1. Quyidagi so`zlarning urg`usini to’g’ri bo’ginga qo’ying!!!


Hozir ahvol butunlay boshqacha


Download 41 Kb.
bet2/2
Sana14.10.2023
Hajmi41 Kb.
#1702922
1   2
Bog'liq
Urg\'u topshiriq

Hozir ahvol butunlay boshqacha.

  • Soya loviyadan ko`ra qattiroq bo`ladi.

  • Bir tup olma ekdim.

  • To`y xarjida yuzta boy yapon, Bir kambag`al o`zbekcha yo`qdir.

  • Sizsiz to`y o`tmaydi.

  • Men bu masalning javobini allaqachon chiqarganman.

  • Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozi.

  • Jismlarning fizik xossalarini o`rganmoqdamiz.

  • Men tushlikka qaynatma ichaman.

  • Qo`llar ishlar – tez, mo`jizakor.

  • Sanamay sakkiz dema.

  • Men akademik litseyda o`qiyman.

  • Dono o`zini, nodon do`stini ayblar.

  • Aybsiz do`st axtargan do`stsiz qolar.

  • Yaxshilar tufayli dunyo oboddir.

  • O`zbeklar ichida minglab daholar yetishib chiqqan.

  • Hamma ezgu ishlarning boshi odob sanaladi.

  • Derazamning oldida bir tup O`rik oppoq bo`lib gulladi.

  • Zumradginam dalada qolib ketdi.

  • Mardlargina o`z Vatanlari uchun mardonavor kurasha oladilar.

  • Ishonganim sizsiz.

  • O`zbek qizlariga atlas juda yarashadi.

  • Shovulladi tun bo`yi shamol, Qaldiroqlar ko`chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: “Yana keldi, do`stginam, bahor”.

  • Tog`lar, ko`m-ko`k adirlar, daryolar cheksiz qumloq.

  • Otni tepmaydi, itni qopmaydi dema.

  • Gulnor guzardagi gulzordan go`zal gullar uzdi.

  • Obro` misqollab keladi, qadoqlab ketadi.

  • Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o`g`lonim, elni ko`tarish uchun.

  • Qon yig`latdi qaysi bag`ritosh, Jayron, nega ko`zing to`la yosh? Oyog`ingga qo`yib yotay bosh, Jayron, nega ko`zing to`la yosh?

  • Shundan beri inson tinmayin, Shu yer uzra ter to`kar hamon. Yerni go`zal qilgani sayin, Go`zal bo`lar o`zi ham inson.

  • Vaqt – keskir qilich, u hech narsaga qaramay shart o`tadi-ketadi.

  • Hayot darsidan saboq beruvchi bir ganj – xazina bor: bu kitobdir.

  • Har ko`zki, agar olmasa ibrat, ko`rdir, Har luqma, agar bermasa lazzat, sho`rdir.

  • Birinchi avtomobil Germaniyada paydo bo`ldi, lekin haydovchilarning no`noqligi tufayli tez-tez ko`ngilsiz voqealar ro`y bera boshladi.

  • Olma eksa bog`iga har kim, Mehmoniga ol, ye demasmi? “Olma” mening mehmondo`st xalqim Odatiga yot so`z emasmi?

  • Eng buyuk jihod insonning nafsi bilan, shayton bilan qilgan jihodidir.

  • Qizginam bo`rilarga yem bo`ldiyov”, - dedi ota.

  • Ko`zlar inson qalbining aksidir.

  • Salimboyvachcha o`zi uchun amirkon etik buyurtiribdi.

  • Sayoq yursang, tayoq yeysan.

  • Biz atlasdan foydalanib materiklar joylashuvini o`rgandik.

  • Fevral oyigina har to`rt yilda bir marta 29 kundan iborat bo`ladi.

  • Chin inson birovga yaxshilik ko`zlar.

  • Axloqning etik normasiga rioya qilish kerak.

  • Bobom keksa bo`lsalar ham, g`ayratlari hali yigitcha.

  • Bu bola – bizning a`lochi o`quvchimiz.

  • Maktabda yozamiz, o`qiymiz, she`r yod olamiz.

  • Urug`ingdir, aymog`ingdir, Biror og`zi maymog`ingdir. Ulardan ham tonasanmi? Bu osonmi? Bu osonmi?

  • Nomingni qaro degan – paxtaginam, senmisan, Lo`ppi deya yutganim – laxtaginam, senmisan.

  • Yoshlik – gul-u gulg`uncha ekan, Bu gul olam turguncha ekan,
    Yoshlik behad tushuncha ekan, Poyoni yo`q garduncha ekan.



    @ona_tili_adabiyot_afrosiyob

    Download 41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling