1. Quyosh radiatsiyasi va uning tarkibi
Yerning radiatson va issiqlik muvozanati
Download 45.01 Kb.
|
9-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- R= Q (1-) – Eef
3. Yerning radiatson va issiqlik muvozanati.Yer yuzasiga kelayotgan va qaytayotgan radiatsiya o’rtasidagi farq geografik qobiqning radiatsion muvozanati deb ataladi. Geografik qobiqning radiatsion muvozanati Yer yuzasining va atmosferaning radiatsion muvozanatlari yig’indisidan iborat. Yer yuzasiga kelgan radiatsiyani yalpi radiatsiya tashkil qiladi, Yer yuzasidan ketayotgan radiatsiyani esa albedo va effektiv nurlanish tashkil qiladi.Radiatsion muvozanat quyidagi tenglik orqali ifodalanadi: R= Q (1-) – Eef R- radiatsion muvozanat, Q- yalpi radiatsiya, - albedo, eef- effektiv nurlanish. Agar geografik qobiqqa kelgan radiatsiya qaytgan radiatsiyadan ortiq bo’lsa, radiatsion muvozanat musbat bo’ladi, agar kam bo’lsa manfiy bo’ladi. Tunda hamma kengliklarda radiatsion muvozanat manfiy bo’ladi, kunduzi esa musbat bo’ladi. Sutka davomida radiatsion muvozanat musbat ham, manfiy ham bo’lishi mumkin3. Muz zonasini istesno qilganda, Yer shari yuzasida yillik radiatsiya balansi musbatdir. Radiatsiya balansi sutka davomida o’zgarib turadi: kechqurun hamma kengliklarda radiatsiya balansi manfiy bo’ladi, kunduzi esa (qishda qutblarni hisobga olmaganda) tushgacha hamma erda musbat, tushdan keyin esa manfiy bo’ladi.Radiatsiya balansi Yer yuzasiga issiqlik olib keladi va u ekvatordan qutbga qarab o’zgarib boradi. Shu sababli, radiatsiya balansi issiqlik balansini vujudga keltiradi.O’rtacha ko’p yillik issiqlik balansi sayyoramiz yuzasida ham va atmosferada ham 0 ga teng. Buni quyidagi misoldan yaxshi bilish mumkin.Yer yuzasiga kelgan yalpi radiatsiyaning bir qismi atmosferaga qaytariladi. Yer yuzasidan qaytarilgan radiatsiyani Yerga tushgan radiatsiyaga nisbati albedo deb ataladi. Albedo har qanday yuzani Quyosh nurlarini qaytarish qobiliyatini ifodalaydi va foizda yoki kasr sonlarda ifodalanadi. Yer yuzasida o’rtacha al’bedo 0,35 ga teng. Al’bedo Yer yuzasining xususiyati va holatiga bog’liq. Yangi yoqqan qorning nurni qaytarish qobiliyati juda yuqori bo’ladi4. Uning yuzasi tushgan nurni 90%ni qaytaradi, bargli o’rmonlar esa 16-27%, igna bargli o’rmonlar 6-19%, shudgorlangan yuzalar 7-10%, cho’llar 9-34% nurni qaytaradi. Suv yuzasi 2% nurni qaytaradi, 98%ni esa yutadi. Yer yuzasi qisqa to’lqinli Quyosh nurlarini yutib o’zi ham issiqlik tarata boshlaydi. Yerning harorati yuqori bo’lmaganligi uchun uzun to’lqinlarda issiqlik taratadi. Atmosfera ham o’zidan o’tayotgan Quyosh nurlarini bir qismini yutib, fazoga va yerga tomon issiqlik taratadi. Atmosferadan Yerni issiqlik taratishiga qarshi yo’naltirilgan issiqlik qarshi nurlanish deb ataladi, mazkur nurlar ham uzun to’lqinli hisoblanadi. Download 45.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling