1. Raqamli texnologiyalarni raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga ta’siri
Download 97.08 Kb.
|
РИ-5-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yandex
- Google, macOS, iOs, Yandex , Microsoft
AliExpress on-layn riteylerining virtual reallik magazinlari va boshqalar.
Telekommunikatsiyalar sektorida ham sun’iy intellect tizimlari faol ravishda qo’llaniladi va abonentlarga virtual yordamchi hamda turli servislar taklif qilinadi. Yuqorida aytib o’tilgan texnologiyalardan biz doimiy ravishda foydalanamiz: Yandex ning Alisasi, Apple ning Siri si, komp’yuterlarimizdagi yangilik agregatorlari va shunga o’xshashlar robotlashtirilgan yechimlarga yaqqol misollardir. Sun’iy intellektli innovatsion yechimlar havfsizlik sohasida ham faol ravishda qo’llanilaypti – insonlarni rasmlariga qarab tanib olish va identifikatsiya qilish bunga bir misoldir. Lekin sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanganda bir qancha tavakkalchiliklarga (riskka) ham duch kelamiz. Masalan, sun’iy intellektni qo’llashning boshlang’ich davrida bilimlar bazasi ancha kam miqdorda bo’lgani uchun, xato bo’lgan natijalar ham olinishi ehtimolligi mavjud. Yana bir tavakkalchilik sun’iy intellect tizimi qaror qabul qilishga qiynalgan paytda inson unga yordamga kelish extimolligi, sun’iy intellect tizimiga bo’lgan harajatlarning juda katta miqdordaligi, sun’iy intellektni o’qitish jarayonini nazorat qilish bilan bog’lik tavakkalchilik, sun’iy intellektning qo’llanilishi bo’yicha normativ-huquqiy bazaning yo’qligi va boshqalar. Shuni ham aytish kerakki, oxirgi to’rt yilda sun’iy intellectni rivojlantirish uchun bo’lgan investitsiyalar miqdori dunyo miqyosida to’rt barobarga ko’paydi. Rossiya federatsiyasining strategik loyihalari (CAF) bo’yicha rahbari V.Ostrovskayaiyning firkiga ko’ra, robotizatsiya texnologiyalari juda ham tez rivojlanayotganiga qaramay, ular hali sun’iy intellect darajasiga yetmaganlar. Ammo, “yuqori texnologiyalarni rivojlantirishda sun’iy intellect juda katta investitsion potentsalga egadir” - deydi u. Robotlashtirilgan yechimlarning rivojlanish potentsiali yaqin ikki yillarga 600-700% ni tashkil qilishi mumkin, RPA(Robotic process automation) bozorining umumiy hajmi esa 2019 yil oxiriga kelib, 2,3 milliard dollarga yetishi mumkin. Ba’zi bir hisob-kitoblarga ko’ra, yaqin o’n yillarda ishchi mutaxassiliklarnngi har bir o’ntadan bittasi robotlar bilan almashinadi. Shuning uchun, sun’iy intellektli tizimlarning hayotga faol tadbiq qilinishiga unchalik ko’p vaqt qolmadi, deb aytish ham mumkin. Sun’iy intellectga jalb qilingan barcha investitsiyalarning deyarli yarmi dasturiy ta’minot va iste’mol elektronikasi ishlab chiqaruvchi bozorning yirik ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan. Bunda gap nafaqat Google, macOS, iOs, Yandex, Microsoft lar haqida, balki yordamchi servislar, ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash bilan shug’ullanadigan kompaniyalar, big data va analitika bilan shug’ullanadigan kompaniyalar haqida ham ketmoqda. Shunday qilib, sun’iy intellektni qo’llash bo’yicha jahon miqyosida bir qancha yillarga davom etadigan trend hosil bo’lgan va bu sohaga investitsiya qilish yaqin 15-20 yillar davomida foydali bo’lib qoladi. Shuning uchun ham yaqin yillarda meditsina, kosmonavtika, iqtisodiyot, robotlashtirish, transport va boshqa soxalarda sun’iy intellektning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Download 97.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling