YOYUVCHILAR
Ko‘pincha katalizator g‘ovak moddalar yuzasiga surtilgan holda ishlatiladi. Bunday g‘ovak moddalar yoyuvchilar yoki treger deb ataladi. Katalizatorlardan bunday tarzda (tejamlilik Pt, Pd, Ir, Os, Au singari qimmatbaho katalizatorlar ishlatishda ayniqsa muhimdir); 2) katalizator bir joyda to‘planib turmay, yoyilgan, ya‘ni maydalangan holda bo‘ladi, natijada yuzasi kattalashadi; 3) ishlash vaqtida o‘tirib qolmaydi; 4) katalizatorning mexanik mustahkamligi oshadi va yopishqoqligi kamayadi. Katalizator yoyuvchida bo‘lganda ham uning suyuqlanish temperaturasdan pastda atomlarning siljishi natijasida yopishqoq bo‘lib qolishi mumkin. Bu hodisaga yoyuvchi tabiatning ham ta‘siri bo‘ladi; 5) yoyilgan katalizator zaharlanishga kamroq beriladigan bo‘ladi.
Yoyuvchilar ma‘lum reaktsiya uchun inert yoki o‘z holicha katalizator bo‘lishi mumkin. Yoyuvchi sifatida, ko‘pincha, tuproq, asbest, qizilgur, ko‘mir, metallar, metall oksidlari singari g‘ovak moddalardan foydalaniladi.
Ma‘lum reaktsiya va katalizator uchun yoyuvchi tanlashda yoyuvchining tabiatini va saylash xossasini e‘tiborga olish kerak.
Bundan bir qancha vaqt yoyuvchi katalizatorni faqat yoyadi deb faraz qilinar edi. So‘nggi vaqtda I.E. Adurov ishlari natijasida yoyuvchining katalizatorga fizik – ximyaviy ta‘sir qilishi va buning natijasida katalizatorning aktivligi oshishi tasdiqlandi. I.E. Adadurov fikricha, yoyuvchi ta‘sirida katalizator aktivligi oshuvchining sababi shundaki, yoyuvchi katalizatorning atom va molekulalarini deformatsiyalaydi, ularni qutiblashtiradi va tashqi maydon potentsialini o‘zgartiradi.
I.E.Adadurovning xulosalari ma‘lum reaktsiya va katalizator uchun nazariy yo‘l bilan hisoblab, yoyuvchi tanlashga imkon beradi.
Kerakli yoyuvchi tanlab, reaktsiyaning yo‘nalishini ham o‘zgartirish mumkin. Masalan, mis etil spirti vodorodsizlantirilib (degidrogenlab), atsetaldegidga aylantiradi. Xuddi shu mis ko‘mirga yoyilganda spirtni etilen va suvga parchalaydi. Demak, katalizator yoyilganda uning ximyaviy tabiati ham o‘zgarishi mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |