanlab olinadi. Konstruksiyalarning tejamliligi ularga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Tejamlilik - materiallar sarfi va tannarxi, konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj qilish va ulardan foydalanishdagi xarajatlarga bog‘liq bo‘ladi.





Download 19.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling