1. qurilish xududi xarakteristikasi


TEXNIK XAVFSIZLIGI TADBIRLARI


Download 382.1 Kb.
bet15/17
Sana25.04.2023
Hajmi382.1 Kb.
#1396602
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Azamat

8 TEXNIK XAVFSIZLIGI TADBIRLARI


8.1 Ekskavator ishlarida texnik xavfsizligi

Ish vaqtida ekskavator tekis maydonda mustahkam, gusenisali tormozlangan holatda turishi shart.


Quyidagi halotlarda ishlash mumkin emas:



8.2 Skreper ishlarida texnik xavfsizligi

Skreperli ishlar ko‘tarma va o‘yma qiyaliklarida bajarish mumkin emas. Skreper ishlagan joyning bo‘ylama qiyaligi 25º dan, ko‘ndalang qiyaligi esa 10º dan katta bo‘lmasligi kerak. Skreperni boshqaruvchining yoshi 18 ga to‘lgan VI-razryadli mashinist qo‘yiladi.


Ta’mirlash ishlarini skreperni dvigateli shchirilganda va cho‘michi yerga tushirilganda bajarish mumkin. Yoritg‘ich jihozlari va ovozli signali buzilganda skreperni kechki vaqtda ishlatish mumkin emas.


8.3 Burg‘ulash ishlarini olib borishda texnik xavfsizligi qoidalari

Burg‘ilash ishlari texnik hujjatlarga (loyihalarga, burg‘ilash-portlatish ishlari pasportlarga) muvofiq, quduqlarni burg‘ulash esa har bir burg‘ilash usuli uchun namunaviy yo‘riqnomalar asosida korxona tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalarga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.


Burg‘ulash stanogi pog‘onaning qulash prizmasidan tashqari rejalashtirilgan maydonchaga o‘rnatilishi, quduqlarni birinchi qatorini burg‘ulashda esa uning zanjiri pog‘onani yuqori chetidan kami bilan ikki metr masofada va chetga perpendikulyar holga keltirilib joylashtirilishi kerak.
Yig‘ishtirilmagan portlatilgan kon massalaridan iborat tirkama devor bilan ishlar bajarishda pog‘onani yuqori chetidan burg‘ulash stanogigacha bo‘lgan masofa chegaralanmaydi.
Tirkama devorsiz ish bajarishda quduqlarni birinchi qatori uchun burg‘usi sharoshkali bo‘lgan burg‘ulash stanogini o‘rnatish masofadan amalga oshirilishi kerak.
Stanok domkratining tagiga ma’dan va jinslar bo‘laklarini qo‘yish taqiqlanadi.
Burg‘ulash stanogini elektr simlarining ostidan va o‘tish joylaridan harakatlantirishda machtasi tushirilgan, burg‘ulash asbobi yechilgan yoki ishonchli mahkamlangan bo‘lishi kerak.
Yong‘in va zaharli modda chiqarishga moyil kon jinslarida termik burg‘ulash stanogi bilan quduqlar burg‘ulash taqiqlanadi.
Burg‘ulangan quduqlar uchastkalarining odamlar o‘tadigan va avtotransport yuradigan tomoniga ogohlantirish belgilarini qo‘yish kerak. Bunday uchastkalarni to‘siqlar bilan o‘rash tartibi karyer bosh muhandisi tomonidan belgilanadi.

Download 382.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling