1. Quyosh radiatsiyasi va uning tarkibi


Download 45.01 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi45.01 Kb.
#1589693
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu (1)

Quyosh nurining tushish burchagi 900 bo’lganda, uning atmosferadan o’tadigan yo’lining uzunligi 1,0 deb olsak, shunda radiatsiyaning susayish darajasi 25% bo’ladi. Quyosh nurining tushish burchagi 500 bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’li 1,30 ga teng, radiatsiyaning susayish darajasi 31% ga etadi. Quyosh nurining tushish burchagi 300 bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’li 2,0 ga teng, radiatsiyaning susayish darajasi 44% , 100 burchak hosil qilib tushganda esa, atmosferadan o’tadigan nur yo’lining uzunligi 5,56, radiatsiyaning susayish darajasi 80% ga teng, Quyosh nurining tushish burchagi 00 bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’lining uzunligi 35,40, radiatsiyaning susayish darajasi 100% bo’ladi.


Yerning shakli sharsimon bo’lganligi tufayli turli kengliklarda Quyosh nurlarining Yer yuzasiga tushish burchagi turlicha. Quyoshdan kelayotgan issiqlikning miqdori nurlarning tushish burchagi qancha katta bo’lsa shuncha ko’p bo’ladi. Quyosh nurlari tik tushadigan hududlarda, issiqlik tushayotgan nurlarning ko’ndalang kesimi maydoniga teng maydonda tarqaladi. Quyosh nurlari qiya tushgan hududlarda ma’lum miqdordagi issiqlik kattaroq maydonda (v) taraladi, shuning uchun maydon birligiga to’g’ri keladigan issiqlik miqdori kam bo’ladi.
Quyosh nurlari faqat tropik kengliklardagina (23o271 shimoliy kenglikdan 23o271 janubiy kenglikkacha) 90o burchakda Yer yuzasiga tushadi. Boshqa kengliklarda esa u doimo 90o dan kam. Shuning uchun turli kengliklar turlicha miqdorda Quyosh issiqligini oladi (12-jadval).
(12-jadval
Turli kengliklarda teng kunlik va Quyosh turish davrlarida Quyoshning ufqdan balandligi

Kengliklar

21 mart

22 iyun

23 sentyabr

22 dekabr

Shimoliy qutb

0

23,5

0

-

Shimoliy qutb doirasi

23,5

47

23,5

0

Shimoliy tropik

66,5

90

66,5

43

Ekvator

90

66,5

90

66,5

Janubiy tropik

66,5

43

66,5

90

Janubiy qutb doirasi

23,5

0

23,5

47

Janubiy qutb

0

-

0

23,5

Yer yuzasiga atmosfera orqali sochilmasdan keladigan radiatsiya to’g’ri radiatsiya deb ataladi. Quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning bir qismi atmosfera tomonidan tarqatib yuboriladi. Bunday radiatsiyani sochma radiatsiya deb ataladi. Yer yuzasiga yetib keladigan to’g’ri va sochma radiatsiya miqdori yalpi radiatsiya deb ataladi. Bulutlik yuqori bo’lsa sochma radiatsiya to’g’ri radiatsiyadan ko’p bo’ladi, atmosefra tiniq bo’lsa to’g’ri radiatsiya sochma radiatsiyadan ko’p bo’ladi2.


Tropik cho’llarda (Saxroi Kabirning sharqi, Arabiston yarim orolining markaziy qismlari) yalpi radiatsiya miqdori yuqori bo’ladi, mazkur hududlarda ekvator tomon yillik radiatsiya miqdori maydon birligiga (1 sm2) 120-160 kkal. ga
kamayadi. Mo’tadil kengliklarda yillik Quyoshdan keladigan radiatsiya miqdori 80-100 kkal, Arktikada 60-70 kkal, Antarktidada esa atmosfera tiniq bo’lganligi uchun yalpi radiatsiya 100-120 kkal. ni tashkil qiladi .
Yozda (iyun oylarida) Shimoliy yarim shar eng katta miqdorda yalpi radiatsiya oladi, ayniqcha bu miqdor tropik va subtropik kengliklarning ichki quruqlik qismlarida juda yuqori bo’ladi. Mo’tadil va qutbiy kengliklar oladigan yalpi radiatsiya miqdori bir-biridan kam farq qiladi, chunki Ushbu davrda kunning uzunligi katta. Ekvator kengliklarida havoning namligi va bulutlik yuqori bo’lganligi uchun yalpi radiatsiya miqdori kam.

Download 45.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling