1. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amaliyotga joriy etilsin: O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining shakli 1-ilovaga muvofiq


Download 242.51 Kb.
bet13/13
Sana01.03.2023
Hajmi242.51 Kb.
#1242615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1011 22.12.2017

uy xo‘jaligi — o‘z daromadlarini butunlay yoki qisman birlashtirish umumiy xo‘jalik yurituvchi birga yashaydigan shaxslar yig‘indisi. Bunda uy xo‘jaligi a’zolarining yaqin qarindoshlik aloqalari mavjudligi talab etilmaydi.
anketa — uy xo‘jaliklarining bandlik masalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun aniq belgilangan savollar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjat;
intervyuyer — o‘rganish jarayonida tanlashga tushgan uy xo‘jaliklarining a’zolaridan so‘rov (intervyu) o‘tkazadigan hududiy mehnat organlari xodimi;
uy xo‘jaligi boshlig‘i — uy xo‘jaligi a’zolari xohishi bo‘yicha tanlanadi. Bunda, uy xo‘jaligi boshlig‘i eng yoshi katta a’zosi yoki xo‘jalik yurituvchi yoxud uy xo‘jaligiga eng ko‘p daromad keltiruvchi a’zosi bo‘lishi mumkin;
respondent — intervyu savollariga javob beradigan o‘rganilayotgan uy xo‘jaligi a’zosi. Respondent uy xo‘jaligining boshlig‘i yoki boshqa eng ko‘p ma’lumotga ega a’zosi bo‘lishi mumkin.
3. O‘rganish har chorakda (mart, iyun, sentyabr, dekabrda) o‘tkaziladi.
4. O‘rganish jarayonida uy xo‘jaliklari kuzatuv birliklari hisoblanadi. Uy xo‘jaliklarining 15 yoshdan oshgan a’zolari kuzatuv obyektlari hisoblanadi.
5. Har bir uy xo‘jaligida o‘rganish jarayonida mazkur manzilda doimiy istiqomat qiluvchi, jumladan, so‘rov o‘tkazilayotgan paytda doimiy yashash manzilidan tashqariga vaqtinchalik chiqqan, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan, turizm safarlarida sayohat qilayotgan, boshqa shaharda ta’lim olayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida daromad olish maqsadida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar hisobga olinadi.
6. Uy xo‘jaliklari tarkibida sud qaroriga muvofiq jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan shaxslar hisobga kiritilmaydi.
2-bob. O‘rganishni tanlashni shakllantirish
7. O‘rganish maxsus tanlash orqali tanlangan uy xo‘jaligi a’zolaridan so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rov o‘tkazish har chorak so‘nggi oyining ikkinchi o‘n kunligida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari xodimlari tomonidan har chorakda o‘tkaziladi.
9. So‘rov o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklarini saralash har bir tuman (shahar) bo‘yicha ma’lumotlarning namunaviyligini ta’minlaydigan har bir tuman (shahar) bo‘yicha proporsional tanlashda 0,3% dan kam bo‘lmagan qamrab olish orqali amalga oshiriladi.
10. O‘rganish natijalari namunaviy bo‘lishi lozim:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida — har birida aniqligi 95 foizgacha;
kuzatuv obyektlari bo‘yicha — tanlashning jami yig‘indisi bo‘yicha aniqligi 90 foizgacha;
aholi punkti turlari (shahar, qishloq va boshqalar) bo‘yicha — aniqligi 90 foizgacha.
11. Uy xo‘jaliklarini tanlash ikki bosqichda amalga oshiriladi, birinchi bosqichda har chorakda aholi punktlari saralab olinadi, ushbu jarayon har uch oyda, bir yilda to‘rt marotaba takrorlanadi. Aholi punktlarini saralab olish ehtimoli undagi mavjud uy xo‘jaliklari (yoki aholi) soniga bog‘liq.
12. Saralashning birinchi bosqichidan oldin olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan aholi punktlari ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi. Ro‘yxatdan chiqarishga sabab ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholining respublika umumiy aholisi sonidagi salmog‘i hisoblanadi.
13. Uy xo‘jaliklarini saralash tanlashning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi. Mehnat organlarining hududiy boshqarmalari belgilangan tartibda barcha uy xo‘jaliklari ro‘yxatini (manzil, uy xo‘jaligi boshlig‘ining ismi va familiyasi) saralab olingan aholi punktlari bo‘yicha elektron tarzda shakllantiradi. Ushbu ro‘yxat asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uy xo‘jaliklarini saralashning ikkinchi bosqichini amalga oshiradi hamda kelgusi uch oydagi o‘rganishda foydalaniladigan uy xo‘jaliklari ro‘yxatini shakllantiradi.
14. Har bir o‘rganish o‘tkazilganda tanlanganlarning uchdan bir qismi yangilanadi: har bir ketma-ket o‘rganishda o‘rganilgan uy xo‘jaliklarining uchdan ikki qismi saqlanadi, uchdan bir qismi esa yangilanadi.
3-bob. O‘rganishni tashkil etish
15. O‘rganishni metodologik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ishlab chiqadi:
anketa;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha uy xo‘jaliklarini tanlash;
intervyuyerlar uchun ko‘rsatma materiallar;
ma’lumotlar bazasini shakllantirish va kompyuterda qayta ishlash texnologiyasi.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari:
anketalarni zarur miqdorda ko‘paytirishni ta’minlaydi;
saralab olingan uy xo‘jaliklarining joylashuvidan kelib chiqib har bir intervyuyerlar uchun hisob-kitob uchastkalarini shakllantiradi;
har besh intervyuyerlar bitta supervayzer asosida har bir tumanda (shahar) supervayzerlarni tayinlaydi;
intervyuyerlar ishining tanlash asosida tekshirilishini ta’minlaydi;
o‘rganish natijalarining kompyuterga kiritilishini ta’minlaydi.
18. Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari:
intervyuyerlarning familiyasi bo‘yicha ro‘yxatini shakllantiradi;
o‘rganiladigan uy xo‘jaliklarining pochta manzili ko‘rsatilgan intervyuyerlar marshrut varag‘ini shakllantiradi;
intervyuyerlarni tayyorlaydi va ularni zarur anketalar bilan ta’minlaydi;
o‘tkaziladigan o‘rganishlar to‘g‘risida aholiga ma’lumot berishni ta’minlaydi;
o‘rganishlarni o‘tkazishda o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
to‘ldirilgan anketalarni birlamchi nazorat qiladi va kodlashtiradi.
4-bob. O‘rganish anketasi
19. O‘rganish anketasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan tasdiqlangan davlat va rus tillaridagi (zarur holatlarda qoraqalpoq tilida) savol va javob variantlari mavjud anketa;
o‘rganiladigan uy xo‘jaliklarining pochta manzili ko‘rsatilgan intervyuyerlar marshrut varag‘i;
uy xo‘jaliklariga tashrif kartochkasi;
alohida savollar anketasini kodlashtirish bo‘yicha qo‘llanma;
boshqa zarur ko‘rsatma va metodik materiallar.
5-bob. Intervyuyerlarga qo‘yiladigan talablar
20. Intervyuyerlar sifatida uy xo‘jaliklaridan so‘rovnoma o‘tkazish uchun quyidagilar jalb etiladi:
fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari xodimlari;
zarurat bo‘lganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari hamda Bandlikka ko‘maklashish markazlarining boshqa xodimlari.
21. Uy xo‘jaliklariga tashrif buyurganda intervyuyer quyidagilarga amal qilishi kerak:
ozoda kiyingan bo‘lishi;
ismi, familiyasi va ish joyi ko‘rsatilgan beydjigi bo‘lishi;
so‘rovnoma o‘tkazish uchun barcha zarur bo‘lgan anjomlarning (to‘liq anketa to‘plami, ruchka va h.k.) mavjudligi;
respondentlar bilan xushmuomalali va sabrli bo‘lishi;
o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi.
6-bob. Uy xo‘jaliklarida so‘rovnoma o‘tkazish
22. So‘rovnoma intervyuyerning marshrut varaqasida qayd etilgan uy xo‘jalikalarida bevosita bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
23. Axborotlar to‘plami faqat intervyuyerlar tomonidan ma’lumotlarni anketaga kiritish yo‘li bilan shakllantiriladi.
24. Barcha kuzatuv birliklari bo‘yicha anketa savollariga javoblar uy xo‘jaligi boshqa a’zolarining bandligini aniqlashda o‘zini vakolatli hisoblaydigan 18 yoshdan kichik bo‘lmagan uy xo‘jaligi a’zosidan olinadi.
25. Intervyuyerlar uy xo‘jaliklariga tashrif buyurganda quyidagilarni amalga oshiradi:
tashrif varaqasini to‘ldiradi;
anketaga muvofiq yoshi belgilangan shaxslar bilan so‘rovlar o‘tkazadi hamda respondentlarning javoblarini anketa blankalarida qayd etadi;
javoblarning birlamchi mantiqiy nazoratini (turli savollarga javoblardagi aniq qarama-qarshiliklarni aniqlashni) amalga oshiradi;
tashriflar davomida to‘ldirilgan anketa va kartochkalarni har ikki kunda bir marotaba Bandlikka ko‘maklashish markazi direktoriga topshiradi.
26. Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori o‘rinbosari:
intervyuyerlar guruhi ishlarini boshqaradi va ular uchun belgilangan ish hajmining bajarilishini nazorat qiladi;
intervyuyerlardan anketalarni qabul qiladi va to‘ldirilgan anketalarning to‘liqligi va sifatini nazorat qiladi;
tashriflarni tanlab nazorat qiladi;
to‘ldirilgan anketalar uchun ko‘chirish dalolatnomasi tuzadi va imzolab tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi direktoriga yoki uning vakolatli vakiliga topshiradi.
27. So‘rovnoma o‘tkazish jarayonida zarurat bo‘lgan respondentlarga anketaning alohida savollari bo‘yicha tushuntirishlar beradi. Bunda tushuntirishlar asoslangan bo‘lishi shart.
7-bob. O‘rganish natijalarini qayta ishlash va ulardan foydalanish
28. O‘rganish natijalarini qayta ishlash anketada aks ettirilgan shaxsiy ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishni taqiqlovchi shartlar bo‘yicha amalga oshirilishi shart.
29. O‘rganish natijalarini qayta ishlash anketa so‘rovlariga olingan shaxsiy ma’lumotlarning anonimligini ta’minlash shartlarida amalga oshiriladi.
30. Anketa so‘rovnoma ma’lumotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari xodimlari tomonidan maxsus kompyuter dasturiga quyidagilarni ta’minlagan holda kiritiladi:
xatosiz kiritish va kiritilgan ma’lumotlarni nazorat qilish;
ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ma’lumotlar bazasini taqdim etish;
jadval, grafik va diagrammalarni shakllantirish.
31. Axborot tizimidagi ma’lumotlar uy xo‘jaligining har bir a’zosi bo‘yicha zarur demografik va bandlik maqomi ko‘rsatkichlarini o‘zida aks ettirgan ma’lumotlar hisoblanadi.
32. O‘rganish natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy ishlar hududlar bo‘yicha tahliliy hisobot va tezkor balanslarni shakllantirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
33. O‘rganish natijalaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
34. Tashrif davomida to‘ldirilgan anketa va kartochka blankalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalarida besh yil mobaynida saqlanadi va ushbu muddat tugagach belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
8-bob.O‘rganishlar o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish
35. O‘rganishlar o‘tkazish ishlarini umumiy muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
36. O‘rganishlar o‘tkazish mobaynida olinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va sifatliligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari tomonidan uy xo‘jaliklariga tashrif buyurgan holda tekshiruvlar amalga oshiriladi, bunda har chorakda o‘rganish o‘tkazilgan uy xo‘jaliklarining qariyb 5 foizi tekshiriladi.
37. Joylarda o‘rganishlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
38. Tuman (shahar) hududlarida o‘rganishlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun shaxsiy javobgarlik tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari direktorlariga yuklanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 24-maydagi 106-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 32-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori 1-ilovasining 37-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori 1-ilovasining 20-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 28-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori ilovasining 17-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda).


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1011/0456-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 09.07.2019-y., 07/19/566/3396-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 242.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling