1. Rayonlashtirish haqida tushuncha. Ijtimoiy rayonlashtirishning ba’zi bir nazariy masalalari


Giyohvandlikni ijtimoiy xodisa sifatida tadqiq etish, rayonlashtirish


Download 27.07 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi27.07 Kb.
#1161096
1   2
Bog'liq
1-mavzu

3. Giyohvandlikni ijtimoiy xodisa sifatida tadqiq etish, rayonlashtirish.
Insoniyatning bugungi taraqqiyot bosqichida, giyohvandlik o‘ta salbiy ijtimoiy xodisalardan biriga aylandi. Giyohvandlik, ya’ni inson yoki aholining muayyan qismi, ijtimoiy qatlamlari tomonidan narkotik (geroin, opium, xanka va b.) moddalarni iste’mol qilish dunyoning ko‘plab hududlari, mintaqalari, mamlakatlarini qamrab oldi. Uning salbiy ijtimoiy oqibatlari eng avvalo, davlatlar aholisining muayyan qismi yoki ijtimoiy qatlamlarining salomatlik darajasini pasayishiga, turmush tarzini buzilishiga, sog‘lom ijtimoiy muhitning keskinlashuviga olib keladi. SHu sababdan ham ushbu xodisani ilmiy o‘rganishga kompleks yondoshish va bunda uning tibbiy, sotsiologik, hududiy (geografik) va iqtisodiy jihatlariga e’tiborni kuchaytirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Hozirgi davrda giyohvandlikka qarshi kurash nafaqat milliy davlat, balki yirik mintaqalar va xalqaro ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur masala etakchi xalqaro tashkilotlar faoliyatining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Buni shuningdek, sobiq Ittifoqdan keyin Evrosiyo hududida vujudga kelgan tashkilotlar faoliyatida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Giyohvandlik aholining ma’lum bir qismi, ijtimoiy qatlamlarining salomatlik holatini yomonlashuviga, turmush darajasini pasayishiga, jamiyatda, ayniqsa yoshlar o‘rtasida nosog‘lom turmush tarzini keng yoyilishiga, oilalardagi sog‘lom ijtimoiy muhitni buzilishiga, muayyan hududlarda ijtimoiy keskinlikni shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHuning uchun ham giyohvandlikka qarshi kurash, nafaqat huquq tartibot muassasalari, balki keng jamoatchilik e’tiboriga molik masaladir.
Hozirga qadar giyohvandlik hodisasining tibbiy jihatlari kuchli o‘rganildi. Endilikda esa, uning sotsiologik aspektrlarini tadqiq etish kuchaydi. Ammo, giyohvandlikning iqtisodiy oqibatlarini ilmiy tadqiq etish sust, geografik qirralari esa e’tiborga muhtojdir.
Avvalo, giyohvandlar kim? Mutaxassislarning fikricha, bular eng avvalo aholining o‘smir va o‘rta yoshlardagi kuchsiz ijtimoiy qatlamlari vakillaridir. Giyohvandlarning aksariyat ko‘pchiligi aholining 15-40 yoshdagi qatlamiga to‘g‘ri keladi va ular o‘rtasida giyohvand moddalar qabul qilishning in’eksiya (ukol) shakli keng tarqalgan. Giyohvandlarning eng faol qatlami esa 20-30 yoshdagi aholini qamrab oladi. Giyohvandlikni ijtimoiy tadqiq etish, tegishli mutaxassislarning fikrlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, hozirda giyohvandlarning tarkibida erkak aholining ulushi yuqori. SHuningdek, so‘nggi davrlarda esa giyohvandlar tarkibida ayollarning soni ham ortib borishi ko‘zga tashlanadi.
Sotsial geografik tadqiqotlarda giyohvandlikni tarkib topishining ba’zi bir geografik xususiyatlari ham ko‘zga tashlanadi. Jumladan, giyohvand moddalarning asosiy savdo o‘choqlari (hududlari) aksariyat hollarda shaharlardir. CHunonchi, muallif tomonidan Farg‘ona iqtisodiy rayonining yirik shaharlarida olib borilgan sotsiologik tadqiqotlarda ham buni ko‘rish mumkin. SHuni alohida aytish jozizki, ushbu mintaqadagi yirik shaharlarning o‘zida esa giyohvand moddalarning asosiy savdo o‘choqlari mahalliy aholi tabiri bilan aytganda, shaharlar chetida, qulay transport yo‘llari yoqasida joylashgan lo‘li mahalalar hududiga to‘g‘ri keladi. SHaharlarda giyohvand moddalar iste’mol qilish ko‘proq mikrorayonlar hududida, yirik ko‘chalarning muayyan qismlarida ko‘proq tarqalgan. SHuningdek, ularning asosiy o‘choqlari bular odatda, yirik restoran, kafe-bar, mexmonxona va parklar hududlaridan ham iborat.
Giyohvandlikning hududiy jihatlarini o‘rganish o‘z navbatida, uning ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab beradi. Jumladan, giyohvandlik o‘choqlari, avvalo o‘zi joylashgan hududning (shahar) qulay geografik o‘rniga, yirik transport yo‘llari va chorrahalariga qulayligiga, demografik salohiyatiga, ya’ni aholisi, uning jins-yosh tarkibiga, yoshlar sonining katta-kichikligiga, aholining milliy-etnik tarkibiga har tomonlama bog‘langan.
Giyohvandlik geografiyasidagi muhim xususiyatlardan biri, uning asosiy savdo o‘choqlarini yirik shaharlar hududida joylashganligi bilan bog‘liq. SHaharlar hududida esa ular shaharning cheka qismlarida, transport nuqtai-nazardan qulay bo‘lgan yirik avtoyo‘llar bo‘yicha joylashgan.
Shaharlar aholisining milliy turli-tumanligi, turmush sharoitlari, yoshlar salmog‘ining kattaligi, aholining ijtimoiy mehnatda bandlik darajasini pastligi kabilar giyohvandlik o‘choqlarining hududiy tarkibiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, giyohvandlik asrimizning o‘ta salbiy ijtimoiy hodisasi sifatida tibbiyot, sotsiologiya, iqtisodiyot va boshqa sohalarning kompleks tadqiqot ob’ektiga aylandi. Bunda ayniqsa, uning geografik aspektlarining ahamiyatini alohida ta’kidlash joiz.
Tadqiqotlar natijasida shunday xulosa qilish mumkinki, giyohvandlik rayonlari o‘z ichiga, uning savdosi hamda iste’moli amalga oshiriladigan hududlarni qamrab oladi. Ularga shaharlardagi mikrorayonlar hududi, restoran, kafe-bar, mexmonxona va parklar, katta bozorlar kabi yirik sotsial ob’ektlar joylashgan hududlar kiradi.
Bunday sotsial rayonlar, iqtisodiy rayonlardan farqli o‘laroq ko‘lamining kichikligi, tez o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. Ularni aniqlash murakkab bo‘lishi bilan birga, amaliyotda prognoz sotsial loyihalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling