Tana qoplag‘ichi. Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar tuzilishiga - Tana qoplag‘ichi. Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar tuzilishiga
- ko‘ra kontur patlar va parlarga bo‘linadi. Kontur patlar
- vazifasiga binoan kontur-qoplag‘ich (tana yuzasidagi patlar), qoqish
- (qanotlar), boshqarish (dum), momiq patlarga ajratiladi. Pat ingichka
- va qattiq o‘zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng va
- yumshoq yelpig‘ichdan iborat. Pat yelpig‘ichi o‘zakdan chiqib, ketma-
- ket ikki marta shoxlanadigan muguz o‘siqchalarning qalin to‘ridan
- hosil bo‘ladi. Pat o‘qining pastki yelpig‘ichsiz uchi teridagi pat
- xaltasiga kirib turadi. Pat o‘zagidan chiqadigan 1-tartib o‘siqchalar
- o‘zaro parallel joylashgan. Har bir o‘siqchaning ikki yonida yanada
- ingichkaroq 2-tartib o‘siqchalar joylashgan. Bir-birining
- ustiga tushib
- turadigan yondosh o‘siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida
- qo‘shilib ketgan.
Qushlarning tanasi zich va asosan yumaloq shaklda bo‘ladi. Boshi unchalik katta emas, bo‘yni uzun va harakatchan. Oldingi oyoqlari, ya’ni qanotlari tinch turganda tanasi yoniga yig‘ilgan bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari gavdasiga suyri shaklini beradi. Kaptarlar, yapaloqqushlar, lochinsimonlar va to‘tiqushlarning ustki tumshug‘i asosida voskovitsasi bor, bu yumshoq teri bo‘lib, tumshuqning ustiga bo‘rtib chiqib turadi. Qushlar anatomik tuzilishi jihatidan o‘zlarining bevosita ajdodlariga, ya’ni sudralib yuruvchilarga juda yaqin turadi. Qushlarning terisi sudralib yuruvchilarniki singari quruq, deyarli teri bezlari bo‘lmaydi. Qushlarning oyoqlari tangachali teri bilan qoplangan. Ularning pati va pari sudralib yuruvchilarning tangachasi singari shoxsimon moddadan tuzilgan. Sudralib yuruvchilar singari qushlarda ham ichak, siydik yo‘li va ko‘payish organlari teshiklari kloakaga ochiladi. Ayniqsa, ularning embrionlari o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashliklar bor. - Qushlarning tanasi zich va asosan yumaloq shaklda bo‘ladi. Boshi unchalik katta emas, bo‘yni uzun va harakatchan. Oldingi oyoqlari, ya’ni qanotlari tinch turganda tanasi yoniga yig‘ilgan bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari gavdasiga suyri shaklini beradi. Kaptarlar, yapaloqqushlar, lochinsimonlar va to‘tiqushlarning ustki tumshug‘i asosida voskovitsasi bor, bu yumshoq teri bo‘lib, tumshuqning ustiga bo‘rtib chiqib turadi. Qushlar anatomik tuzilishi jihatidan o‘zlarining bevosita ajdodlariga, ya’ni sudralib yuruvchilarga juda yaqin turadi. Qushlarning terisi sudralib yuruvchilarniki singari quruq, deyarli teri bezlari bo‘lmaydi. Qushlarning oyoqlari tangachali teri bilan qoplangan. Ularning pati va pari sudralib yuruvchilarning tangachasi singari shoxsimon moddadan tuzilgan. Sudralib yuruvchilar singari qushlarda ham ichak, siydik yo‘li va ko‘payish organlari teshiklari kloakaga ochiladi. Ayniqsa, ularning embrionlari o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashliklar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |