1. Rasmda jism harakat grafigi berilgan. Grafikdan foydalanib uning s da bosib o`tgan yo`lini toping(m)


Download 380.59 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi380.59 Kb.
#1264760

_ _______________________________________________________

Fizika
31. Rasmda jism harakat grafigi berilgan. Grafikdan foydalanib uning 4 s da bosib o`tgan yo`lini toping(m)?

A) 10 B) 11 C) 15 D) 5
32. 30 kg massali jismni radiusi 15 cm bo`lgan chig`iriq yordamida ko`tarish uchun 75 N kuch kerak bo`lsa, chig`iriq dastasining uzunligi necha cm ga teng ?

A) 45 B) 60 C) 80 D) 90
33. Rasmda ikkita matematik mayatnikning garmonik tebranish grafiklari berilgan. Grafikdan foydalangan holda mayatniklar amplitudalari nisbatini toping?

A) 2 B) 0,5 C) 1 D) 0,25
34. Bir idishda 1 mol vodorod va 4 mol azot gazlari bor. Aralashmaning izobarik jarayon uchun molyar issiqlik sig`imi (J/K·mol) qanchaga teng?
A) 10 B) 13 C) 29 D) 40
35. Quyoshdan keladigan nurlar yo`liga botiq ko`zgu joylashtirilgan. Ko`zguning egrilik radiusi 10 sm bo`lsa quyosh nurlari ko`zgu qutbidan qanday masofada yig`iladi(sm)?
A) 10 B) 5 C) 20 D) 2,5
36. Tok manbaining FIK necha % bo‘lganda tashqi zanjirdagi quvvat maksimal darajada bo‘ladi?
A) 50 B) 75 C) 25 D) 100
37. Ideal voltmetrning ichki qarshiligi ..............bo‘ladi.
A) nolga teng B) cheksiz katta
C)kuchlanishga bog‘liq D) tok kuchiga bog‘liq bo‘ladi
38. Ideal gazning o‘zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig‘imi 3R ga teng bo‘lsa, ushbu gazning o‘zgarmas bosimdagi molyar issiqlik sig‘imi qanday bo‘ladi? R-universal gaz doimiysi.
A) 3R B) 3,5R C) 4R D) 2,5R
39. Suvning issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti qanday temperature intervalida manfiy hisoblanadi?
A) 1 – 4 0C B) 4 – 10 0C
C) 4 – 20 0C D) 0 − 100 0C
40. Massasi 0,2 kg bo`lgan jism vertikal yuqoriga otildi. Rasmda jism potensial energiyasining vaqtga bog`lanish grafigi berilgan.Grafikdan foydalanib u qanday tezlik bilan yuqoriga otilganini aniqlang(m/s)?

A) 10 B) 5 C) 20 D) 40
41. 10 m/s tezlikda m1=4 kg massali tosh harakatlanib kelib, tinch turgan m2=8 kg massali qumli aravachaga tushgan bo`lsa, ular birgalikda qanday tezlik bilan harakat qiladilar (m/s)? α=600

A) 1,67 B) 2 C) 4 D) 3,3
42. Yer atrofida harakatlanayotgan oyning markazga intilma tezlanishini aniqlang (m/s2) Oy va yer orasidagi masofa 60 yer radiusiga teng.
A) 1/360 B) 1/3600 C) 1/300 D) 10
43. Modda miqdori 6 mol bo`lgan bir atomli ideal gazga 30 kJ issiqlik miqdori berilganda u 1-holatdan , 2-holatga o`tdi. Bu jarayonda gaz ichki energiyasi o`zgarishini aniqlang (kJ)?

A) 60 B) 30 C) 100 D) 12
44. 18 g suvdagi (H2O) molekulalar soniga ..... deb ataladi.
A) atom massa B) Loshmid soni
C) molyar massa D) Avogadro soni
45. A nuqtada turgan m=100 g massali jism tinch holatdan rasmda ko`rsatilgan trayektoriya bo`yicha harakat boshlaydi. Jism B nuqtadan gorizontga α=150 burchak ostida uziladi va D nuqtaga borib tushadi. Agar H=6 m , BD=4 m bo`lsa, jism B nuqtaga kelguncha ishqalanish kuchlari qancha ish bajaradi (J)?

A) 2 B) 4 C) 3 D) 1
46. Tinch turgan bobma m1=8m va m2=m massali ikki bo`lakka bo`lindi. Bo`laklarning kinetik energiyalari nisbatini aniqlang?
A) 8 B) 4 C) 1/4 D) 1/8
47. Zanjirda tasvirlangan ampermetr ko`rsatishini aniqlang(A)?

A) 1 B) 4 C) 6 D) 2
48. Tokli o`tkazgich atrofida harakat qilayotgan protonga ta`sir etuvchi kuch yo`nalishini aniqlang?

A) B) C) D)
49. Nuqtaviy yorug`lik manbaidan 6,28 sr fazoviy
burchakda yorug`lik tarqalmoqda. Agar yorug`lik
oqimi 12,56 lm bo`lsa, yorug`lik kuchini toping (cd)?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
50. O‘ramlar soni 600, uzunligi 1 m bo‘lgan solenoiddan 2 A tok o‘tmoqda.Uning ichidagi magnit maydonkuchlanganligi necha A/m ga teng?
A) 1200 B) 100 C) 500 D) 200
51. Yig`uvchi linza optik o`qiga burchak ostida tushgan parallel nurlar dastasi qaysi nuqtaga yig`iladi?
A) fokal tekislikning ma'lum bir nuqtasiga
B) fokus nuqtaga C) ikkilamchi fokus nuqtaga
D) linza optik markaziga
52. Vakuumda elektr tokini tashuvchi zarralarni ko‘rsating.
A) musbat va manfiy ionlar
B) elektronlar va kovaklar
C) musbat va manfiy ionlar hamda elektronlar.
D) elektronlar
53. Erituvchiga tashlangan moddadagi umumiy molekulalar soni 1010 ta . Ionlarga ajralgan molekulalar soni esa 109 ta , modda uchun dissotsatsiyalanish darajasini toping?
A) 10 B) 0,1 C) 0,5 D) 1
54. Gorizontga nisbatan 450 burchak ostida 10 m/s tezlik bilan otilgan jism 8 m naridagi vertikal devorga mutloq elastik urilib qaytdi va yerga tushdi. Jism devordan qanday masofada yerga tushadi (m)?
A) 6 B) 4 C) 8 D) 2
55. Rasmda radioaktiv moddadan uchib chiqayotgan zarralar trayektoriyasi tasvirlangan. Har bir yo`nalishdagi noma`lum zarralarni aniqlang.

A) 1-alfa , 2-gamma , 3- betta
B) 1-betta , 2- gamma , 3- alfa
C) 1-gamma , 2- alfa , 3- betta
D) 1-betta , 2- alfa , 3- gamma
56. Bir uchi yopiq gorizontal holatda turgan nayda = 30 cm uzunlikda havo bor, nayning ikkinchi uchi uzunlikdagi simob bilan berkitilgan. Nay vertikal holatga keltirilganda (rasmga q.) havo qatlamini uzunligi =25 sm ga teng bo`lsa, naydagi simobning uzunligini aniqlang (mm)? Pat=760 mm.Hg .

A) 300 B) 106 C) 152 D) 76
57. izotopi yadrosining tarkibi qanday?
A) 11 ta proton, 23 ta neytron
B) 23 ta proton, 11 ta neytron
C) 11 ta proton, 12 ta neytron
D) 12 ta proton, 11 ta neytron
58. Yorug`lik to`lqin uzunligi 500 nm bo`lsa, fotonning impulsi (kg∙m/s) nimaga teng?
A) 1,5∙10-27 B) 1,3∙10-27
C) 1,4∙10-27 D) 1,6∙10-27
59. Tritiy yadrosi β parchalanishi natijasida qanday
yadro hosil bo`ladi?
A) B) C) D)
60. reaksiyadagi noma`lum zarrani aniqlang.
A) elektron B) proton
C) alfa zarra D) neytron

Download 380.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling