1. Reaksiyaning tezligi temperaturaning ta‘siri Reaksiya tezligiga reagentlar konsentratsiyasining ta‘siri Eruvchining tabiati, ion kuchi


Download 0.62 Mb.
bet2/21
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1002370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
REYAKSIYANING TEZLIGI VA AKTIVLANISH ENERGIYASI

AKTIV KOMPLEKS NAZARIYASI
“Aktiv kompleks” (yoki “o‘tar holat”) nazariyasiga muvofiq dastlabki moddalar “aktiv kompleks”orqali reaksiya mahsulotlariga o‘ta oladi.
Masalan, H2 va J2 o‘zaro to‘qnashganda aktiv kompleks H2... J2 bunyodga keladi. Aktiv kompleksda H – H va J – J masofalar uzluksiz ravishda kattalasha boradi, lekin H – J masofa uzluksiz ravishda qisqaradi. Buning natijasida H – H va J – J tipidagi bog‘lanishlar uziladi, H – J tipidagi bog‘lanishlar esa hosil bo‘ladi:

Bu reaksiya “aktiv kompleks” orqali amalga oshganligi sababli protsessning aktivlanish energiyasi 40 kkal ga teng bo‘ladi; vaholanki dastlabki moddalarning atomlarga batamom parchalanish energiyasi 140,4 kkal ga teng (ya‘ni H2 ning va J2 ning atomlarga parchalanish energiyalari yig‘indisi 104,2 kkal+36,2 kkal=140,4 kkal). Demak, reaksiyaning aktivlanish energiyasi dastlabki moddalarni atomlarga batamom parchalanish energiyasi dastlabki moddalar aktiv kompleks orqali reaksiya mahsulotlariga o‘tganida sistema energenik jihatdan ko‘proq manfaat ko‘radi. Shuning uun ham ko‘pchilik reaksiyalarning mexanizmi (ya‘ni qanday qilib ximiyaviy reaksiya sodir bo‘lishi) aktiv kompleks nazariyasi asosida izoh qilina oladi. 1953 yilda Eyring va u bilan bir vaqtda Polyani taklif qilgan bu nazariya reaksiyaning aktivlanish energiyasini aniq ifodalab berdi. “Reaksiyaning aktivlanish energiyasini dastlabki moddalrni “aktiv kompleks” holatiga o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan energiya miqdoridir”.
REAKTSIYANING AKTIVLANISH ENTROPOGIYA
Reaksiya tezligi faqat aktivlanish energiyasiga emas, balki molekula tarkibidagi atomlar va atom gruppalarining joylanishiga, ularning katta kichikligiga va shakllariga ham bog‘liqdir. Ba‘zan, energiyasi reaksiyaning aktivlanish energiyasiga teng bo‘lgan to‘qnashuvlar (hatto undan ham katta qiymatli energiyaga ega bo‘lgan to‘qnashuvlar) natijasida ham reaksiya amalga oshmasligi mumkin.
Ikkita vodorod atomning o‘zaro to‘qnashishini ko‘zdan kechiraylik. Vodorod atomining elektron buluti sferik-simmetrik shaklga ega bo‘lganlgi uchun bu atomlar o‘zaro qaysi yo‘nalishda to‘qnashishi hech qanday ahamiyatga ega emas. Ular qanday yo‘nalishda to‘qnashmasin, bari bir elektron bulutlar o‘zaro qoplaniveradi. Xlorning uchta p-orbitalidan faqat bittasida toq elektron bo‘ladi (qolgan ikkitasi juftlangan elektronlar bilan band).
Agar vodorod atomi ana shu toq orbitalga kelib urilsagina, ximiyaviy reaksiya sodir bo‘ladi. Agar vodorod atomi xlorning boshqa p-orbitallariga kelib urilsa, H bilan Cl orasida bog‘lanish hosil bo‘lmaydi.
Reaksiya amalga oshishi uchun xlorning yakka elektronli r-orbitaliga vodorod atomi kelib urilishini ta‘minlashi kerak. Misolimizda xlor atomining muvofiq burilishi ehtimolligi:

bilan ifodalanadi. Agar w ning nftural logarifmini Boltsman konstantasi k ga ko‘paytirsak, aktivlanish entropiyasi kelib chiqadi:

Agar ni Avogadro soniga ko‘paytirsak, 1 mol modda uchun hisoblangan aktivlanish entropiyasini olamiz:

bundan
yoki
kelib chiqadi.
Zarrachaning reaksiya uchun muvofiq burilish ehtimolligi qanchalik katta bo‘lsa, reaksiya tezligi shunchalik katta bo‘ladi; binobarin tezlik konstantasi ham shunchalik katta bo‘ladi. Demak, k ning o‘zi ga proportsional deyish mumkin:

Agar reaksiyaning tezlik konstantasi bilan aktivlanish energiya orasida:

tenglama bilan ifodalanadigan bog‘lanish borilgini nazarga olsak, k uchun quyidagi tenglamani yoza olamiz:

Agar proportsionallik koeffitsentini kiritsak:

tenglamasiga ega bo‘lamiz. (bu yerda Z –propotsionallik koeffitsenti). Bu tenglamadagi qiymati – sterik ko‘paytuvchi nomi bilan yuritiladi. Sterik ko‘paytuvchi ifodasida temperatura yo‘q, chunki zarrachalarning muvofiq burilishi temperaturaga bog‘liq emas.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling