1. qurilish xududi xarakteristikasi


Uchastkalarda gruntlarni zichlash texnologiyasi


Download 1.45 Mb.
bet10/15
Sana04.05.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1424206
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-Kurs ishi

3.7 Uchastkalarda gruntlarni zichlash texnologiyasi.

Uchastkalarda gruntlarni zichlash uchun DU-29 markali pnevmog‘ildirakli katok mashinasi tanlangan. Gruntlarni zichlash texnologiyasi barcha katoklarda bir hil. Agar katok ko‘tarma ustida burilishi imkoniyatiga ega bo‘lsa uzunligi 200m bo‘yicha harakatlanadi.


DU-29 markali pnevmog‘ildirakli katoklarning parallel harakati sxemasi 2-ilovada ko‘rsatilgan.
Temir yo‘l ko‘tarmasi uchun zichlash koeffisiyenti yo‘l kategoriyasiga bog‘liq bo‘lib 0,98-1,0 gacha o‘zgaradi. Ko‘tarmaga yotqizilgan grunt namligi optimal namlikka yaqin bo‘lishi kerak, shundagina zichlash samaradorligi oshadi. Agar grunt tabiiy namligi 0,9 WO qum uchun 0,04 dan kam bo‘lsa grunt qo‘shimcha namlanishi kerak. Zichlash vaqtida gruntni optimal namlikdan 10% dan ayrim hollarla – 20% gacha og‘ishi ruxsat etiladi.
Gruntni buldozer bilan tekislash vaqtida zichlash koeffisiyenti 0.85, avtosamosvallar harakatida 0.85-0.90, skreperlar harakatida 0.90-0.92 gacha yetishi mumkin. Me’yoriy zichlash koeffisiyentiga -0.98 zichlash mashinalari yordamida birnecha marta harakatlanish kerak.


3.8 Burg’ulash-portlashish ishlarini bajarish

Burg’ulash-portlatish ishlarini bajarish sharoitlari qoyatoshdagi o’ymaga skvajinali yoki shpurli zaryadlar bilan ishlov berish variantlariga o’xshash bayon etiladi.


Avval o’ymaning joylashish o’rni va grunt guruhi ko’rsatilib, so’ng o’ymaning uch piketdagi barcha o’lchamlari va qiyaliklari nishabliklari bilan 1:100 masshtabli ko’ndalang profili, joyning gorizontal yuzasidagi grunt guruhi va uning ishchi belgilari tayinlangan holda, portlovchi moddalar (PM) va portlatish vositalari (PV), shpurlar va skvajilarni burg’ulash uskunalari, hamda elektr usulida portlatishni bajarish apparaturasi tanlanadi.
Portlovchi moddani tanlashda temir yo’l qurilishida qoyadagi o’ymalar va tosh karerlariga ishlov berishda asosan ammiak-selitrali portlovchi moddalar – ammonitlar o’llanishini tavsiya etiladi, chunki ular kimyoviy jihatdan turg’un bo’lib, sanoatda ishlatiladigan portlovchi moddalar orasida nisbatan xavfsizi hisoblanadi. Qoyatosh jinslari guruhiga bog’liq ravishda o’ymalarga ishlov berishda quyidagi ammonitlardan foydalanish tavsiya etiladi:
№ 6 – ammonit, kukunsimon – o’rtacha attilikdagi jinslarda;
№ 9 va 10 – ammonit, kukunsimon va presslangan, tarkibida katta miqdorda trotil bo’lgan – qancha qattiq va juda qattiq jinslarda;
Turli markadagi qoya ammonitlari, presslangan – qattiq va o’ta qattiq, yuqori ish imkoniyatli va suvga chidamli jinslarda.
Portlatish vositalari sifatida kapsyulya-detonatorlar, tez va asta ta’sir qiladigan elektr detonatorlar, detonatsiyalanadigan va olov o’tkazadigan shnurlar va kanoptola fitil qo’llaniladi.
SHurflar va zaryad kameralarini o’tishda shpurlarni yengil yoki o’rtacha perforatorlar yordamida burg’ulash tavsiya etiladi. Diametri 60-112 mm dan katta skvajina va shpurlarni BTS-150 burg’ama burg’ulash mashinalari yordamida burg’ulash tavsiya etiladi.
Elektr portlatish tarmog’i.
SHunday qilib, kam yemiriladigan qoyatoshli gruntlarda skvajina chuqurligini quyidagiga teng deb qabul qilish mumkin


(1)
bu yerda: H – o’yma chuqurligi, m;
 – ortiqcha burg’ulash midori, m.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling