1. Rasmda ko‘rsatilgan nuqtalardan qaysi biri linzaning fokusi, qaysi biri optik markazidir?


Download 0.54 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1416355
Bog'liq
yupqa linza formulasi (9-sinf masalalar)


1 . Rasmda ko‘rsatilgan nuqtalardan qaysi biri linzaning fokusi, qaysi biri optik markazidir?
2 . Rasmda yorug‘lik nurlarining linzadan o‘tishi tasvirlangan. OO-linzaning bosh optik o‘qi. Rasmda belgilangan nuqtalardan qaysi biri linzaning fokusini ko‘rsatadi?
3. Parallel nurlar dastasi fokus masofalari F1 va F2 bo‘lgan ikki yig‘uvchi linzadan o‘tib yana parallel ravishda tarqalishi uchun linzalarni qanday joylashtirish lozim?
4 . Rasmda linza, buyum, linzaning bosh optik o‘qi va fokuslari tasvirlangan. Shu vaziyatdagi buyumning tasviri qanday bo‘ladi?
A) shu holatda tasvir hosil bo‘lmaydi
B) haqiqiy, kichiklashgan va teskari
C) haqiqiy, kattalashgan va to‘g‘ri
D) mavhum, kichiklashgan va teskari
E) mavhum, kattalashgan va to‘g‘ri
5. Yig‘uvchi linza yordamida mavhum tasvir hosil qilish uchun buyum ... joylashgan bo‘lishi kerak. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘risini tanlab qo‘ying.
A) linza fokusida B) linza va fokus orasida
C) linza va ikkilangan fokus orasida D) ikkilangan fokusdan keyin
6. Buyum yig‘uvchi linzadan qanday masofada joylashganda tasvir kattalashgan, mavhum, to‘g‘ri bo‘ladi?
A) d=F B) dF D) d>2F E) d=2F
7. Fokus masofasi 36 cm bo‘lgan linzadan 18 cm uzoqlikda joylashgan buyumning kattalashgan mavhum tasviri linzadan necha cm masofada hosil bo‘ladi?
8 . Fokus masofasi 1 m bo‘lgan yig‘uvchi linzadan necha metr masofaga buyumni joylashtirsak, uning mavhum tasviri linzadan 3 m masofada hosil bo‘ladi?
9. AB buyumning linzadagi tasviri qaysi sohada hosil bo‘ladi?
A) 5. B) 4. C) 3. D) 2. E) 1.
1 0. AB buyumning yig‘uvchi linzadagi tasviri qanday bo‘ladi?
A) mavhum, to‘g‘ri, kichraygan
B) mavhum, to‘g‘ri, kattalashgan
C) haqiqiy, to g‘ri, kichraygan
D) haqiqiy, teskari, kattalashgan
E) mavhum, teskari, kattalashgan
1 1. Rasmda -linzaning bosh optik o‘qi, S - buyum, S'- uning haqiqiy tasviri. Bu qanday linza va u nimaga yaqinroq joylashgan: buyumgami yoki uning tasvirigami?
A) sochuvchi, S' ga B) sochuvchi, S ga C) yig‘uvchi, S' ga
D) yig‘uvchi, S ga E) yig‘uvchi, S va S' dan bir xil masofada
12. Buyum yupqa yig‘uvchi linzadan FA) mavhum va kichiklashgan, to‘g‘ri.
B) mavhum va kattalashgan, to‘g‘ri.
C) mavhum va kichiklashgan, teskari.
D) haqiqiy va kichiklashgan, teskari.
E) haqiqiy va kattalashgan, teskari.
13. Buyumni linzadan 25 cm masofaga qo‘ysak, uning haqiqiy tasviri linzadan 50 cm narida hosil bo‘ladi. Buyum shu linzadan 0,2 m masofaga qo‘yilsa, tasvir linzadan necha cm masofada hosil bo‘ladi?
A) 40. B) 20. C) 25. D) 100. E) 35.
14. Buyum fokus masofasi 12 cm bo‘lgan linza­dan 16 cm uzoqlikda qo‘yildi. Linzaning kattalash­tirishi qanday? A) 6. B) 5. C) 4. D) 3. E) 2.
15. Yig‘uvchi linzaning fokus masofasi F ga teng. Linzaning kattalashtirishi 2 ga teng bo‘lishi uchun buyum undan qanday masofada qo‘yilishi kerak?
A) 1,5F B) F C) 2F D) 3F E) 4F
16. Buyum fokus masofasi 50 cm bo‘lgan yig‘uv­chi linzadan necha cm masofaga joylashtirilganda, 4 marta kattalashgan tasvir hosil qilish mumkin?
A) 25 B) 31,2 C) 50 D) 62,5 E) 75
17. Fokus masofasi 0,5 m ga teng bo‘lgan linza yordamida 5 marta kattalashtirilgan haqiqiy tasvir hosil qilish uchun buyumni linzadan necha metr masofaga qo‘yish kerak?
A) 0,4 B) 0,6 C) 1 D) 1,24 E) 1,6
18. Buyum bilan uning yig‘uvchi linzadagi haqi­qiy tasviri orasidagi masofa 2,5 m. Linzadan tasvir­gacha bo‘lgan masofa esa 2 m bo‘lsa, linzaning kattalashtirish koeffitsienti qanday?
A) 0,8 B) 1,25 C) 5 D) 4 E) 10
19. Jism yig‘uvchi linzadan ikkilangan fokus masofadan ortiqroq masofada joylashgan. Uning linzadagi tasviri qanday bo‘ladi?
20. Linza yordamida buyumning kichiklashgan va teskari tasviri hosil qilindi. Bu qanday linza va buyum qaerda joylashgan?
21. Yig‘uvchi linzadan buyumgacha qanday masofada tasvir haqiqiy, to‘nkarilgan va kichiklash­gan bo‘ladi? A) d=2F B) d=F C) d>2F D) d<2F E) d22. Buyum bilan yig‘uvchi linza oralig‘i 3F. Linzaning fokus masofasi F bo‘lsa, tasvirning o‘lchami buyum o‘lchamidan necha marta katta bo ladi?
A) 3 B) 2 C) 1 D) 0,5 E) 0,25
23. Buyum yig‘uvchi linzadan d=nF masofada joylashtirilgan bo‘lsa linza bilan tasvir orasidagi masofa qanday bo‘ladi?

24. Rasmda linza, buyum, linzaning bosh optik o‘qi va fokuslari tasvirlangan. Shu vaziyatdagi buyumning tasviri qanday bo‘ladi?
2 5. Chizmada keltirilgan buyumning sochuvchi linzadagi tasviri qanday bo‘ladi?
A) mavhum, to‘gri, kattalashgan.
B) mavhum, teskari, kichraygan.
C) haqiqiy, teskari, kichraygan
D) haqiqiy, teskari, kattalashgan.
E) mavhum, to‘g‘ri, kichraygan
26. Fokus masofasi F bo‘lgan ikki yoqlama botiq linza yordamida buyumning haqiqiy tasvirini olish mumkinmi?
A) mumkin emas
B) mumkin, agar buyum F dan kichik masojada joylashgan bo‘lsa.
C) mumkin, agar linza optik zichligi linzanikidan kattaroq bo‘lgan shaffof muhitda bo‘lsa
D) mumkin, agar buyum F va 2F masofalar orasida joylashgan bo‘lsa
E) mumkin, agar buyum 2F dan kattaroq masofada joylashgan bo‘lsa.
27. Shu’lalanuvchi nuqta fokus masofasi 10 cm bo‘lgan sochuvchi linza fokusida turibdi. Uning tasviri linzadan qanday masofada hosil bo‘ladi?
A) 10 cm B) 20 cm. C) 5 cm D) cheksizlikda. E) tasvir hosil bo‘lmaydi.
28. Nuqtaviy yorug‘lik manbai fokus masofasi F bo‘lgan sochuvchi linzaning fokusida turibdi. Uning tasviri linzadan qanday masofada hosil bo‘ladi?
A) F/4 B) F/2 C) F D) 1,5F E) 2F
29. Buyumning sochuvchi linza berayotgan haqiqiy tasviri o‘zidan 2 marta kichik bo‘lishi uchun, buyumni linzadan qanday masofada joylashtirish kerak? (F- linzaning fokus masofasi).
A) F/2 B) bu mumkin emas C) 2F D) F E) 3F/2
30. Fokus masofasi 24 cm bo‘lgan linzadan 12 cm masofada joylashgan buyumning kichiklashgan mavhum tasviri linzadan necha cm masofada hosil bo‘ladi?
A) 4 B) 8 C) 12 D) 18 E) 24
31. Fokus masofasi 15 cm bo‘lgan linzadan 10 cm masofada joylashgan buyumning kichiklashgan tasviri linzadan qanday masofada hosil bo‘ladi (cm)?
A) 6 B) 7,5 C) 16 D) 25 E) 30
32. Fokus masofasi 10 cm bo‘lgan linzadan 15 cm masofada joylashgan buyumning mavhum tasviri linzadan qanday (cm) masofada hosil bo‘ladi?
A) 6 B) 7,5 C) 16 D) 20 E) 30
33. Buyumdan sochuvchi linzagacha bo‘lgan masofa linzaning fokus masofasidan n marta katta bo‘lsa, tasvir buyumdan necha marta kichik bo‘ladi?

34. Linza yordamida ekranda elektr lampaning haqiqiy tasviri hosil qilindi. Agar linzaning o‘ng tomonini to‘sib qo‘ysak, tasvir qanday o‘zgaradi?
A) tasvirning o‘ng qismi yo‘qoladi
B) tasvirning vaziyati o‘zgarmaydi, faqat rav­shanligi kamayadi
C) tasvir chapga siljiydi
D) tasvir o‘ngga siljiydi
E) tasvirning chap qismi yo‘qoladi.
35. Buyumdan linzagacha bo‘lgan masofa d ga va linzaning fokus masofasi F ga teng bo‘lsa, uning kattalashtirishi qanday bo‘ladi?

36. Fokus masofasi F bo‘lgan yig‘uvchi linzada o‘lchami a ga teng bo‘lgan buyumning haqiqiy tas­viri hosil qilindi. Agar linzadan tasvirgacha bo‘lgan masofa f bo‘lsa, tasvirning o‘lchami qanday?

37. 6 marta kattalashtiradigan lupaning optik kuchini (D) toping.
A) 150 B) 15 C) 20 D) 24 E) 25
38. Fokus masofalari 20 va 30 cm bo‘lgan ikkita yupqa linzani biriashtirsak, hosil bo‘lgan linza­ning fokus masofasi qanday bo‘ladi (cm)?
A) 56. B) 50. C) 34. D) 12. E) 10.
3 9. Qavariq-botiq linza gorizontal qo‘yildi va unga suyuqlik quyildi. Bunda linzaning optik kuchi qanday o‘zgardi? (Optik kuch algebraik kattalik.) A) o‘zgarmadi. B) kamaydi. C) ortdi.
D) javob suyuqlik turiga bog‘liq.
E) javob linzaning boshlang‘ich optik kuchiga bog‘liq.
40. Tasvir optik kuchi 3 D bo‘lgan linzadan 50 cm uzoqlikda, buyum turgan tomonda hosil bo‘ldi. Buyum linzadan necha metr masofada joylashgan?
A) 1 B) 0,5 C) 0,4 D) 0,25 E) 0,2
41. Buyumning to‘g‘ri tasviri hosil bo‘lishi uchun buyum optik kuchi 2 D bo‘lgan yig‘uvchi linzadan ko‘pi bilan necha metr masofada bo lishi kerak?
A) 0,4 B) 0,5 C) 0,8 D) 2 E) 4
42. Optik kuchi 12 D bo‘lgan yig‘uvchi linza­dan 50 cm masofada joylashgan buyumning tasviri linzadan necha cm masofada nosil bo‘ladi?
43. Optik kuchi 2 D bo‘lgan linzada buyumning 5 marta kattalashgan haqiqiy tasvirini hosil qilinayotgan bo‘lsa, linzadan tasvirgacha bo‘lgan masofa necha metr?
A) 2 B) 1,5 C) 3 D) 0,5 E) 1
44. Optik kuchi 3 D bo‘lgan linzada buyumning 5 marta kattalashgan haqiqiy tasviri hosil bo‘ldi. Buyumdan linzagacha masofa necha metr?
A) 0,3 B) 0,8 C) 0,6 D) 0,5 E) 0,4
45. Jism optik kuchi 10 D bo‘lgan qavariq linza­dan 30 cm masofada turibdi. Linzaning kattalashtirishini toping.
A) 1,5 B) 1 C) 0,8 D) 0,5 E) 2
46. Buyumning 5 marta kattalashgan tasvirini hosil qilish uchun optik kuchi qanday linza kerak va uni buyumdan qanday masofaga qo‘yish kerak? Bu­yumdan ekrangacha masofa 3m. A) 2,6 D, 2 m B) 3 D, 1 m C) 2,4 D, 0,5 m D) 2 D, 0,5 m E) 1 D, 1,5 m
47. Buyum optik kuchi 1 D bo‘lgan sochuvchi linzadan 4 m uzoqlikda turibdi. Tasvir linzadan qanday (m) masofada hosil bo‘ladi? A) 3 B) 1,25 C)1,33 D) 1 E) 0,8
48. Optik kuchi -4 D bo‘lgan sochuvchi linza­dan 1 m masofada joylashgan buyumning tasviri linzadan qanday masofada hosil bo‘ladi?
A) 20 cm B) 1 m C) 0,4 m D) 10 cm E) 1 cm
49. Tasvirning o‘lchamlari buyum o‘lchamlaridan 4 marta kichik bo‘lishi uchun buyum optik kuchi -4 D bo‘lgan sochuvchi linzadan necha metr masofaga joylashtirilishi kerak?
A) 0,75 B) 0,25 C) 1 D) 0,5 E) 0,85
50. Buyum sochuvchi linza oldida undan 4F masofada turibdi. Tasvir linzadan qanday masofada hosil bo‘ladi? A) 0,5F B) F C) F/3 D) 4F/3 E) 2F/3
51. Buyum fokus masofasi 10 cm bo‘lgan yig‘uvchi linzadan 20 cm masofada joylashgan. Uning tasviri linzadan necha santimetr masofada bo‘ladi?
A) 10. B) 15. C) 20. D) 40. E) TJY.
52. Buyum yupqa yig‘uvchi linzadan 2F masofa­da joylashgan bo‘lsa, uning tasviri qanday bo‘ladi?
A) to‘g‘ri, mavhum, kichiklashgan B) teskari, haqiqiy, o‘zining kattaligida
C) teskari, haqiqiy, kattalashgan D) to‘g‘ri, haqiqiy, o‘zining kattaligida.
E) teskari, haqiqiy, kichiklashgan
53. Buyumni fokus masofasi F bo‘lgan yig‘uv­chi linzadan qanday masofaga qo‘yganda, uning tasviri o‘ziga teng bo‘ladi? A) F B) 2F C) 3F D) 4F E) F/2
54. Buyum bilan uning fokus masofasi F bo‘l­gan yig‘uvchi linza hosil qilgan haqiqiy tasviri orasidagi masofaning eng kichik qiymatini toping.
A) F B) 3F C) 2F D) 4F E) 5F
55. Buyum va uning tasviri orasidagi masofa eng kichik bo‘lishi uchun buyumni yig‘uvchi linza­dan qanday masofada qo‘yish kerak?
A) 0,5F B) F C) F2F
56. Predmetdan yig‘uvchi linzaning fokusigacha bo‘lgan masofa 5 cm, haqiqiy tasvirdan ikkinchi fokusgacha bo‘lgan masofa ham 5 cm. Linzaning fokus masofasini aniqlang (cm). A) 2,5 B) 5 C) 10 D) 20 E) 25
57. Agar linzadan 10 cm uzoqlikda joylashtirilgan buyumning mavhum tasviri linzadan 20 cm uzoqlikda hosil bo‘lsa, linzaning optik kuchi qanday (D)?
A) + 10 B) -20 C) +20 D) -5 E) +5
58. Buyumning mavhum tasviri linzadan 50 cm masofada hosil bo‘ldi. Agar buyumdan linzagacha bo‘lgan masofa 25 cm bo‘lsa, linzaning optik kuchi qanday (D)?
A) 4 B) -2 C) 3 D) 2 E) 3,5
59. Agar linzadan 12,5 cm masofada joylashgan buyumning 2 marta kattalashgan mavhum tasviri hosil bo‘lsa, linzaning optik kuchi necha dioptriya?
A) 2 B) -2 C) 4 D) -4 E) 6
60. Linzadan 20 cm masofada joylashgan buyumning to‘g‘ri, kattalashgan tasviri buyumdan 30 cm masofada hosil bo‘ldi. Linzaning optik kuchi qanday (D).
A) -5 B) 3 C) -3 D) 15 E) 10
61. Yig‘uvchi linzadan buyumgacha bo‘lgan masofa 1 m, tasvirdan linzagacha -25 cm. Linzaning fokus masofasi qanday (cm)? A) 20. B) 15. C) 12,5. D) 33. E) TJY
62. Yig‘uvchi linzadan buyumgacha bo‘lgan masofa 0,5 m va tasvirdan linzagacha bo‘lgan masofa 1 m bo‘lsa, linzaning fokus masofasi qanday (m)?
A) 1,5. B) 0,33. C) 5. D) 3. E) TJY
63. Buyumdan linzagacha bo‘lgan masofa 15 cm bo‘lganda, linzaning kattalashtirishi 2 ga teng bo‘l­sa, linzaning fokus masofasi qanday (cm).
A) 7,5. B) 2/3. C) 30. D) 15. E) 10.
64. Rasmda ko‘rsatilgan nurlarning davomini chizib ko‘rsating.


65. Rasmdagi holatlarda predmet tasviri hosil bo‘lishini chizib ko‘rsating.





66. Linzadan o‘tayotgan nurlar qaysi raqam bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


67. Rasmda ko‘rsatilgan linzalardan qaysilari yordamida predmetning haqiqiy tasvirini hosil qilish mumkin?

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling