1. raqobatning iqtisodiy mazmuni va shakllanishining asosiy tamoyillari
SWOT analiz 1-bosqichi vazifalari quyidagilardan iborat
Download 57.47 Kb.
|
Kurs ishi Sharofat
SWOT analiz 1-bosqichi vazifalari quyidagilardan iborat:
Tovarlar patentbardoshligi; Tovarlar narxi; Texnologiyaning progressivligi; Kadrlar malakasi; Resurslar narxi; Asosiy fondlar yoshi (yangi, esqiligi); Firmaning geografik joylashuvi; Infrastruktura; Marketing va menejment tizimi; Tizimga kirish va chikishda raqobat kuchi darajasi kabilar o’rganiladi. SWOT analiz 2-bosqichi vazifalari quyidagilardan iborat: •Firmaning kuchsiz tomonlari o’rganiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning raqobatbardoshligi barcha bozorlar bo’yicha o’rganiladi. Konkret tovarlar raqobatbardoshligining kompleks kursatkichlari, foydali effekt (integral sifat kursatkichi), jami xarajatlar, tovardan foydalanish shartlari, firmaning raqobat ustunligi bo’yicha 1 bosqichdagi kursatkichlar zaifligi aniqlanadi. •3-bosqich. Firmaga strategik va taktik tahdidilarni prognozlash va o’z vaqtida xarajatlarni kamaytirish maqsadida firmaning makro muhit omillari o’rganiladi. (siyosiy, iqtisodiy, texnologik, bozor va boshqalar). •4-bosqich. Firmaning tahdidni bartaraf etish, kuchlarni o’sishi va zaiflikni pasaytirish uchun zarur bo’lgan strategik va taktik imkoniyatlari (kapital aktiv va boshqalar) o’rganiladi. •5-bosqich. Firma strategiyasining aloxida bo’limlari proektini shakllantirish maqsadida kuchlar va imkoniyatlar muvofiqlashtiriladi. Ta’minotchilar tovarning bozordagi raqobatbardoshligiga xom ashyo yetkazib beruvchi sifatida ta’sir kursatadi. Xom ashyo narxlarining ko’tarilishi ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishiga va shu asosda tayyor mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi. Agar tovarlarning chakana narxlarini ko’tarish imkoni bo’lmasa, xom ashyo narxlarining ko’tarilishi hisobidan tarmoqda tovar va xizmatlarni sotishdan keladigan foyda xajmi kamayib ketadi. Rivojlangan G’arb mamlakatlarida, xususan, Jahon iqtisodiy forumida muntazam markaziy o’rin egallaydigan Raqobat ustunligi nazariyasi bugungi kunda O’zbekiston misolida qayta-qayta o’z tasdig’ini topmoqda. Raqobat ustunligi nazariyasiga ko’ra (M.Porter, Dj.Saks, P.Krugman) xalqaro bozorda kompaniyaning raqobatbardoshligi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan ustunroq ta’minlanganligi emas, balki ushbu kompaniya uchun davlat qanday iqtisodiy institutlar va mexanizmlar orqali imkoniyat yaratayotganligi bilan baholanadi. Korxona (firmaning) ma’lum bir davr mobaynida strategik holatini baxolash quyidagi kursatkichlarga asoslanadi: 1. Korxona (firmaning) nisbiy o’lchami; 2. Korxona (firmaning) o’sishi; 3. Bozordagi tovar va xizmatlarni sotishdagi ulushi; 4. Bozordagi pozitsiyai; 5. Korxona (firmaning) solishtirma rentabelligi; 6. Sof daromadi; 7. Korxona (firmaning) texnologik holat; 8. Tashqi ko’rinishi; 9. Rahbariyat va peronal (kadrlar). Differentsiatsiya kuchayib borgan sari har bir sotuvchi absolyut (mo’tloq) monopoliyaga ega bo’ladi, ammo shu bilan birga, o’rnini bosa oladigan boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchining nomukammal raqobatiga uchraydi. Shundan kelib chiqib, barcha sotuvchilar «raqobatchi monopolistlar» bo’lib, «monopolistik raqobat» kuchlari ta’siri sharoitida ish yuritadilar. Sotuvchi-monopolist qo’shimcha harajatlar qilish yo’li bilan sotilayotgan mahsulot hajmini oshirishi (bunda tovar bahosi pasayishi) mumkin. Boshqa xuddi shunday tovar sotuvchilar esa buni darhol amalga oshira olmaydi deb raqobatdosh tovar markasi bahosini pasaytirish yoki yangisini i.ch. davomida, xuddi shunday choralar boshqa raqobatchi tomonidan qo’llanilishi mumkinligidan behavotir bo’ladi. Raqobatning baholanmaydigan omillari qatoriga tovarlar sifati va reklama kiradi va ular individual yoki alohida xususiyatlarga egadir. Differentsiatsiya mahsulotning o’z ma’lum xususiyatlari asosida shakllanishi, masalan, alohida xususiyatlar - firma markasi, firma nomi, qadoqlash yoki tara (agar ular bo’lsa) bo’yicha yoki sifat, shakl, rang, stil asosida individual xususiyatlari bilan belgilanadi. Differentsiatsiyalashgan mahsulot baho muammosi raqobatli talab va harajat egri chiziqlari doirasiga kiritilishi mumkin emas, bu avvaldan xulosalardagi xatolarga olib keladi; baho haddan tashqari past, ishlab chiqarish masshtabi - juda katta, korxonalar soni - juda kichik bo’lib chiqadi. Bundan tashqari raqobatning yana ikkita jihati: differentsiatsiya va sotish harajatlari butunlay tushib qoladi. Shu sababli baholarni to’la bilmaslik mahsulotga talab elastikligi (qayshiqoqlik)ni pasaytiradi, bu esa reklama talabning elastikligini oshirishi, baholar raqobatini esa ancha keng qilishiga o’xshaydi va baholar yordamida talab etiladigan qo’shimcha harajatlarni qoplaydi. Raqobat kurashi evolyutsiyasi tovar sifatini oshiradi (buni patent, mualliflik huquqlari, firma himoya belgilari, firma alohida qadoqlash usuli, mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida, firmaning qulay joylashuvi). Reklama esa, erkin raqobat sharoitidan farqli ravishda, bozorlar qo’shilib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Baholanmagan raqobat omillari firmani haridorlar talabini qondirish uchun yangi imkoniyatlar qidirishga undaydi, ularga «havasning pullik qoidalari» ni singdirib boradi Ishlab chiqarish va sotish harajatlari kontseptsiyasida harajatlar fabrika doirasida tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan sarflardangina (birinchi) emas deb qaraladi. Transport (tashish), sartirovka (ajratish), saqlash, uylarga yetkazish harajatlari (ikkinchi) mavjud bo’lib, ular talablarni qondirish uchun yanada yaxshi qulayliklar yaratadi. Ikki xil ko’rinishdagi harajat o’rtasida chegara o’tkazish (ishlab chiqarish harajatlari, sotish harajatlari) taklif va talab o’rtasidagi farq kabi qiymat nazariyasida fundamental ahamiyat kasb etadi. Sotish harajatlari Mazkur maxsulotga talabni oshiradi, ishlab chiqarish harajatlari uning taklifini oshiradi. Raqobatning baholanmaydigan omillari qatoriga tovarlar sifati va reklama kiradi va ular individual yoki alohida xususiyatlarga egadir. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o'z-o'zidan. evolyutsion yo'l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltiribchiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta'kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida. o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash. raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash. iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqaliularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganidek. bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda. Bu borada ham juda ko'p yechilmagan muammolar bor. Ya'ni eski ma'muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta'minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to'laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo'lidagi mavjud g'ovto'siqlarni bartaraf etishimiz zarur». Bugungi kunda O'zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo'lib, ular ko'pincha tarmoq vazirliklari mavqye va vazifalariga ega bo'ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit hamda fond ko'rinishida taqsimлaшнинг eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma'muriy to'siqlar monopolistik tendensiyalarga ko'proq imkon yaratadi.Shunga ko'ra, O'zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon boʻlishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o'z ustunlik mavqyelarini suiiste'mol qilish imko niyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishinita'minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas."O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xoʻjaлик subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. O'zbekistonda «Monopol faoliyatni Shu maqsadda O'zbekistonda cheklash to'g'risida»gi qonun (1992 yil. avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko'ra, bozorda ataylab taqchillik keltirib chiqarish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to'sqinlik qilish, raqobatning g'irrom usullarini qo'llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to'lashlari, g'irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli oʻzgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g'irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to'xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan. Shuningdek, qonunda asosan, ikki muhim yo'nalish, ya'ni birinchidan, monopoliyaga qarshi tartibga solishning prinsipial yangi ko'rinishi bo'lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqyeini suiiste'mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko'zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo'lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog'lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo'yilgan. Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko'zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O'zbekiston va boshqa o'tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo'lgan. monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o'rnatilgan. Quyidagi xatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi: -xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiiste'mol qilinishi (5-modda); -xo'jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o'zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda); -davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo'naltirilgan xatti-harakatlari (7modda); -insofsiz raqobat (8-modda). Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O'zbekistonda monopoliyaga qarshi organ -Moliya vazirligining Monopoliyagaqarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro'yxatga kiritilgan monopoliya mavqyeidagi korxonalar mahsuloti bo'yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida»gi Farmoniga asosan, Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo'mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo'mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan, u, monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash aylantirildi. 10 davlat qo'mitasiga belgilashda jahon tajribasi hamda o'tish davrining o'ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 foizidan ortiq bo'lsa, bu korxona bo'lsa, monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan. Respublikada monopoliyalar ro'yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqyeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko'rsatish lozim: 1. Monopol mavqyeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo'yish. 2. O'z monopol mavqyeini suiiste'mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo'lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo'jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to'g'risidagi» Nizom asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»> (1996 yil, aprel) Qonuni asosida g'irrom raqobatga, shu jumladan, respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo'l qo'ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e'tibor beriladi. Tabiiy monopoliyalarni davlat yo'li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko'rsatkichlarni belgilashni o'z ichiga oladi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri biri -bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqyeini suiiste'mol qilishning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik bo'yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda monopolist-korxonalarda Davlat reyestri yuritiladi. Ushbu reyestrlarga ma'lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo'lgan korxonalar kiritiladi. Reyestrga olingan xo'jalik yurituvchi subyektlar o'z mahsulotlarining narx (tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o'tkazishlari shart. Keyingi yillarda Davlat reyestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kиpиб kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog'ining oshishi va boshqa omillar ta'sirida koʻpgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reyestridan chiqarilmoqda. Agar 1999 yilning 1 oktyabr holatiga reyestrda 716 xo'jalik yurituvchi subyekt 1924 turdagi mahsulot, ish, xizmat bo'yicha ro'yxatga olingan bo'lsa, 2003 yilning 1 yanvar holatiga 386 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari bo'yicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1yanvariga kelib monopolist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, monopol mahsulotlar soni esa, 17 barobarga qisqardi. Respublikada faqat 2003-2004 yillar davomida monopol mavqyeidagi 1418 ta aksionerlik jamiyatlari aksiyalari paketi, 494 ta mas'uliyati cheklangan jamiyatlaring nizom jamg'armasi davlat ulushi, 1657 ta korxona va obyektlar to'liq mulk majmualari sotildi va mustaqil korxonalarga aylantirildi.!! Natijada, sobiq tarmoq vazirliklari negizida tuzilgan республика xo'jalik birlashmalari («O'zgo'shtsutsanoat», «Oziq-ovqatsanoat», «O'zeltexsanoat»> uyushmalari va boshqalar) nizom jamg'armasi davlat ulushi bo'lgan korxonalar deyarli qolmadi, boshqalarida esa, («O'zbekyengilsanoat» DAK, «O'zdonmahsulot» AK va boshqalar) bunday korxonalar soni keskin qisqardi. Tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o'rnida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu o'z navbatida raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi. Raqobataning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo qiladi.Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin.Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o'z-o'zidan, evolyutsion yo'l bilan vujudga kelgan.Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi.Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQShda davlatning xususiy monopoliyalar faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda trestlarga qarshi qabul qilingan qonunda («Sherman qonuni») o'z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohoglarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi. Xususiylashgirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi Davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu srda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik taxlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik subyektlariniggg mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Prezidentimiz I. Karimovning ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida ma'ruzasida ta'kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish - bu xo'jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi iqtisodiy mustaqilligani oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi mavjud to'siqlarni bartaraf etishni anglatadi.Shuningdek Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasida bo'lib o'tgan Majlislarda so'zlagan nutqida (2000 yil, fevralida) biznesni erkinlashtirish, ularga iqtisodiy mustaqillik berishning aniq yo'nalishlari ko'rsatiladi. Shu maqsadda O'zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi.Mazkur qonunga ko'ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borshiiga to'sqinlik qilish, raqobatning g'irrom usullarini qo'llasht man etiladi.Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to'lashlari, g'irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga ro'yxatga kiritilgan monopoliya mavqyeidagi korxonalar mahsuloti bo'yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yil 1 iyul holati bo'yicha respublika va mahalliy bozorlar Davlat reyestrida 5153 ta mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar turi bo'yicha jami 878 korxona hisobga odashgan. Respublikada monopol mavqyeiga ega bo'lgan korxonalarni Davlat reyestriga kirishi uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o'tish davrining o'ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35%idan ortiq bo'lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi.Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan. Respublikada monopoliyalar ro'yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqyeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko'rsatish lozim: Monopol mavqyeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillikning chegarasini belgilab qo'yish. O'z monopol mavqyeini suiiste'mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo'lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo'jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to'g'risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqyeidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi. O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g'irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo'l qo'ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e'tibor beriladi. Tabiiy monopoliyalarni davlat yo'li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat) lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko'rsatkichlarni belgilashni o'z ichiga oladi. Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo'lmagan sektorni qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko'plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda.Jumladan YUNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar tashkil etildi. Yevropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy ko'maklashuv jamiyati kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash markazini tashkil etdi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirish amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o'zlarining namoyon bo'lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni rag'batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, lekin doim bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo'lmaydigan ikki xususiyatga, ya'ni ma'lum bir naflilikka (iste'mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o'quvchiga oldingi mavzulardan ma'lumdir. U yerda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini aytib o'tgan edi. Baholar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning birligini, bunda iste'mol qiymat (naflilik) qiymatni o'zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to'g'ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta'rif berilmoqda. Buning ustiga narxning darajasiga (uning baland yoki past bo'lishiga), uning o'zgarishiga turli xil omillar ta'sir qiladiki, bu ham masalani to'g'ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. Masalan, klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g'oyalarida hamda siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo'lsa, marjinalizm yo'nalishidagi va hozirgi davrdagi P. Samuelson, Makkonell va S. Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida tovar narxining asosini uning nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda keyingi qo'shilgan tovar nafligiga alohida e'tibor beriladi. Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o'zlaricha turli isbotlar topib, o'z g'oyalarini isbotlashga harakat qiladilar. Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo'lib, ulardan ayrimlari doimiy mehnat sarfi sifatida to'la tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o'zi deb qarash noto'g'ridir.Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta'sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo'lishi mumkin. Jumladan, o'zgarib turuvchi talab va taklif ta'siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta'sir ko'rsatadi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste'mol xususiyatlari o'zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya'ni uning nafliligini ham hisobga oladi. Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy iste'mol qiymat» tushunchasining o'zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini ko'rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o'zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasiping bir vaqtda mavjudligini va ularning ma'lum miqdorini pul ko'rinishda ifoda etadi. Tovardagi ikki xususiyati birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo'lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste'mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o'z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma'lum darajada, iloji boricha ko'proq foyda olishni ta'minlashi mumkin bo'lgan darajada qiymatni pul shaklida o'zgartirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga ko'proq naflikka (iste'mol qiymatiga) ega bo'lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to'g'ri kelgan nuqtada, darajada narx o'rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo'ladi. Bu chizmadan tovarning narxi ma'lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular bilan chambarchas bog'liqlikda o'zgarishini ko'rish mumkin. Unda tashqari, hozirgacha real hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o'zgarishini bir ko'rsatkichga keltirib hisoblashning pul ko'rinishidan boshqa o'lchami iqtisodiy fanlarda topilgan emas. Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx — real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliliginipg puldagi ifodasidir. Bu yerda shuni yana bir bor ta'kidlash joizki, narhi alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning psixslogik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balk jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiya uchun zarur bo'lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste'mol qiymat) o'z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o'sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko'rsatkichlarining o'sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi. Masalan, mashinalarda ot kuchining oshishi, salonlarida, boshqaruv va tezligida bo'lgan o'zgarishlar uning narxining oshishiga sabab bo'ladi. Chunki shu o'zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan harajatlar ham oshgan bo'ladi. Bunday ikki tomonlama o'zgarishlar natijasida narxlarning o'zgarishi xamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o'zgarishi natijasida o'zgaradi. Uning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat o'zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi. Narxning mazmunini to'laroq tushunish, uning darajasiga ta'sir etuvchi omillarni bilish muxim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari: Qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati, davlatning iqtisodiy siyosati va h. k. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo'lib xizmat qiladi. Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo'ladi. Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan baland bo'lsa, ijtimoiy qiymat o'zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan oshiq bo'ladi, yoki aksiicha taklif talabga nisbatan ko'proq bo'lsa, ijtimoiy qiymat o'zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo'ladi. Narx darajasiga boshqa omillarning ta'siriga alohida to'xtalmasa ham bo'ladi.Chunki soliq miqdori qancha ko'p bo'lsa, narx darajasi shuncha yuqori bo'lishi hammaga ayondir. Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko'rib chiqilganda yanada yaqqol namoyon bo'ladi. Narx turlari. O'zbekistonda narx siyosati Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tug'diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi.Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz. Ulgurji narxlar.Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo'la ko'tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar ishlab chiqaruvchilar va ta'minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma'lum miqdorda foyda ko'rishini ta'minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar birjalari va savdo uylarida ham qo'llaniladi. Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgai shartnomada qayd qilingan narxlardir. Shartnoma narxlar odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o'zgarmaydi. Mazkur narxlar ham milliy va ham xalqaro bozorda qo'llaniladi. U xalqaro bozorda qo'llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi. Chakana narxlar.Bu narxlarda tovarlar bevosita iste'molchilarga sotiladi. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo'lgan talab va taklifni bog'lovchi rolini o'ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo'lishi mumkin. Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangan narxlarda davlat narxlarning yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o'zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx - bu davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgai narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne'matlar bilan eng kam darajada ta'minlab turshida foydalaniladi. Demning narx. Bozorda o'z mavqyeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demning narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demning narxda rasmiy narxniig bir qismidan kechib yuboriladi. Sotish hajmini o'zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar nufuzli narxdan foydalanadi.Bu narxni qo'llash uchun bozorda raqobat cheklangan bo'lib, monopol vaziyat mavjud bo'lishi zarur.Mazkur vaziyatda talab narxga bog'liq bo'lmaydi, shu sababli narxning ko'tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo'lish, mashhur kurortlarda dam olish, oxirgi nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish martabali yoki obro'talab iste'mol hisoblanadi.Martabali iste'mol nufuzli narxlarni yuzaga chiqaradi.Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori bo'ladi. Nufuzli narxlarni qo'llashda tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordaga talab, uning o'zgarishi va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma'lum davrgacha o'zgarmaydigan qat'iy (standart) narxlar va o'zgaruvchan narxlar qo'llaniladi. Shunday tovarlar borki iste'molchilar ularning narxi o'zgarmasligini afzal ko'radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati ta'riflari shunday narxlar jumlasiga kiradi. Erkin bozor narxlari — bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar jamiyat va bozor munosabatlari barcha subyektlari manfaatlarini eig maqbul tarzda uyg'unlashtirishga imkon beradi. Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko'p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. Narxlarni erkinlashirish iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko'p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog'liq bo'ladi. O'zbekistonda respublika iqtisodiyotini isloh qilishiing o'ziga xos prinsiplari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo'li tanlab olindi. Shu yo'l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo'lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste'moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkii narxlari va tariflariga o'tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo'yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi. Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to'xtatildi. Qat'iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi. Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil, oktabr, noyabr) xalq iste'mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo'yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to'liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg'armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko'rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. XULOSA
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini maksimal darajada bartaraf etish; b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.30[30] Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: O`zbekiston Respublikasining qonuni. O`zbekiston Respublikasida «Monopol faoliyatini cheklash to`g`risida». O`zbekistonning yangi qonunlari.T. «Adolat» 1995 y. I.A.Karimov.O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T. «O`zbekiston» 1995 y. 88-96 betlar. I.A.Karimov O`zbekiston XX1 asrga intilmoqda. T. «O`zbekiston» 1999 y. 17 bet. K.Makkonell, S.Bryu Ekonomiks. M. «Respublika» 1992 g. Gl: Str 61-75 . V.D.Kamaev. Ekonomicheskaya teoriya. (Uchebnik dlya VUZov) M. «Vlados» 1998 g. Str. 55-59, 91-104. A.O`lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T. «Mehnat» 1997 y. VI-bob. N.Beknozov, Yu.Yo`ldoshev va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti nazariyasi.T. «Universitet» 1993 y. 36-42 betlar. Sh.Shodmonov. T.Jo`raev. Iqtisodiyot nazariyasi. T.2000 y. 105-120 betlar. Майкл Портер. Международная конкуренция. Конкурентные преимущества стран. Издательство-Альпина Паблишер, 2017 г. 947 с. Michael E. Porter. Competitive strategy: Techniques Analyzing Industries and Competitors. The free press. New York London Toronto Sydney Singapore. 2017 y. 840 p. Чиркунов Олег Анатольевич Государство и конкуренция; Новое литературное обозрение (НЛО) - М., 2016. - 277 c. Кулешова А. Б. Конкуренция в вопросах и ответах; ТК Велби, Проспект - М., 2016. - 256 c. Овчинников, В. В. Глобальная конкуренция. М.: Институт экономических стратегий, 2016. - 360 c. www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi sayti. www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi sayti. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi sayti. www.webofscience.com – Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi. Download 57.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling