1. Raqamli texnologiyalarni raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga ta’siri


Raqamli axborot tizimlarning ta’rifi va tavsifi


Download 97.08 Kb.
bet22/25
Sana29.03.2023
Hajmi97.08 Kb.
#1308268
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
РИ-5-мавзу

2. Raqamli axborot tizimlarning ta’rifi va tavsifi. 
Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib, 
unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli 
ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat 
qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish 
shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol 
sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, 
bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli 
texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli 
xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin. 
Raqamli texnologiylarga o‘tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha 
javob berish mumkin: 
• 
Raqamli texnologiyalarga o‘tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga 
asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini 
barpo etishni tushunamiz: 
• 
Raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari 
sifatida ma’umotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy 
tarmoqlar, bulutli texnologiyalar. sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda 
sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko‘rsatish mumkin: 
• 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan texnologiyalar birgalikda "aqlli" ob’yekt va 
jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy. aqlli shahar, sog‘liqni saqlash, transport va 
tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi. 
Raqamli texnologiyalar quyidagi tizimli o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. 

Ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlarining 


amalga oshishi: 

buyumlar interneti va masofaviy ta’limning paydo bo‘lishi: 

blokcheyn texnologiyalar va u vositasida yurutiladigan turli-tuman 
jarayonlar; 

mayning jarayoni hamda mustaqil biznes yuritish imkoniyatining hosil 
bo‘lishi; 

yangi bank-pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining paydo bo‘lishi; 

katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin 
Offering) jarayonining tadbiq etilishi

yangi kadrlar va yangi ish joylarining paydo bo‘lishi; 

yangi korporativ madaniyatning yuzaga kelishi; 

yangi boshqaniv va nazorat usullarining tadbiq qilinishi; 

katta ma’lumotlar bazalari (big data) tarkib topishi; 

sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarhiing amalga oshishi; 

mustaqil pul birligi sifatida kriptovalyutalarning paydo bo‘lishi ; 

bundan boshqa juda katta imkoniyatlarning yuzaga kelishi; 
Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa 
quyidagilami keltirishimiz inumkin: 

1-Bosqich: 
1.2. Boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning 
amalga oshirilishi (shu jumladan, ARM, ERP, EDI, SRM, SAPR, ASU, 
ASUTP va boshqalar) 
1.3. Telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi. shu jumladan. simli va 
simsiz, optik aloqaning amalga oshirilishi. 

2-Bosqich: 
1.4. On-line platformalarning hayotga tadbiq qilinishi (qidiruv tizimlari, 
elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar) 
1.5. Bulutli va virtual texnologiyalarning hayotga kirib kelishi. 

3-Bosqich: 
1.6. Katta 
ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, buyumlar interneti, 
robototexnika, additiv texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi (shu 
jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina 
yordamidagi ta’lim jarayoni). 
 

Raqamli texnologiyalarning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ajratib 


ko‘rsata olamiz: 
1. 
vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati; 
2. 
turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati
3. 
ko‘ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model); 
4. 
global ekosistema orqali savdo-sotiq qila olish iinkoniyati. 
Raqamli 
texnologiyalar 
uchun 
zaruriy bo‘lgan zahiralar jumlasiga 
quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

hisoblash-kommunikatsion infratuzilma mavjudligi; 

turli xildagi raqamli texnologiyalarning ishlashi; 

tezkor Internet borligi; 

raqamli texnologiyalar sohasida tayyorgarlik ko‘rgan inson resurslari 
mavjudligi: 

turli xildagi biznes moellar keng miqyosda ishlatilishi; 

intellektual on-line ishlab chiqarish tizimlari mavjudligi: 

raqamli texnologiyalar uchun moliyaviy ta’minot yetarliligi: 

kraudsorsing va kraudfunding jarayonlarini tashkil qilish imkoniyatlari. 


Download 97.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling