1. Quyidagilar orasidan erkak va urg’ochilari tashqi ko’rinishiga ko’ra farqlanmaydigan (a) va
Download 116.21 Kb.
|
Blok test-4(gamma)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ) I-d; II-c; III-b
Biologiya 1. Quyidagilar orasidan erkak va urg’ochilari tashqi ko’rinishiga ko’ra farqlanmaydigan (a) va farqlanadigan (b) hayvonlarni aniqlang. 1) tridakna; 2) mol kanasi; 3) perlovitsa; 4) los; 5) chumchuq; 6) baqachanoq A) a-2, 3, 6; b-1, 4, 5 B) a-1, 2, 6; b-3, 4, 5 C) a-1, 3, 6; b-2, 4, 5 D) a-2, 4, 5; b-1, 3, 6 2. Eukariot hujayraga oid to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) hujayra tarkibidagi mitoxondriya, xloroplast va yadro qo’shqavat membranaga ega; 2) sitoskelet hujayraning tayanch elementidir; 3) lizosomalarni hosil qiluvchi organoidlar membranasiz tuzilishga ega; 4) o’simlik hujayrasining xitinsimon qobig’idagi maxsus teshikchalari orqali qo’shni hujayraning endoplazmatik to’r kanalchalari o’zaro tutashadi; 5) mitoxondriyaning kristalarida ko’plab fermentlar joylashgan A) 2,5 B) 4,5 C) 3,5 D) 1,4 3. Qaysi javobda urug‘kurtakka ega o‘simliklar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) Turkiston ismalog‘i; 2) dala qirqbo‘g‘imi; 3) Zarafshon archasi; 4) Sharq sauri;5) zuhrasoch; 6) sershox qirqbo‘g‘im A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 6 D) 3, 5 4. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Ushbu oilada barcha qizlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. B) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. C) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. D) Ushbu oilada XdY genotipga ega farzandlar 25%ni tashkil etadi. 5. Noto’g’ri rivojlanuvchi turkumlar berilgan javobni belgilang A) bo’shliqichlilar, baliqlar B) kamtuklilar, o’rgamchaklar C) ko’p tuklilar, qattiqqanotlilar D) qattiqqanotlilar, termitlar 6. Qaysi javobda ildizdagi kurtaklardan yangi novdalar hosil qilib ko‘payadigan o‘simliklar keltirilgan? A) lola, nargis, gladiolus, g‘umay B) g‘umay, ajriq, salomalaykum, funariya C) shirinmiya, yantoq, olvoli, na’matak D) qoraqat, terak, jiyda, ituzum 7. Organogenez (I) va gametagenez (II) jarayonida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni aniqlang. 1) o’zak organlar majmui hosil bo’ladi; 2) yetilish davrida hujayralar meyoz usulida ko’payadi; 3) ektodermadan nevr nayi vujudga keladi; 4) spermatogenezning o’sish davrida hujayralar tez kattalashadi; 5) endodermadan ayirish organlari rivojlanadi; 6) qushlarning ovogenezida shakllanish davri bo’ladi A) I-1,5; II-2,4 B) I-2,4; II-1,5 C) I-1,3; II-2,6 D) I-2,6; II-1,3 8. Rasmda keltirilgan t-RNK qaysi aminokislotani translatsiya joyiga tashib keltirishini aniqlang. ( Genetik kod jadvalida GUC – valin, AUU – izoleysin, GCU – alanin, CAG – glutamin, CAC – gistidin) A) lizin B) metionin C) glutamin D) fenilalanin 9. Gidrobiologiya fanining obekti bo’lgan hayvonlar ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) lansetnik; 2) nereida; 3) ko‘rsichqon; 4) beluga; 5) yumronqoziq; 6) kasatka; 7) zaxkash A) 2, 7 B) 1, 3 C) 4, 6 D) 4, 5 10. Oqbiqin (1), krab (2) va to‘ng‘iz (3) uchun tegishli ma’lumotlarni aniqlang. A) 1 - bosh miya yarimsharining po‘stlog‘ida ilonizi burmalari rivojlangan; 2 – ayirish sistemasi bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat; 3 -o‘ng bo‘lmachasidagi qonda kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan yuqori B) 1 - chap bo‘lmachasidagi qonda kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan yuqori; 2 - qon aylanish sistemasi ochiq, ko‘zlari murakkab; 3 - qoziq tishlari kuchli rivojlangan, oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan C) 1 - ko‘krak qafasi diafragma parda orqali qorin bo‘shlig‘idan ajralgan; 2 - bir juftdan uzun va kalta mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi; 3 - toq tuyoqlilar turkumi vakili D) 1 - tanasi yung bilan qoplangan, quloq suprasi, sut va ter bezlari rivojlangan; 2 - erkagining qorin bo‘limi boshko‘kragiga nisbatan kengroq bo‘ladi; 3 -oshqozoni to‘rt bo‘lmali, o‘simlikxo‘r hayvon 11. Quyida berilganlardan Qorabayir va Qozog‘iston oqboshi zotlari uchun umumiy bo‘lgan ma’lumotlarni belgilang. 1) nafas olishda o‘pka bilan birga havo xaltachalari ham ishtirok etadi; 2) bosh miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida burmalar rivojlanmagan; 3) konsument organizm; 4) bosh skeletlilar kenja tipiga mansub; 5) embrioni ona organizmidan tashqarida rivojlanadi; 6) o‘pka venasida arterial qon oqadi A) 2, 3, 6 B) 3, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 5 12. Quyidagi qaysi xususiyat gekkonning qon aylanish sistemasiga xos? A) katta qon aylanish doirasi kislorodga boy o‘pka arteriyasidan boshlanadi B) katta va kichik qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan boshlanadi C) yuragi ikki kamerali bo‘lib, yurak bo‘lmachasi va qorinchasidan iborat D) kichik qon aylanish doirasi o‘pka arteriyasidan boshlanib yurakning o‘ng bo‘lmachasida tugaydi 13. Quyida berilganlardan qaysilarida madaniy o‘simlikning kelib chiqish markazi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) kakao daraxti − Markaziy Amerika; 2) arpa − Sharqiy Osiyo markazi; 3) ananas − Janubiy Amerika markazi; 4) sholi – Janubiy Osiyo tropik markazi; 5) suli − Janubiy-g‘arbiy Osiyo markazi; 6) karam −Efiopiya markazi. A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 3, 4, 6 D) 2, 3, 5 14. Qaysi javobda aminokislotalarning o‘zaro peptid bog‘ orqali birikishidan hosil bo‘lgan moddalar ko‘rsatilgan? 1) t-DNK; 2) DNK polimeraza; 3) interferon; 4) r-RNK; 5) fibrinogen; 6) mioglobin; 7) geparin A) 2, 5, 6 B) 3, 5, 7 C) 2, 3, 4 D) 1, 4, 7 15. Bakteriya virusida uchraydigan tuzilmalarni aniqlang. A) DNKli boshcha, yoqacha B) g‘ilof, donador endoplazmatik to‘r C) RNK va DNK, ribosoma D) dum qismidagi iplar, silliq endoplazmatik to‘r 16. Batsilla xromosomasi tarkibida mavjud bo‘lgan tuzilmalarni aniqlang. 1) fosfodiefir bog‘; 2) riboza; 3) adenin; 4) lizin; 5) uratsil; 6) sitozin A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6 17. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) tug‘ma rang ajratolmaslik faqat erkakalarda uchraydi; 2) ko‘rish markazining faqat kolbasimon hujayralardan iborat o‘rta qismi aniq ko‘rish markazi deyiladi; 3) kamalak parda o‘rtasidagi teshik qorachiq deyiladi; 4) qorachiq va gavhar oralig‘ida shaffof shishasimon tana joylashgan. A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 4 18. Avtotrof organizmlarni aniqlang. A) ko’rgalak, kalmar, karnaygul B) ossillatoriya, ondatra, omar C) zarpechak, zarang, zog‘cha D) nemalion, nastarin, na’matak 19. Qaysi javobda hayvon zotlarining yovvoyi ajdodlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) “Orlov yo‘rg‘asi”; 2) “Kornuel”; 3) “Romanov”; 4) “Qorabayir”; 5) “Nyugempshir”; 6) “Merinos”; 7) “Axaltaka”; 8) “Hisor”; 9) “Lekgorn”;10)’Turman”. a) bankiv tovuq; b) tarpan; c) muflon; d) ko‘k qoya kaptar A) 4, 6, 8 − c; 1, 3, 7 − b; 2, 5, 9 − a B) 1, 4, 8 − b; 2, 5, 10 − a; 3, 6, 7 − c C) 1, 4, 7 − b; 2, 5, 9 − a; 3, 6, 8 − c D) 2, 5, 9 − d; 1, 4, 7 − b; 3, 6, 8 − c 20. Quyida keltirilgan o’simliklar nechta bo’limga tegishli? 1) isfarak, 2) sekvoyadendron, 3) oq qayin, 4) funariya; 5) sharq sauri; 6) dala qirqbo’g’imi; 7) parpi; 8) marmarak A) to’rtta B) ikkita C) uchta D) beshta 21. Qaysi xususiyatlar karamdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar gullari uchun xos? A) gullari to‘g‘ri va ikki jinsli, yakka-yakka yoki ro‘vak to‘pgulda joylashgan B) gulqo‘rg‘oni murakkab, gulkosacha va gultojiga ajralgan, changchilari cheksiz C) gullari to‘g‘ri va ayrim jinsli, soyabon to‘pgulda joylashgan D) gulqo‘rg‘oni murakkab, gulkosacha va gultojiga ajralgan 22. Odamdagi qaysi kasalliklarning irsiylanish qonuniyatlarini sitogenetik metoddan foydalanib o‘rganish mumkin? A) Shereshevskiy-Terner sindromi, tug‘ma karlik B) fenilketonuriya, braxidaktiliya C) Klaynfelter sindromi, Daun sindromi D) gemofiliya, polidaktiliya 23. G‘o‘zaga abiotik (I) va biotik (II) omillarning ta’siri to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) vertitsill ta’sirida bargning to‘kilishi; 2) serhosil AN-402 navining yaratilishi; 3) fotosintez jarayonining amalga oshishi; 4) yorug‘lik yetishmaganda xlorofillning yemirilishi; 5) uchki kurtak olib tashlanganda hosil shoxlarining ko‘payishi; 6) changlatuvchi hasharotlar ta’sirida hosilning ko‘payishi. A) I - 3, 4; II - 1, 6 B) I - 3, 5; II - 2, 6 C) I - 1, 4; II - 2, 5 D) I - 2, 5; II - 3, 4 24. Quyidagilardan jabraga ega bo‘lmagan va qon aylanish sistemasi ochiq bo‘lgan organizmlarni aniqlang. 1) falanga; 2) zaxkash; 3) dreysena; 4) kana; 5) zog‘ora baliq; 6) langust A) 4, 6 B) 4, 5 C) 1, 4 D) 2, 3 25. Glitsin (a) va guanin (b) ga mos keluvchi belgilarni toping. 1) halqali aminokislota; 2) purin asosi; 3) pirimidin asosi; 4) asiklik aminokislota; 5) translyatsiyada ishtirok etadi; 6) DNKda sitozin bilan 3 ta vodorod bog’lari orqali birikadi; 7) oqsilda peptid bog’i hosil qilib birikadi A) a-3,6; b-1,5, 7 B) a-1,3,7; b-2,6 C) a-4,5,7; b-2,5,6 D) a-1,5; b-3,6,7 26. Yong‘oqsimon tojli (a) va gulsimon tojli (b) xo’roz genotipini aniqlang. 1) AAbb 2) AABb 3) aabb; 4) AABB 5) aaBB; 6) AaBB; 7) aaBb 8) AaBb; 9) Aabb A) a - 2, 4; b - 5, 7 B) a - 3, 6; b - 1, 2 C) a - 4, 8; b - 6, 9 D) a - 6, 8; b - 1, 9 27. Odamda aorta devorining elastikligi tufayli qon tomirining kengayishi va torayishi ta’sirida tomir devorida paydo bo‘lgan tebranishning arteriyalar bo‘ylab tarqalishi qanday ataladi? A) yurak avtomatiyasi B) yurakning sistolik hajmi C) puls D) yurak sikli 28. Floemaning (a) va ksilemaning (b) mexanik to‘qima hujayralarini aniqlang. 1) o’tkazuvchi nay; 2) yo‘ldosh hujayralar; 3) lub tolalari; 4) traxeidlar; 5) yog'ochlik tolalari; 6) elaksimon naylar A) a-1; b-6 B) a-3; b–5 C) a-3; b-4 D) a-2; b –3 29. Varoliyev ko’prigida qaysi markazlar joylashgan? 1) yuz muskullarini harakatlantirish 2) termoregulatsiya 3) aksirish 4) qon aylanish 5) chamalash 6) ko’z soqqasini harakatlantirish 7) to’yish, och qolishni his qilish 8) nafas olish 9) qo’l barmoqlarini nozik harakatlarini taminlash 10. ko’zni ochib yumish A) 1,6 B) 2,7 C) 3,4,8,10 D) 5,9 30. Jabraga ega bo’lgan bo‘g‘imoyoqlilar tipiga mansub organizmni aniqlang. A) nereida B) kasatka C) omar D) eshakqurt Kimyo 31. Suv 173℃ va 263 K da qanday agregat holatida bo‘ladi? (P=1 atm.) A) qattiq; suyuq B) gaz; qattiq C) gaz; gaz D) suyuq; gaz 32. Temir (III) digidroksoortofosfat molekulasidagi temir va fosfor atomlari soni qanday nisbatda bo‘ladi? A) 3:5 B) 2:1 C) 1:1 D) 3:1 33. I-A guruh elementlarida yadro zaryadi ortib borishi bilan atom radiusi va nisbiy elektromanfiylik qiymati qanday o‘zgaradi? A) atom radiusi kamayadi, nisbiy elektromanfiylik qiymati ortadi B) atom radiusi kamayadi, nisbiy elektromanfiylik qiymati kamayadi C) atom radiusi ortadi, nisbiy elektromanfiylik qiymati ortadi D) atom radiusi ortadi, nisbiy elektromanfiylik qiymati kamayadi 34. Kationidagi toq elektronlar soni kationidagi toq elektronlar sonidan nechtaga ko‘p? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 35. Har bir idishga 1 moldan natriy solingandan keyingi holat uchun to‘g‘ri fikrni toping. A) I idishdagi eritma konsentratsiyasi past B) I idishdagi eritma konsentratsiyasi yuqori C) erigan moddalarning massa ulushi bir xil D) II idishdagi eritma konsentratsiyasi yuqori 36. Berilgan molekulalarni bog‘lanish energiyasi ortib borish tartibida joylashtiring. 1) ; 2) ; 3) ; 4) A) 3, 2, 1, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4, 3 D) 3, 4, 2, 1 37. Qaysi metall hosil qilgan oksidining ekvivalent molyar massasi kislorodning ekvivalent molyar massasidan 5 marta katta bo‘ladi? A) Zn B) Mg C) Cu D) Ca 38. 3A + 2B ⇄ C Ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha muvozanat qaror topganda moddalarning konsentrasiyalari [A]=2 mol/l, [B]=4 mol/l va [C]=4 mol/l bo‘lsa, ning qiymatini aniqlang. (KM=2) A) 2 B) 1 C) 3 D) 4 39. Suvsiz sulfat kislota tayyorlash uchun 200 g 82% li sulfat kislota eritmasida necha gramm SO3 eritish kerak? A) 120 B) 40 C) 80 D) 160 40. I velentli metall gidridi suvda to‘liq eritilganda olingan ishqorning massasi (g) dastlabki metall gidridi massasidan 4 g ga ko‘p. Agar metall gidridi va ishqorning massa yig‘indisi 16 g ga teng bo‘lsa, metallni aniqlang. A) Na B) Li C) K D) Cs 41. Venn diagrammasi asosida metallarning o‘ziga xos va umumiy xususiyatlarini moslang. a) valentligi doimiy II; b) Me2+ ionida 18 ta elektron bor; c) MeCl2 tuzi suvda ionlarga ajraladi; d)Metallning 3d-pog‘onachasi to‘liq elektronlar bilan to‘lgan. A) I-d; II-a, c; III-b B) I-a; II-c; III-d C) I-b; II-c; III-d D) I-d; II-c; III-b 42. Al2(SO4)3 dissotsialanishi natijasida zarrachalar soni eritilgan tuzga nisbatan 3,8 marta ortgan bo‘lsa, dissosilanish darajasini (%) aniqlang. (suvning dissotsialanishi hisobga olmang) A) 60 B) 70 C) 80 D) 50 43. Qaysi tuzning 1 moli dissotsialanishidan olingan kationlar soni dissotsialangan tuzning atomlar sonidan 5 molga kam? (α=100%; tuzning gidrolizlanishi va suvning dissotsialanishi hisobga olinmasin.) Download 116.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling