1. Raqamli texnologiyalarni raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga ta’siri
Raqamli axborot tizimlarning ta’rifi va tavsifi
Download 97.08 Kb.
|
РИ-5-мавзу
2. Raqamli axborot tizimlarning ta’rifi va tavsifi.
Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin. Raqamli texnologiylarga o‘tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: • Raqamli texnologiyalarga o‘tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini barpo etishni tushunamiz: • Raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’umotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar. sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko‘rsatish mumkin: • Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan texnologiyalar birgalikda "aqlli" ob’yekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy. aqlli shahar, sog‘liqni saqlash, transport va tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi. Raqamli texnologiyalar quyidagi tizimli o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlarining amalga oshishi: buyumlar interneti va masofaviy ta’limning paydo bo‘lishi: blokcheyn texnologiyalar va u vositasida yurutiladigan turli-tuman jarayonlar; mayning jarayoni hamda mustaqil biznes yuritish imkoniyatining hosil bo‘lishi; yangi bank-pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining paydo bo‘lishi; katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayonining tadbiq etilishi; yangi kadrlar va yangi ish joylarining paydo bo‘lishi; yangi korporativ madaniyatning yuzaga kelishi; yangi boshqaniv va nazorat usullarining tadbiq qilinishi; katta ma’lumotlar bazalari (big data) tarkib topishi; sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarhiing amalga oshishi; mustaqil pul birligi sifatida kriptovalyutalarning paydo bo‘lishi ; bundan boshqa juda katta imkoniyatlarning yuzaga kelishi; Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa quyidagilami keltirishimiz inumkin: - 1-Bosqich: 1.2. Boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning amalga oshirilishi (shu jumladan, ARM, ERP, EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar) 1.3. Telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi. shu jumladan. simli va simsiz, optik aloqaning amalga oshirilishi. - 2-Bosqich: 1.4. On-line platformalarning hayotga tadbiq qilinishi (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar) 1.5. Bulutli va virtual texnologiyalarning hayotga kirib kelishi. - 3-Bosqich: 1.6. Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, buyumlar interneti, robototexnika, additiv texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni). Raqamli texnologiyalarning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsata olamiz: 1. vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati; 2. turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati; 3. ko‘ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model); 4. global ekosistema orqali savdo-sotiq qila olish iinkoniyati. Raqamli texnologiyalar uchun zaruriy bo‘lgan zahiralar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: * hisoblash-kommunikatsion infratuzilma mavjudligi; * turli xildagi raqamli texnologiyalarning ishlashi; * tezkor Internet borligi; * raqamli texnologiyalar sohasida tayyorgarlik ko‘rgan inson resurslari mavjudligi: * turli xildagi biznes moellar keng miqyosda ishlatilishi; * intellektual on-line ishlab chiqarish tizimlari mavjudligi: * raqamli texnologiyalar uchun moliyaviy ta’minot yetarliligi: * kraudsorsing va kraudfunding jarayonlarini tashkil qilish imkoniyatlari. Download 97.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling