1. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi?


Download 24.47 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi24.47 Kb.
#1076806
Bog'liq
04.12.2022


Ona tili va adabiyot
1. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi?
1) sov...q; 2) sup...rmoq; 3) muh...m;
4) qut...lmoq; 5) sur...shtirmoq; 6) tush...nmoq.
A) 2, 3, 6 В) 1, 2, 4, 6
C) 3, 5 D) 1, 3, 5
2. Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi yoziladi?
A) ...iyla, ...ulosa
B) sa...iy, i...tiro
C) ...ushyor, ...ozirjavob
D) ...ayot, ...aridor
3. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan?
A) yen-gil-di, ber-din-giz, kon-gress
B) de-ngiz, jon-ga, kon-gress
C) tu-ngi, ya-ngi, si-ngli
D) shtan-ga, ko‘r-di-ngiz, ton-gi
4. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) mehmondo‘st, ijotkor, rayhon
B) mudofaa, jigarband, jaxolat
C) jaxongashta, navo, mahliyo
D) iste’dod, bunyodkorlik, hujum
5. Oq // saroy, ot // quloq, dev // qomat, havo // rang, borib // kelmoq, sher // dil, yer // yong'oq, bay on // etmoq, erk //sevar.
Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi?
A) 5 tasi B) 8 tasi
C) 6 tasi D) 7 tasi
6. Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan?
A) tantiqlik – saxiylik B) husn - go‘zal
C) sovg‘a – tuhfa D) tabassum - yig‘i
7. Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar
berilgan?
A) do‘ppisini osmonga otmoq – ko‘kka ko‘tarmoq
B) ko‘kka ko‘tarmoq – yerga urmoq
C) tepa sochi tikka bo‘lmoq – qovog‘idan qor
yog‘moq
D) tilining uchida turmoq – ko‘z qorachig'iday asramoq
8. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda
metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi.
B) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada,
Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.
C) Buni eshitgan quloq nima deydi?
D) O‘zbek Navoivni o'qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
9. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda
sinekdoxa usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi.
B) Och nazarim tushar suratga.
C) Bir boshga bir o‘lim.
D) “Nasaf” Toshkentdan g‘alaba bilan qaytdi.
10. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir.
Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan.
B) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan.
C) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan.
D) Sondan yasalgan sifat qatnashgan.
11. Bunda па g‘am bor, na azob, unda yashash quvonchi, роk muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi.
Ushbu gapda nechta mavhum ot bor?
A) 6 ta B) 4 ta
C) 1 ta D) 5 ta
12. Qaysi javobdagi gapda orttirma darajadagi sifat qo‘llangan ?
A) Shahlo kichkina bo‘lsa ham, juda ziyrak qiz.
B) Behi atirguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi o‘n ikki metrga boradigan sershox daraxt.
C) Zamonamga sadoqatli, dili sof, toza imonman.
D) Bobur temuriylar sulolasining so‘nggi vakili edi.

Eman bilan Qamish: «Qay birimiz kuchliroqmiz?» – deb bahslasha boshladilar. Bahs paytida kuchli shamol ko‘tarildi va Qamish bir seskanib ketib, shamolga bosh egib ta’zim qildi; ammo Eman shamolga qarshi ko‘ksini qalqon qilib turaverdi, oqibatda, ildizi bilan qo‘porilib yerga quladi


13. Matnga mazmuniga mos bo‘lgan fikrni toping.


A) Bahs-munozarada o‘z fikringda dadil tur.
B) Behuda zo‘riqish belni sindirar.
C) Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas
D) Ishonmagin do’stingga, somon tiqar po’stingga.
14. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so’zda qanday usulda ma’no ko‘chishi kuzatilgan?
A) metafora B) metonimiya
C) vazifadoshlik D) sinekdoxa
15. Rasvo bo‘lgan nomus-or uchun,
Jangda o‘lgan do‘st uchun yig‘lang.
Yov toptagan gul diyor uchun,
Taqiqlangan so‘z uchun yig‘lang.
Qolgan dardlar – charxning hazili.
Ushbu she’riy parcha qaysi o‘zbek yozuvchisi tomonidan go‘yoki Chili shoiri Pablo Nerudaga bag‘ishlangan ?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov
C) Anvar Obidjon D) Rauf Parfi
16. Muqimiy o‘zining “Sayohatnoma” asarida qaysi qishloqda o‘zining sayohatini tamomlaydi ?
A) Nursux B) Rafqon
C) Konibodon D) Beshariq
17. “…….Ko'cha bugun jonlangan”………
Ushbu parcha qaysi asar boshlanmasidan keltirilgan?
A) “Fonarchi ota”
B) “Bolaning ko'ngli poshsho”
C) “Uloqda”
D) “Do‘nan”
18. Qaysi javobda doston berilmagan(Oybek)?
A) “O‘ch”
B) “Dilbar - davr qizi”
C) “Singan umid”
D) “Baxtigul va Sog‘indiq”
19. Xulosa shuki, soqov qiz qalbi g‘am-hasratga to‘la, bechora dardini birovga izhor qilolmas, faqat javdiragan, g‘am yoshiga to‘lgan shahlo ko‘zlari-yu, tiyrak lablarigina uning iztiroblarini ifoda etardi. Achinarlisi shundaki, odamlar hatto tilsiz, zabonsiz hayvonlarchalik ham uning dardini his qilolmasdilar.
Ushbu xulosa qaysi asar qahramoni haqida?
A) “Ot egasi” B) “Qayiq”
C) “Shubxa” D) “Choliqushi”
20.Quyidagi qaysi qatorda yasama so‘z berilgan ?
A) kelishdi B) sayyora
C) sayohat D) gulchilik
21. Shekspirning “Qiyiq qizning quyilishi” komediyasini kim tarjima qilgan?
A) Oybek B) Usmon Nosir
C) Asqad Muxtor D) Turob To`la
22. Janni Rodarining “Shahzoda Plombir” ertagi qaysi turkumga mansub?
A) “Rim ertaklari”
B) “Uchtadan oxiri bor ertaklar”
C) “Telefonda aytilgan ertaklar”
D) “Osmondagi tort”
23. Kimning qaysi asarida quyidagi jumlalar uchraydi?
“Ko'plar ham bu chashma boshiga yetdi,
Suv ichdi, dunyodan ko'z yumib ketdi”.
A) She'roziy “Bo'ston”
B) She'roziy “Guliston”
C) Navoiy “Mahbub-ul qulub”
D) Navoiy “Lison-ut tayr”
24. “Yangi ohangda kuylayotgan viloyat” nomli hujjati qissa muallifi kim?
A) Said Ahmad
B) Ulug‘bek Hamdam
C) Xudoyberdi To‘xtaboyev
D) Xayriddin Saloh
25. Quyidagilardan noto‘g‘ ri yozilgan nomlarni toping?
A) Madaniyat va sport ishlari vazirligi
B) O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi
C) Temuriylar tarixi davlat muzeyi
D) “Istiqbol” fermer xo‘jaligi
26. “Poseydon” kemasi qaysi asarda uchraydi ?
A) “Gulliverning sayohatlari”
B) “Qor malikasi”
C) “Kichkina shahzoda”
D) “Hellados”
27. Mavhum otlar qaysi bandda to‘liq keltirilgan ?
A) bino, yog‘in, ishonch
B) mustaqillik, erk, quvonch
C) bulut, tuman, qirov
D) bug‘doyzor, o‘rmon, tog‘da
28. G‘afur G‘ulomning frontda halok bo‘lgan o‘g‘liga bag‘ishlab yozilgan she’ri qaysi bandda berilgan ?
A) “Vaqt”
B) “Kuzatish”
C) “Sen yetim emassan”
D) “Sog’inish”
29. Ravish + ot tarzida yasalgan qo‘shma sifatni toping.
A) xomkalla B) hozirjavob
C) ochofat D) kaltafahm
30. “Shum bola” asari haqida berilgan ma’lumotni aniqlang.
A) Boyning o‘rtancha qizi turmushga chiqmay turib Badal aravakashga o‘xshash farzand ko‘rganligi tasviri mavjud.
B) Kuzda e’lon qilinish sharti bilan ikkita ho‘kiz qarz bergan paxtafurush obrazi tasviri mavjud.
C) Ikki haftadan beri ko‘z ochirmaydigan kuzak shamoli tasviri mavjud.
D) Amaldor zulmiga yo‘liqqan dehqon arz-dodi tasviri mavjud.



Download 24.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling