1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turar-joylarni ijaraga berishning yagona reyestri
arizachi — ijaraga beriladigan turar-joyning egasi (jismoniy yoki yuridik shaxs) yoki Turar-joylarni ijaraga berishning yagona reyestriga kiritish uchun murojaat qilgan mulkdorning boshqa vakolatli shaxsi;
turar-joy egasi (keyingi o‘rinlarda — ijaraga beruvchi) — turar-joyning ijaraga beruvchisi sifatida Turar-joylarni ijaraga berishning yagona reyestriga kiritilgan shaxs; turar-joy — jismoniy shaxslarning vaqtincha yashashlari uchun mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik va boshqa talablarga javob beradigan ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar, uylar; Turar-joylarni ijaraga berishning yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarni sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan yuritiladigan ijaraga beriladigan Turar-joylar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi. 3. Turar-joy egalari, faqat turar-joyni Reyestrga kiritilgandan so‘ng ijaraga berish huquqiga ega bo‘ladi, mehmonxona xizmatlariga muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno. 4. Turar-joyni Reyestrga kiritish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 5. Ijaraga beriladigan turar-joy belgilangan normativ talablarga javob berishi lozim. 6. Turar-joy ijarasi elektron shaklda Dastur orqali amalga oshiriladi. 2-bob. Turar-joyni sertifikatlash va Reyestrga kiritish 7. Turar-joyni sertifikatlash va Reyestrga kiritish arizani Dasturda ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 8. Arizachi turar-joyni sertifikatlash va Reyestrga kiritish uchun Internet butun jahon axborot tarmog‘ida onlayn rejimda Dastur orqali ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi: arizachining pasport ma’lumotlari — jismoniy shaxslar uchun; davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi — tadbirkorlik subyektlari uchun; ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqining davlat reyestridan ko‘chirma. Bunda arizachilar pasport tizimi qoidalarini buzganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hatti-harakatlarni sodir etganligi uchun javobgar bo‘ladi. 9. Arizachidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 10. Reyestrni yuritish turar-joy egasiga reyestr raqamini bergan holda turar-joy egasi (ijaraga beruvchi), ijaraga beriladigan turar-joy va ijarachi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritishni nazarda tutadi. Reyestr ma’lumotlar bazasi onlayn rejimda yangilanadi. 11. Reyestr Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan holda elektron shaklda yuritiladi. 12. Ijaraga beriladigan turar-joylarni sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda ularni Reyestrga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 13. Haqqoniy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgani uchun arizachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 14. Markaz ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan kunidan boshlab ularni bir ish kuni davomida o‘rganib chiqadi, o‘rganish natijalari yuzasidan turar-joyni Reyestrga kiritadi va bu haqida arizachiga avtomatik rejimda QR-kod sanoqli tizimidan foydalangan holda elektron shaklda bildiriladi. Bunda yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligini ta’minlash ijaraga beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Ijaraga beruvchi turar-joydagi sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligini ta’minlash qoidalari to‘g‘risida ijarachini majburiy tartibda xabardor qiladi va zarur hollarda ikki yoki undan ko‘p xorijiy tillarda yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risida eslatmalar (yo‘riqnomalar) o‘rnatilishini ta’minlaydi. 15. Ishonchsiz va (yoki) noto‘g‘ri hujjatlar taqdim etilgan shuningdek, ijaraga beriladigan turar-joyning belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, Markaz bir ish kuni ichida arizachiga aniq nomuvofiqliklar va uning davomida arizachi belgilangan nomuvofiqliklarni bartaraf qilish va qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan muddatni (ikki oygacha) ko‘rsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda bildirish xati yuboradi. 16. Belgilangan muddatda arizachi tomonidan Reyestrga kiritish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, bir ish kuni davomida hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish amalga oshiriladi. O‘rganib chiqish natijalari yuzasidan Markaz turar-joyni Reyestrga kiritadi va bu haqida arizachiga avtomatik rejimda QR-kod sanoqli tizimidan foydalangan holda elektron shaklda bildiradi. Qayta ko‘rib chiqishda Markaz tomonidan muqaddam arizachiga bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. Arizachi tomonidan Reyestrga kiritish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirish xatida ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgandan keyin topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va Markaz tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 18. Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun quyidagicha yig‘im: jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) uchun — har bir turar-joy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida; yuridik shaxslar uchun — har bir turar-joy uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barovari miqdorida undiriladi. Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish uchun yig‘im Dastur orqali avtomatik rejimda undiriladi. Yig‘im miqdori Markazning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ushbu bandning talablari notijorat maqsadlarda ijaraga turar-joy beradigan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda Dastur orqali notijorat sifatida belgilangan holda, tijorat maqsadlarida ijaraga beruvchi turar-joy egalarini aniqlash amalga oshiriladi va ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan tartibda xabardor qiladi. 19. Turar-joy egalari va chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari, turistik yig‘imni to‘lash tizimi, turar-joyni ijaraga berish muddati, shuningdek, qonunchichilik va ushbu Nizomning shartlari va talablari buzilganligi to‘g‘risida ijaraga beruvchilarni aniqlash hamda xabardor qilish Dastur orqali amalga oshiriladi. 20. Turar-joyni ijaraga berish muddatlari (yiliga 120 kundan ortiq) oshib ketganligi borasida jismoniy shaxslarni tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tish zarurligini xabardor qilish dastur orqali amalga oshiriladi. Turar-joy egalari uch kun ichida ro‘yxatdan o‘tishlari va ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni kiritishlari lozim. Ushbu bandda ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgandan keyin kiritilgan ma’lumotlar yangidan topshirilgan hisoblanadi va Markaz tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 21. Reyestrga avval kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, turar-joy egalari bunday o‘zgarish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida, tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Markazga ma’lum qilishlari yoki onlayn rejimda Dastur orqali Reyestrga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda tegishli o‘zgartirishlarni mustaqil ravishda kiritishlari shart. 22. Reyestrdan ko‘chirmani qayta rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda ariza kelib tushgan kunidan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi: arizachining pasport ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar — jismoniy shaxslar uchun; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomadagi o‘zgarishlar — tadbirkorlik subyektlari uchun. Ko‘chirmani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan yig‘imning 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. 23. Turar-joyni Reyestrdan chiqarish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: agarda turar-joy bir yil davomida ijaraga berilmagan bo‘lsa; arizachi tomonidan Dasturga ishonchsiz ma’lumotlar (qalbaki hujjatlar) kiritilganda; turar-joy egasi tomonidan Reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish to‘g‘risida ariza berilsa; turar-joy egasi tomonidan ushbu Nizomning shartlari va talablari bajarilmasa; turar-joy egasi — yuridik shaxsning faoliyati tugatilsa yoxud to‘xtatilsa; joylashtirish vositalari tomonidan normativ hujjatlar talablarining surunkali ravishda buzilishi holatlari aniqlansa. 24. Markaz Reyestrdan berilgan va qayta rasmiylashtirilgan ko‘chirmalar, shuningdek, Reyestrdan chiqarilgan turar-joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning dolzarb holatda elektron shaklda saqlanishini va o‘zining butun jahon Internet butun jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytida onlayn rejimda e’lon qilinishini ta’minlaydi. Markaz reyestrdan chiqarilgan va qayta rasmiylashtirilgan ko‘chirmalar, shuningdek reyestrdan chiqarilmagan ma’lumotlarning elektron ko‘rinishda yangilanishini va Internet butun jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlaydi. 3-bob. Turar-joy egasining belgilangan talablarga rioya qilishini monitoring qilish 25. Markaz tomonidan quyidagi maqsadlarda turar-joy egalarining ijaraga berishning qonunchilikda nazarda tutilgan talablari bajarilishi ustidan monitoring olib boriladi: turar-joy egalari tomonidan belgilangan talablarning buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish; turar-joy va ularda ko‘rsatiladigan xizmatlarning joylashtirish vositalariga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini o‘rganish; turar-joy egalarining ijaraga berilgan turar-joyda yashash sifati va xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan insofsiz ahloqi va nohaq harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish; Reyestrga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish, gaz va elektr qurilmalarining xavfsiz ishlatilishi yuzasidan o‘rganishlarni amalga oshirishi mumkin. 26. Monitoring: Turar-joylarning “Turistik xizmatlar, Joylashtirish vositalar va umumiy talablar” bo‘yicha davlat standartida belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish; Turar-joy ijarachilarini Markaz tomonidan tasdiqlangan shaklda anketalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 4-bob. Turar-joy egalari va Markazning huquq va majburiyatlari 27. Turar-joy egalari quyidagi huquqlarga ega: turar-joyni o‘z ixtiyoriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining turar-joy to‘g‘risidagi qonunchiligida belgilangan me’yorlar doirasida tasarruf etish; turistlarga turar-joyni ushbu Nizomda belgilangan tartibda uni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ijaraga berishi mumkin. 28. Turar-joy egalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Markaz ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan talablarning bajarilishini monitoring qilish maqsadida qoidabuzarlik holatlari aniqlangan holatlardaturar-joy manziliga aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun aniq muddatlar ko‘rsatilgan holda bajarilishi majburiy bo‘lgan ogohlantirish yuborish huquqiga ega. 29. Turar-joy egalari: Oldingi tahrirga qarang. ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilishi; (29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) turar-joyda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlari, shuningdek, epidemiyaga qarshi va yong‘in xavfsizligi, gaz va elektr qurilmalaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi; Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarganligi, shuningdek, o‘z faoliyatini tugatganligi to‘g‘risida uch ish kuni ichida Markazni xabardor qilishi; yashovchilar tomonidan jamoat tartibi me’yorlari buzilgan hollarda joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro bog‘lanib harakat qilishi shart. Oldingi tahrirga qarang. turar joy egalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (29-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 30. Markaz: vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi bilan tanishtirish uchun profilaktika va tushuntirish ishlari hamda boshqa tadbirlarni tashkillashtirishi; manfaatdor davlat organlari bilan hamkorlikda Turar-joy egalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlar tartibi bilan tanishtirishi; turar-joy egalarini turizm sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida xabardor qilib borishi; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ijaraga beruvchi va ijarachilar bilan o‘zaro munosabatlar sohasiga faol ravishda joriy qilib borishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (30-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 5-bob. Yakunlovchi qoida Oldingi tahrirga qarang. 31. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Turar-joyni ijaraga berishning Yagona elektron reyestrini yuritish va ularni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Turar-joyni Reyestrga kiritish SXEMASI
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling