Reja: I kirish. II


Download 397.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.08.2020
Hajmi397.65 Kb.
#127084
  1   2   3   4
Bog'liq
Коmpyuter o‘yinlarining yoshlar ma’naviy ongiga salbiy ta’sirini


Kоmpyuter o‘yinlarining yoshlar ma’naviy ongiga salbiy 

ta’sirini oldini olish masalalari 



 

 

Reja: 


I

 

Kirish. 



II

 

Asosiy qism: 

1. Коmpyuter o‘yinlarining yoshlar ma’naviy ongiga salbiy 

ta’sirini oldini olish masalalari 

2. Kompyuter o‘yinlaridan noto‘g‘ri taassurotlar yuzaga 

kelishining oldini olish masalalari 

3. Kompyuter o'yinlari: afzalliklari va kamchiliklari. 

Kompyuter va bolaning "aloqasi" da murosa 



III

 

Xulosa. 


 

 

 



 

1 Kirish 

Bugungi kunda global internet tarmoqlar insonlarga 

ko‘plab  imkoniyatlar  yaratib  berishi  bilan  birgalikda, 

jamiyatda  muayyan  g‘oyaviy-axloqiy  me’yorlarga  ta’sir 

etmoqda.  Ilgari  bu  tarmoqlardan  xavfsirash  nisbatan 

kamroq  edi,  endilikda  esa  ikki  jihatdan  xavf  ortgan. 

Birinchisi,  hajm  va  qamrov  jihatdan  bo‘lib,  internet 

xizmatidan  foydalanish  arzonlashdi  va  kompyuteri 

mavjud  bo‘lgan  deyarli  ko‘p  xonadonlarda  kuzatish 

mumkin.  Kompyuter  ilgarigidek  tasavvurdagi  biror  moddiy 

mulk belgisi sifatida emas, balki oddiy ish quroli sifatida 

ko‘rinmoqda. 

Shuningdek,  unga  ega  bo‘lish  xuddi  televizor  sotib 

olishdek  bo‘lib  qoldi.  Qolaversa,  internet  xizmatlaridan 

foydalanish  nafaqat  kompyuterda,  balki  qandaydir 

chegirmalar  bilan  mobil  aloqa  vositalarida  ham 

kechmoqda.  Demak,  hajm  va  qamrov  juda  tezlikda 

o‘smoqda.  Ikkinchisi,  internet  tarmog‘ida  o‘ziga  jalb 

etuvchi  qiziqishni,  moyillikni  oshiruvchi  vositalar  o‘ylab 

topilib,  taklif  etilishidir.  Masalan,  ba’zi  kompyuter 

o‘yinlarining  yutug‘iga  pul  qo‘yilgan  bo‘lib,  ular 

ko‘proq sovrinli musobaqani emas, balki haqiqiy ma’noda 

qimorni  eslatadi.  Bu  esa  bolalar  va  yoshlar  ongu 


shuurini  egallash  borasida  internet  tarmog‘i  boshqa 

vositalarga qaraganda, yetakchi ekanligini ko‘rsatadi. 

Nielsen/Net  Ratings  kompaniyasi  o‘tkazgan  so‘nggi 

ilmiy-tekshiruv  ishining  natijasiga  ko‘ra,  butun  dunyo 

tarmog‘iga ulanayotgan yosh bolalarning soni kun emas, 

soat  sayin  oshmoqda:  birgina  2007-yilda  Yevropada  yosh 

avlod  vakillarining  33  foizi  onlayn  tizimidan 

foydalangani  kuzatilgan.  2008-yilda  jahon  axborot 

tarmog‘idan  10  million  bola  foydalangan  bo‘lsa,  2012-

yilda ularning soni allaqachon 13 milliondan oshib ketdi. 

Bu  ko‘rsatkich  kundan-kunga  ko‘paymoqda.  O‘z  hayot 

mazmunini  bunday  onlayn  tizimida  ko‘rayotgan 

yoshlarning  katta  qismi  —  4,5  millioni  Buyuk 

Britaniyaga  to‘g‘ri  keladi.  Ular  har  kuni  elektron 

manzillarini  tekshiradi,  turli  xil  saytlardan  ma’lumot 

izlaydi va chat (global tarmoqdagi suhbatxona)lar orqali 

muloqotda bo‘ladilar. Germaniyada hozircha 3 million va 

Fransiyada  esa  1,5  million  bola  o‘z  vaqtini,  asosan, 

onlayn tizimida o‘tkazadi (Axborot asrida ta’lim tarbiya 

— Toshkent: Akademnashr, 2012. — B.108). 

Kanadada 17 yoshgacha bo‘lgan 6 ming nafar bola 

o‘rtasida  o‘tkazilgan  tadqiqot  natijasiga  ko‘ra, 

internetdan faqat axborot olish maqsadida foydalanilmas 

ekan.  So‘rovda  ishtirok  etganlarning  99  foizi  internetdan 



foydalanishini,  ularning  har  8/10  nafari  uyda  ulanish 

imkoniyatiga  ega  ekanini  bildirgan.  Kanada  yoshlarining 

yarmidan  ko‘pi  internet  va  kompyuter  texnologiyalarini 

ota-onalaridan yaxshiroq bilishlarini aytganlar. Ularning 

80  foizi  mustaqil  ravishda  internetga  ulanishini,  ota-

onalari  kompyuterga  himoya  vositasi  bo‘lgan  filtrlash 

dasturini  o‘rnatib  qo‘ymagani  va  farzandlari  qanday 

saytlarga  kirishini  nazorat  qilmasligini  tan  oldilar. 

Umuman  olganda,  aksariyat  ota-onalar,  aniqrog‘i, 

ularning  65  foizi  farzandlari  internetdan  faqat  uy 

vazifasini tayyorlash uchun foydalanadi, degan fikrdalar. 

Kun tartibidagi mashg‘ulotlarni darajaga bo‘lsak, bunda 

yoshlar ilm olishni eng oxirgi o‘ringa qo‘yar ekan. Ular 

asosan,  internet  orqali  musiqa  tinglaydi,  elektron 

manzilni tekshiradi, xullas, faqatgina vaqtichog‘lik qiladi. 

Yoshlarning  uchdan  ikki  qismi  Internetga  yangi  do‘stlar 

orttirish  va  kim  bilandir  suhbatlashish  maqsadida 

ulanadi, ularning 15 foizi bu munosabatlarni keyinchalik 

real hayotda davom ettirar ekan(Yuqoridagi manba). 

 

1. Коmpyuter o‘yinlarining yoshlar ma’naviy ongiga 



salbiy ta’sirini oldini olish masalalari 

Mamlakatimiz yoshlari va bolalari tomonidan kompyuter 

o‘yinlarini o‘ynash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma 


natijalariga ko‘ra kompyuter o‘yinlariga qancha vaqt 

sarflaysiz? — savoliga 86% respondent 1–2 soat, deb 

javob qaytargan, 10% respondent 3–4 soat, 3,3% 

respondent 7 soat va undan ko‘proq vaqtni kompyuter 

o‘yinlari o‘ynash bilan o‘tkazishini aytgan. 0,7% 

respondent 5–6 soat vaqt davomida o‘yin o‘ynayman, 

deb javob qaytargan. Bir kunda o‘rtacha uzog‘i bilan 2 

soatgacha kompyuter oldida o‘tirish mumkinligini hisobga 

olganda, umuman yomon ko‘rsatkich emas. 

1-diagramma. Kompyuter o‘yinlariga qancha vaqt 

sarflaysiz?

 

Internet orqali kirib kelayotgan xavflarning yoshlardan 



ham ko‘ra bolalar ongiga ko‘proq ta’sir qiluvchi usuli 

— bu kompyuter o‘yinlari. Bugungi kunda kompyuter 

o‘yinlarining eng ommalashgan janri — bu ekshn 

(inglizcha action-harakat) bo‘lib, asosan, u jangari 

sahnalar, ur-yiqitlar, mushtlashuvlar, otishmalarni o‘z 

ichiga oladi. Ekshn inglizcha shuter (otib tashlamoq), 

fayting (kurash), shuningdek, vahima, qo‘rquv 

(survival/horror) so‘zlari bilan uyg‘un holda qo‘llaniladi. 

Masalan, «Call of duty», «Mortal Kombat», F.E.A.R., 

«Silent Hill» kabilardir (O‘sha manba. — B.92.). 

Ommalashgan kompyuter o‘yinlari bo‘yicha matereyting.ru 


sayti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinlar reytingi quyidagicha 

baholangan: 

1. «Minecraft» 

2. «Portal-2» 

3. «The Elder Scrolls-5: Skyrim» 

4. «Yalmog‘iz-2: qirolni o‘ldirish» 

5. «Deus Ex Human Revolution» 

6. «FIFA-12» 

7. «Shogun-2 Total War» 

8. «Dead Space-2» 

9. «Battlefield» (www.matereyting.ru) 

Yuqoridagi o‘yinlarning orasidan faqatgina bittasi futbol 

o‘yiniga asoslangan — «FIFA-2012»ni bolalarning axloqiy 

tarbiyasiga zid kelmasligini ta’kidlash mumkin. Qolganlari 

bolalar ma’naviy ongini zaharlashga, ularning 

ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan 

o‘yinlardir. Masalan, ular orasida shunday mazmundagi 

o‘yinlar bor: o‘yin qahramoni o‘rni kelganida boshqa 

begona chorasiz «qahramonlar» bilan uyushib harakat 

qilishiga ham to‘g‘ri keladi. Qiyin vaziyatdan chiqib 

olgach esa, ular bir-biriga qarshi urishadi. Chunki «sen 

o‘ldirmasang, seni o‘ldiradilar» aqidasi o‘yinning 

qoidasidir. Boyagina bir-biriga «yordam» bergan hamkorlar 

bir-birini «o‘ldiradi». Ushbu jarayon bolani faqat 



dushmanlik ruhida tarbiyalab, maqsadsiz bo‘lib, voyaga 

yetishiga turtki bo‘ladi. Internet o‘yinlari orqali «ommaviy 

madaniyat» tahdidlarining kirib kelishi, aynan, mazkur 

holatlarda kuzatiladi. Shu yerda yana bir narsaga e’tibor 

qaratsak. Bolani ongida kechayotgan virtual olamdagi 

zo‘ravonlik, sotqinlik, behayolik, o‘g‘irlik, buzuqlik ertaga 

real hayotga ko‘chmaydi deb, hech kim kafolat berolmaydi. 

Aynan «ommaviy madaniyat» tahdidlarining mana shu 

jihatlari mamlakatimizda yosh avlodning barkamol bo‘lib, 

voyaga yetishida to‘siq bo‘ladi. 

Shu o‘rinda mamlakatimizda yoshlar orasida kompyuter 

o‘yinlarini o‘ynashga oid o‘tkazilgan so‘rovnomalardan 

«Siz qanday kompyuter o‘yinlarini o‘ynashni yoqtirasiz?» 

— degan savolga respondentlarning 29% sport o‘yinlarini 

(FIFA va boshqalar) deb, javob qaytarganlar. 21% 

respondent harbiy (Counter Strike, Call of Duty, WORLD AT 

WAR va boshqalar), 20% respondent avtopoygalarni (Speed 

Under Ground, Raced River GRID va boshqalar) deb, javob 

berganlar. 11% respondent strategik (Age of Empires III va 

boshqalar), 10% fantastik (Crisis, Devil may cry va 

boshqalar), 9% respondent rolli, dizayn bo‘yicha o‘yinlarni 

(Sims 3 va boshqalar) o‘ynashlarini aytib o‘tganlar. 

2-diagrammа. Siz qanday kompyuter o‘yinlarini 

o‘ynashni yoqtirasiz?

 


Yuqoridagi diagrammadan ham ko‘rinib turibdiki, 

mamlakatimiz yoshlari xorij yoshlariga nisbatan 

kompyuter o‘yinlarining asl maqsadalarini anglab yetgan 

yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo bular orasida 

mavjudlarining oldini olish bugungi davr nuqtai 

nazaridan muhim hisoblanadi. Shu yerda «BBC News» 

ma’lumotlariga nazar soladigan bo‘lsak, «Germaniyadagi 

mutasaddilar mamlakatdagi internet tarmog‘ida ishlovchi 

12 ming kishini bolalar pornografiyasiga oid material 

almashuv tarmog‘i a’zosi deb gumon qilgan. UPI 

agentligining qayd etishicha, ulardan 1700 nafariga ayblov 

e’lon qilingan. 2008-yilning yoz faslida boshlangan global 

reyd Saksoniya-Anxalt federal hududida 300 nafar 

gumondorning xatti-harakatini tekshirishdan start olib, 

ushbu tadbir butun dunyoning 70ta mamlakatida davom 

etib kelayapti. Associated Press axborot agentligining ilk 

xabariga asoslangan mazkur jinoyatning ochilishida 

internet-provayderlardan birining axboroti dalil bo‘lgan. 

Ushbu jinoyatda bolalar pornografiyasini targ‘ib etuvchi 

portalga kirish bilan bog‘liq juda ko‘p holatlar 

aniqlangan» («Jamiyat» gazetasi, 2007-yil 28-dekabr 52-

son). 


Ushbu o‘rinda Yurtboshimiz Islom Karimovning quyidagi 

so‘zlarini keltirish mumkin: «Agarki biz bunday 



xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan 

kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning 

yurti-mizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, 

yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishini, oqibatda 

ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va 

mas’uliyatini o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot 

bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi 

mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu 

achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi 

ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab 

olishini istardim» (Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat — 

yengilmas kuch. — T.: Ma’naviyat, 2008, 15-b.). Shu 

nuqtai nazardan, ushbu jarayonlarni qanday maqsadga 

yo‘naltirilganligini anglab yetishda yoshlar hayotida ota-

onalarning nazorati qay darajadaligini bilish maqsadida 

so‘rovnoma savollari orasida «Kompyuter o‘yinlari 

o‘ynashingizni ota-onangiz nazorat qiladimi?» — degan 

savolni qo‘ydik. Mazkur savolimizga respondenlarning 

javoblari quyidagi ko‘rinishda aks etdi: ha, doimo nazorat 

qiladilar, deb 49% respondent javob qaytargan bo‘lsa, 33% 

respondent «ha, ba’zan nazorat qiladilar», deb javob 

berganlar. 18% respondent «yo‘q, men mustaqilman, 

meni kimdir nazorat qilishi shart emas» — 

ko‘rinishidagi javobni berganlar. 



3-diagrammа. Kompyuter o‘yinlari o‘ynashingizni ota-

onangiz nazorat qiladilarmi?

 

Mavzu doirasida guvohi bo‘lganimizdek, dunyoda sodir 



bo‘layotgan so‘nggi voqealar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 

zamonaviy sharoitlarda global axborot muhitining 

shakllanishi, axborot-kommunikatsiya va internet texno-

logiyalarining jamiyat va mamlakat hayotining barcha 

sohalariga kirib borayotgan bir paytda yoshlar ongiga 

salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yot g‘oyalardan 

yoshlarni himoya qilish muammolari dolzarb tus 

olmoqda. Bugungi kunda voyaga yetmagan yoshlar 

ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan internetda mavjud 

salbiy ma’lumotlarga zo‘ravonlikni, axloqsizlik, 

behayolikni, shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi ma’lumotlar, 

real muloqot ko‘nikmalarini yo‘qolishiga va insonlararo 

munosabatlar rivojlanishini susaytirishga oid hamda o‘zbek 

xalqining milliy-madaniy qadriyatlariga zarar 

yetkazishga olib keladigan axborotlar, tanishuvlar saytlari, 

ijtimoiy tarmoqlar, bloklar, chatlar kabi resurslarni o‘z 

ichiga olgan xavf-xatarlar kiradi. Bu borada 

bajariladigan vazifalarimiz yuza-sidan quyidagi 

xulosalarni berish mumkin: 

Birinchidan, axborot almashinishi, aloqa, yosh avlodni 

rivojlantirish va tarbiyalash uchun internet muhitni 


xatarsiz, etik va qulay qilish maqsadida ijtimoiy 

birlashish yo‘li orqali ko‘rsatmalar ishlab chiqish. 

Ikkinchidan, Internet va kompyuter o‘yinlarining salbiy 

ta’siridan o‘smir yoshlarni himoya qilish texnik 

metodlarni ishlab chiqish va tatbiq etishdan iborat. Bu 

borada asosiy maqsad davlat hokimiyati organlari ijtimoiy 

tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan 

jamlanma dasturlar tadbirlari, tadqiqot va ta’lim 

loyihalari orqali O‘zbekistonda yoshlar internetdan 

xatarsiz foydalanishlarini ta’minlaydigan texnologik 

vositalar va metodlarni ishlab chiqish hamda kengroq 

tashviq etishdan iborat. Bularning barchasi O‘zbekistonda 

o‘sib kelayotgan avlodni milliy an’analar va xalq 

ma’naviy qadriyatlarini, Vatanni sevish va mas’uliyatni 

his etish ruhida tarbiyalashga imkon beradi. 

 

 



 

 


Kompyuter o‘yinlaridan noto‘g‘ri taassurotlar yuzaga 

kelishining oldini olish masalalari 

 

Bugungi kunda deyarli barcha yoshdagi shaxslar, ayniqsa, 



bolalar kompyuter (planshet, noutbuk)larda turli o‘yinlar 

juda ko‘p bo‘lganligi uchun ham muloqotda bo‘ladilar. 

Ko‘pchilik ota-onalar kompyuter o‘yinlarini 

kichkintoylarning beminnat «ovunchog‘i» deb biladilar: 

oldiga qo‘ysang – bola shu bilan ovora bo‘lib, jimgina 

uyda o‘tiradi, hattoki soatlab o‘tiraveradi, ko‘chada 

tentirab yurmaydi. Hozirgi davrda mobil telefon, planshet, 

smartfon, notbuk va kompyuter kabi qurilmalar mavjud 

bo‘lmagan oilani uchrata olmaymiz, shu sababli ham 

kichkintoylar olamni anglay boshlagan ilk kunlaridanoq 

mazkur qurilmalarga qiziqa boshlaydilar. 

Ko‘p yillardan buyon jahondagi ko‘plab mutaxassis-

olimlar zamonaviy kommunikatsiya qurilmalarining 

inson markaziy asab tizimiga salbiy elektr-magnit ta’siri 

mavjudligini ta’kidlayotganliklaridan xabardormiz. Bu, 

ayniqsa, bola organizmiga kuchli ta’sir etadi. 

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning muntazam 

ravishda, planshet yoki smartfon ilovalaridagi o‘yinlar 

bilan shug‘ullanishi ularning intellektual rivojlanishiga 

ham ta’sir etadi. Bolalar yuqori chastotali elektr-magnit 



ta’sirga ega: telefon, smartfon, planshetlardan 

foydalanishi umuman sanitariya me’yorlari talablariga 

javob bermaydi. Mazkur qurilmalar bolaning ruhiy 

rivojlanishiga ham quyidagicha salbiy ta’sir ko‘rsatadi: 

Birinchidan, sensorli ekrandan foydalangan bolalarda bosh 

miyaning signaliga qo‘l harakatlari nomuvofiq bo‘ladi. 

Bunday bolalar ko‘proq foydali hisoblangan harakatli 

o‘yinlar bilan shug‘ullanishga umuman qiziqmay 

qo‘yadilar. Soatlab sichqonchadan foydalanish esa 

barmoqlarning og‘rishiga sabab bo‘ladi, shuningdek, 

bolaning engashib o‘tirishi uning qomatiga zarar 

yetkazadi. Kompyuterdan foydalanib, bola sensorikani his 

etmaydi. Bundan tashqari, bola qo‘lidagi mayda 

motorikasining rivojlanishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchidan, 

bolaning smartfon va planshet ekranlaridagi obyektlarga 

tikilib o‘tirishlari ko‘rishdagi muammolarni yuzaga 

keltiradi. Uchinchidan, planshet va smartfonlardan uzoq 

vaqt foydalanish bolaning bo‘yin qismida muammolar 

yuzaga keladi. Bola kompyuterda o‘yinlar bilan band 

bo‘lganida ekranga tikilaverib, kipriklari pirpiraydigan 

bo‘lib qolishi kabi yomon holatlar paydo bo‘ladi. Bundan 

tashqari, ayrim tajovuzkor o‘yinlar bolalarning 

dunyoqarashini buzadigan quyidagicha salbiy ta’sirlarni 

ko‘rsatadi: 



1. Bola o‘yinda bo‘lganidek, haqiqiy hayotda ham 

odamlarning hayotini tuganmas, qayta, qo‘shimcha «jon» 

olib yashash mumkin degan tasavvurga keladi, o‘yinni 

qayta boshlash mumkin bo‘lganidek, haqiqiy hayotda, 

ko‘chada ham turli xavfli vaziyatlarga yengil 

yondashadigan odat shakllanadi. 

2. Bolada har qanday ziddiyatli holatni kuch bilan hal 

etish zarur degan fikr uyg‘onadi, kuch — asosiy 

maqsadga aylanib, kelishish yo‘li bilan hal etish 

mumkinligini, hattoki, xayollariga ham keltirmaydilar 

yoki buning uddasidan ham chiqa olmaydilar. 

3. Kompyuter o‘yinlari qahramonlarining xulq-atvori 

haqiqiy hayotdagi bolaga o‘tadi, boshqalarga 

rahmsizlarcha munosabatda bo‘lish oddiy holatdek — 

go‘yo buning uchun hech narsa bo‘lmaydigandek, bu 

shunchaki o‘yindek tuyuladi! Agar o‘yin qahramoni 

xavfli olov, balandlik, jarliklar ustidan sakrab o‘tsa 

ham, hech bir zarar ko‘rmasligi va yana bir necha 

hayot zahirasiga egaligi bolaning ongida unga ham hech 

narza zarar yetkaza olmaydi, degan fikr shakllanadi. 

Bola umuman hech bir xavf-xatardan cho‘chimaslik 

kerak degan fikrda bo‘lib, o‘zlarini virtual 

qahramonlardek his eta boshlaydi. 


Kompyuter o‘yinlari bolalarda ruhiy zo‘riqish(stress), 

depressiya holatlarini yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi 

ham mumkin. Tajovuskor mavzudagi kompyuter o‘yinlarini 

yosh bolalar o‘ynashiga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, 

aksincha, psixologik xavfsiz va ta’limiy mavzudagilarini 

taklif etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kompyuter 

o‘yinlari bolalarda harakatchanlik, natijalarga erishish 

tomon intilishni so‘ndiradi, virtual olamdagidek, hamma 

narsani oson yo‘l bilan qo‘lga kiritish mumkin degan 

tushunchani shakllantiradi. Bolalar sichqoncha tugmasini 

bosish bilan masalani hal qilish mumkin degan fikr 

bilan yondashib, turli harakatlarga odatlanadilar — 

kompyuter qurilmalari va o‘yinlar ham vaqtni 

ko‘ngildagidek o‘tkazish va zeriktirmaydigan manba 

sifatida bolani xursand qiladi. 

Kompyuter o‘yinlaridan olgan noto‘g‘ri taassurotlarini 

hayotda ham qo‘llashga intiladi. Bu noto‘g‘ri xulq-atvor 

modeli uning hayotda bilim olish, mehnat qilib, biror 

orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishida to‘sqinlik qiladi — 

shu sababli bir marta uringanida natijaga erisha 

olmasa, yana harakat qilish, intilish o‘rniga yoki 

maqsadidan osongina voz kechadi, yoki salbiy harakatlar 

bilan bo‘lsada, boshqa yo‘llarni qidira boshlaydi. Bundan 

tashqari, eng yomoni kompyuter o‘yinlari bolani 



qaramlikka olib keladi. Ma’lumki, kompyuterga qaramlik 

ham juda xavfli kasallik ekanligi haqida ma’lumotlar 

ko‘p. 

Bolalarda kompyuter va axborot vositalariga sog‘lom 



qiziqish yoki gadjetlarga qaramlik yuzaga kelayotganligini 

qanday aniqlash mumkin. Buning uchun bola xatti-

harakatlarini kuzatish va quyidagi holatlarga: 

 



Bola qancha vaqtini kompyuter o‘yinlari bilan 

o‘tkazishi. Agar bir soatdan ortiq bo‘lsa qaramlik 

xavfidan tashvishlanish mumkin. 

 



Bola kompyuter yoki planshet kabilarsiz ham o‘yinlar 

bilan shug‘ullana olishi. 

 

Bolani ovqatlanish yoki biror boshqa sabablar bilan 



chaqirilganda kompyuter yonidan ketib, qanchalik tez 

javob beradi yoki chaqirgan inson oldida hozir bo‘lishi. 

 

Bolaning qog‘ozga qalam yoki bo‘yoq bilan rasm 



chizishga yoki kitob o‘qishga qiziqishlarining 

mavjudligi. 

 

Bolaning bir yoki bir necha kun mobaynida 



kompyuterdan foydalanmay, boshqa mashg‘ulotlar 

bilan bandligiga e’tibor qaratish zarur. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bolaning kompyuter 

o‘yinlariga qaramlik darajasi yoki shunchaki undan 

ba’zan zarur holatlardagina foydalanishi haqida 


ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Bundan tashqari, 

kompyuter o‘yinlariga qaramlik yuzaga kelishi 

mumkinligini bolaning xatti-harakatidagi belgilarga 

muvofiq ham aniqlash mumkin: muntazam kompyuter 

o‘yinlari bilan band bo‘lgan bola shaxsiy xususiyatlarida 

ilgari kuzatilmagan jizzakilik, asabiylik, gapga quloq 

solmaslik, injiqlik, tajavuzkorlik, enurez… kabilarning 

yuzaga kelishi kompyuterga qaramlikdan darak beradi. 

Bola psixikasi kompyuter o‘yinlari davrida zararlanishi 

va ortiqcha yuklama olishi mumkin. Bunga hayajonga 

soluvchi, salbiy kutilmagan syujetlarga ega, ruhiy 

zo‘riqtiradigan o‘yinlar misol bo‘la oladi. Bolalarda 

ko‘pincha quyidagi: 

 



kompyuter oldida bola kayfiyatning yaxshiligi; 

 



o‘yindan to‘xtashni xohlamaslik; 

 



kompyuter oldida uzoq vaqtni ko‘ngilli o‘tkazish; 

 



kompyuter oldida oila va yaqinlarga qo‘pol 

munosabatda bo‘lish; 

 

o‘z faoliyati haqida yolg‘on gapirish kabi salbiy 



psixologik belgilar paydo bo‘lishi mumkin. 

Bundan tashqari, quyidagi salbiy jismoniy belgilarni: 

 

ko‘zda qichishish va kipriklarini pirpiratish va bosh 



hamda bel og‘rig‘i; 

 



ovqatlanish tartibiga rioya etmaslik; 

 

shaxsiy gigiyenaga rioya etmaslik; 


Download 397.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling