Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish, negaki, server va infratuzilishni virtuallashtirish uni informatsion bulut deb hisoblashning asosi hisoblansada, virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarishni amalga oshirish natijasida tizim o‘z-o‘zidan qandaydir turdagi bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut texnologiyasi deb hisoblanishi uchun, informatsion tizim virtual mashina, operatsion tizim yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot konteyneri, yuqori bardoshli operatsion tizim, grid-hisoblash dasturiy ta’minoti, saqlash resurslarini tahlil qilib boruvchi dasturiy ta’minot, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat tashkil etuvchilarga ham ega bo‘lishi zarur.
Bulut – tejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas. Bulutga pul mablag‘larini tejovchi vosita sifatida qarash xam xato tushunchalardan biri hisoblanadi. Bulutda ishlash tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu juda xam majburiy bo’lgan atribut hisoblanmaydi.
Xususiy bulut faqat buyurtmachidagina joriy etilishi shart emas. Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki, bu texnologiyaning konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish mumkinligi kabi xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab bulut texnologiyalarni yetkazib beruvchi kompaniyalar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadilar, ya’ni, bulutda bir nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay, resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. “Bulut” o‘zining qaerda ochilganligi, unga kim egalik qilishi va boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki, maxfiyligi uchun xususiy bulut hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga ishlov berish markazlari xostingprovayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar resurslarini birlashtirilib, xususiy virtual tarmoqlar (Virtual Private Network – VPN) orqali bir-biridan ajratib qo‘yilishi mumkin.
4.Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali xizmat.
Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va shuning uchun xam xususiy bulutlar hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Infratuzilma sifatidagi xizmat ko’rsatish (IaaS – Infrastructure as a Service ) ishlash tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda xususiy bulutlar eng quyi daraja resurslaridan foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan sodda shaklda taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |