1. Raqamli texnologiyalarni raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga ta’siri


Download 97.08 Kb.
bet1/25
Sana29.03.2023
Hajmi97.08 Kb.
#1308268
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
РИ-5-мавзу



5- MAVZU: Raqamli texnologiyalar.
РЕЖА:
1. Raqamli texnologiyalarni raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga ta’siri.
2. Raqamli platforma.
3. Katta ma’lumotlar analitikasi.

4. Internet buyumlar.

5. Kvant informatikasi.





ELEKTRON TIJORIY MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

Sun’iy intellekt (Artificial Intellect) texnologiyalari va kompyuterlar yordamida o’qitish


Sun’iy intellect deb, komp’yuterlarning an’anaviy ravishda insonlar bajaradigan aqliy va ijodiy ishlarni bajara olish qobiliyatiga tushuniladi. Yana ushbu atama bilan intellectual mashinalar yaratish ilmi va texnologiyasini ham tushunadilar. Sun’iy intellektning bunday aniqlanuvu 1956 yilda amerikalik informatik Djon Makkarti tomonidan kiritilgan. Ingliz tilida artificial intelligence so’z birikmasi bizda “sun’iy intellect” ma’nosini bildirsa, intelligence so’zi inglizchada “aqlli fikrlash qobiliyati” deb tushuniladi. Shu sababli, sun’iy intellect information texnologiyalari qandaydir tizimning o’z-o’zini o’qitish evristik jarayonida qandaydir sinfga oid masalalarni yechish uchun dasturlar yaratish va bu dasturlar yordamida ushbu masalalarni yechishni anglatadi. Sun’iy intellektni aniqlashning empiric testini 1950 yilda Alan T’yuring taklif qilgan. Unga ko’ra, fikrlovchi mashina deb, inson u bilan so’zlashganda uni inson sifatida qabul
qilinishi tushunilishi lozim. Sun’iy intellect tizimlarini yaratish bo’yicha bir qancha yondoshuvlar mavjud. Ular ichida eng ommabopi evristik yondoshuv bo’lib, bunda mashina o’zini o’rab turgan dunyoni sinab ko’rish va xatolar tahlili usuli bilan o’rganadi. “O’qituvchisiz o’qish jarayoni” deb nomlangan extimollik mashinasi g’oyasini ilk bora 1956 yilda Dartmund konferentsiyasida Rey Solomonoff aytib o’tgan. Hozirgi davrda sun’iy intellect bo’yicha juda ko’p sohalarda ilmiy izlanishlar olib borilayotganida qaramay, biror bir inson yoki ilmiy guruh

to’laqonli sun’iy intellect tizimini yarata olmagan. Hozirgi davrda sun’iy intellect tizimlari barcha sohalarda insonning ishonchli yordamchisiga aylangan, ammo ko’pchilikning quyidagi savoli hali-hanuz javobsiz qolmoqda: Agarda ertaga mashina insondan aqlli bo’lib ketsa, u xolda nima bo’ladi?


Agar masalaning mohiyatiga qarasak, bunga hali ancha vaqt bor, chunki hozircha mashinaning imkoniyatlari insonga nisbatan juda ham kichik miqdorda. Agar mashna algoritmlar asosida ishlasa, inson obrazlar bilan ishlaydi. Shuning
uchun ham mashina resurslarini eng ko’p ishlatadigan ob’ekt – videoinformatsiyadir. Inson video ma’lumotlardan tashqari, ovozni, xidni, tasvirni, harakatlarning koordinatsiyasini ham onlayn rejimda yashin tezligida qayta ishlay oladi. Bu esa mashinaning insondan aqlliroq bo’lib ketishi hali-hanuz amalga oshmaydigan bir afsona deganidir.
Hozirgidavrdasun’iyintellectquyidagisohalardaqo’llaniladi:

  • So’zlar orqali ifodalangan matnlarni qayta ishlash;

  • Mashina yordamida ta’lim berish;

  • Ekspert tizimlar;

  • Virtual agentlar (chat-botlar va virtual yordamchilar);  Maslahat berish tizimlari.

Britaniya olimi Stiven Xokingning fikriga ko’ra esa, agarda insonlar juda ham qudratli sun’iy intellect yarata olsalar, bunday sun’iy intellect insonlar uchun juda havfli bo’lib qolishi mumkin.Quyida sun’iy intellektning bir qancha sohalarda qo’llanilishi bo’yicha misollar ketiriladi.

Download 97.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling