1. raqobatning iqtisodiy mazmuni va shakllanishining asosiy tamoyillari
Joan Vayolet Robinson (1903-1983)
Download 57.47 Kb.
|
Kurs ishi Sharofat
Joan Vayolet Robinson (1903-1983)
Kembrij universitetini bitirgan va A.Marshall maktabining taniqli vaqili va davomchisidir. 1965-1971 yillar shu universitetda professor lovozimida dars bergan. Uning dastlabki asari «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» 1933 yili, ya’ni muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi bosh g’oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini aniqlashdir. Bu sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni bo’zadi va nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki vazifa: o’z mahsulotiga ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi-monopolistik baholar belgilanishining mexanizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi o’rnatgan shu bahoda haridorning mahsulotni sotib olish va monopol foyda tabiati o’rnatiladi. Ammo Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha nomukammal raqobat tufayli, avvalo raqobatli xo’jalik tizimi normal muvozanat holatining bo’tunlay bo’zulishi va yo’nalishi, xatto yollanma mehnatning «ekspluatatsiya» sidir. Chemberlin esa bu masalani bozorning tabiiy muvozanati bilan chambarchas bog’liqdir deb qaragan. Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, uni bozor sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi omil sifatida qaraydi. Asardagi asosiy g’oyalar quyidagilardan iborat: Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga nisbatan mukammal (sof) raqobat sharoitda ishlab chiqarishni monpollashtirishdan kamroq manfaatdor bo’ladilar. Chunki nomukammal raqobat sharoitida ayrim firmalar optimal kursatgichlarga erisha olmaydilar, samarasiz (kam samara bilan) faoliyat kursatadilar, shu sababli monopolist mahsulot chiqarishni cheklash bilan o’z mahsuloti narxini oshirish imkoniyatigagina ega bo’lmasdan, balki sohadagi ishlab chiqarishni tashqil etishni mukammallashtirish yo’li bilan ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishi mumkin. Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi shunga o’xshash boshqa maxsulotdan sezilarli ajralib turishini talab etadi yoki boshqacha aytganda, differentsiatsiya ro’y beradi; boshqa qo’shimcha sharoit ham zarur unga ko’ra firma -monopolist optimal hajmdan ortiqroq bo’lgan kursatgichlar bilan harakterlanishi kerak. Nomukammal raqobatli monopolistik bozorda aniqlashni talab etuvchi bir qancha sharoitlar yuzaga keladi. Agar bozor bir-biri bilan raqobat qiluvchi cheksiz ko’p haridolardan emas, balki ayrim yakkayuyagona haridorlar birlashmasidan iborat bo’lgan holatda sotib olinadigan mahsulot qancha bo’lishi mumkindir. Bu sharoit talab kontsentratsiyasi bo’lib bozorda ko’p sonli mayda sotuvchilar va yakkayu-yagona haridor faoliyat kursatadi. Bu xolatni monopsoniya, ya’ni haridor monopoliyasi deyiladi Yuqorida barcha g’oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendentsiyasi paydo bo’lishiga yordam beradi.bu xolat avval o’zaro raqobatlashgan ko’pgina firmalarni yutib yurovuchi yirik birlashmanig paydo bo’lishi bilan yanada kuchayadi. Boshqaruv birligi hajmi (kursatkichi) ning yiriklashuvi(yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikni yanada kuchayishini zaruriy ravishda keltirib chiqaradi. Bu ancha inqilobiy g’oya bo’lib, Chemberlinning monopoliya istiqboli to’g’risidagi optimistik fikricha qarshidir. Ishlab chiqarishning monopolizatsiyasi muammosi bilan «samaradorlik yoki adolat» degan dilemmani (ya’ni unisi yoki bunisi) yechish zarurati ilgari suriladi. Monopolizatsiyaga u ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, deb ustunvorlik berish yetarli emas, ya’ni adolat masalasi ham qo’yilishi kerak. Iqtisodiyot tarixida «samaradorlik» va «adolat» ni qandaydir yo’l bilan ajratishga intilish katta xomxayollikdir. Robinson o’zining tadqiqotlari natijasida hayotiy chora-tadbirlarni ham ishlab chiqsa bo’lar edi masalan, nomukammal raqobat tufayli aniqlangan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nimalardan iborat bo’lmog’i kerak edi. odiyotga aralashuvi nimalardan iborat bo’lmog’i kerak edi. Bunday savolga javobni uch yil o’tgach boshqa Kembrij maktabi vaqili J.M.Keyns berdi. Ta’sirchan va rag’batlantiruvchi, erkin iqtisodiy raqobatni rivojlantirish evaziga ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar ustidan xaridorlarning hukmronligi o’rnatilib, bu bozor munosabatlarining mohiyatini belgilovchi sharoit hisoblanadi. 13 Raqobatning faqat erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida to’laqonli amal qilishi hamda o’z mohiyatini to’liq namoyon eta olishini quyidagi jadval orqali ko’zatish mumkin Download 57.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling