1. Reabilitatsiya tushunchasi. Fanning ob’ekti, maqsadi va vazifalari
Manbalarda reabilitatsiyaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud
Download 9 Kb.
|
1. Reabilitatsiya tushunchasi. Fanning ob’ekti, maqsadi va vazif-www.genderi.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy moslashmaganlik natijasida yuzaga keladigan muammolar bilan ishlashdagi ijtimoiy reabilitatsiya.
Manbalarda reabilitatsiyaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
Turli kasallik tufayli me’yordagi morfofunksional statusning buzilishi natijasida amalga oshiriladigan tibbiy-biologik reabilitatsiya Shaxsning mehnat qobiliyatini susayishi natijasida amalga oshiriladigan kasbiy reabilitatsiya. Ijtimoiy moslashmaganlik natijasida yuzaga keladigan muammolar bilan ishlashdagi ijtimoiy reabilitatsiya. Reabilitatsiya olib borishda quyidagi bosqchilarning ahamiyatiga e’tibor beriladi: etiologiya – patologiya – namoyon bo‘lish. Aynan mana shu mexanizm shaxsda reabilitatsiyani tashkil etishni taqazo etadi. Reabilitatsiyaga muhtoj shaxsning belgilari: psixik buzilish, hayot faoliyatining cheklanishi, ijtimoiy kemtiklik. Shaxsdagi mazkur belgilarni reabilitatsiya qilish uchun quyidagi faoliyatni aniq amalga oshirish darkor: -Aniq psixodiagnostika -Shaxsning funksionaal qobiliyatlarini aniqlashtirish -Psixotexnologiyalarni ta’sir darajasini aniqlashtirish lozim. K.Renner va G.Yumashevga ko‘ra reabilitatsiya-bu kasal va invalidlar (bolalar va kattalar)ning funksional va ijtimoiy mehnatini tiklovchi jamoat zaruratidir. Bular davlat, jamiyat, tibbiyot, psixologik, pedagogik, yuridik va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy reabilitatsiya - bu insonni ijtimoiy mavqei, sog‘ligi, ishga layoqatlilik huquqini tiklashga qaratilgan kompleks choralardir. Ijtimoiy reabilitatsion faoliyatni turli darajalari farqlanadi: ijtimoiy-tibbiy, kasbiy-mehnat, ijtimoiy- psixologik, ijtimoiy- rolli, ijtimoiy-huquqiy. Ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya mijoz (nogirin va boshqalarjga jamiyatda va atrof muhitda adaptasiya jarayoni samarali kechishiga, ma’naviy-psixologik muvozanatga erishishga, o‘ziga ishonishga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga, to‘liq hayot bilan yashab ketishga yordam beradi. Shunday qilib reabilitatsiyaning umumiy mazmuni quyidagilardan iborat: Kasallar, nogironlar, hamda boshqalaming qobiliyatini funksional tiklash; Mehnatga moslashish (mehnat terapiya); 3. Uzluksiz ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya shaxsni har kunlik hayot faoliyatiga psixik funksiyalarini va kommunikativ qobiliyatlarini qayta tiklash asosida qo‘shiluvchi. Ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya ob’ektini umumlashtirib 3 guruhga ajratish mumkin: 1.Ijtimoiy kam himoyalangan guruhlar (etimlar, nogironlar va boshqalar); 2.Marginallar guruhi (daydilar, bomjlar); 3.Xulqi og‘ishgan shaxslar (xukm qilinganlar, alkogoliklar, giyohvandlar va boshqalar Mutaxassislar ijtimoiy reabilitatsiyaning quyidagi tamoyillarini ajratib ko‘satganlar: 1) Ijtimoiy-reabilitatsiyaning bosqichma –bosqichliligi tamoyili. 2) Ijtimoiy reabilitatsiyaning differensialliligi, tizimliligi, kompleksliligi tamoyili. 3) Ijtimoiy reabilitatsiyaning tizimliligi, ichki imkoniyatlarning realizatsiyasi 4) Ijtimoiy reabilitatsiyaning individualligi 5) Ijtimoiy reabilitatsiyaning ochiqligi Ijtimoiy reabilitatsiya bosqichlari: 1) Diagnostikaga asoslangan prognostik bosqich 2) Ijtimoiy reabilitatsiya texnologiyalarini saralash bosqichi. 3) Bevosita ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirish bosqichi 4) Amaliy imkoniyatlarni realizatsiyalash bosqichi 5) Ekspert baholash bosqichi. Ijtimoiy ish – bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kasbiy faoliyatdir. Download 9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling