1. Reaksiyaning tezligi temperaturaning ta‘siri Reaksiya tezligiga reagentlar konsentratsiyasining ta‘siri Eruvchining tabiati, ion kuchi
Download 0.62 Mb.
|
REYAKSIYANING TEZLIGI VA AKTIVLANISH ENERGIYASI
FOTOXIMIYA
Yorug‘lik ta‘sirida vujudga keladigan yoki yorug‘lik bilan tezlishadigan reaksiyalarga fotoximiyaviy reaksiyalar deyiladi. Tipik fotoximiyaviy reaksiyalar qatoriga fotoximiyaviy sintez, izlmerizatsiya, fotoximiyaviy polimerizatsiya, fotoliz (ya‘ni yorug‘lik ta‘siridan parchalanish), fotoximiyaviy oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari, molekulalar ichida atomlarning qayta gruppalanish va allotropik o‘zgarishlar kiradi. Fotografiyada bo‘ladigan reaksiya ham fotoximiyaviy reaksiyalardandir. Ba‘zi fotoximiyaviy reaksiyalar ko‘zga ko‘rinadigan nur ta‘siri natijasida sodir bo‘ladi; ba‘zilari esa reaksiya uchun kerakli energiyani ultarbinafsha yoki infraqizil nurning energiyasi holida qabul qiladi. Fotoximiyaviy reaksiyalar gaz, suyuqlik va qattiq holatdagi sistemalarda sodir bo‘la oladi. Fotoximiyaning eng birinchi qonuni 1817 yilda F.X. Grotgus kashf etdi. Grotgus qonuniga muvofiq, jismdan o‘tib ketgan va jism sirtidan qaytgan nurlar hech qanday ximiyaviy reaksiyani yuzaga chiqarmaydi, faqat modda tomonidan yutilgan nur ximiyaviy o‘zgarishni sodir qila oladi. Grotgusning temir birikmalari eritmaning rangsizlanishi ustida o‘tkazgan tajribalari shuni ko‘rsatadiki, ayni modda rangiga nisbatan qo‘shimcha rangli nurlargina bu moddada ximiyaviy o‘zgarishni yuzaga chiqara oladi. Masalan, agar jism yashil tusli bo‘lsa, unga faqat qizil nur ta‘sir ko‘rsata oladi (chunki qizil nur yashil nurning qo‘shimcha nuridir; bu ikki nur birlashganida loq nur hosil bo‘ladi). Moddaning nur yutishi natijasida vujudga keladigan fotoximiyaviy reaksiyalar birlamchi protsesslardir. Birlamchi fotoximiyaviy reaksiya natijasida modda hayajonlangan (aktiv) holatga o‘tadi. Bu moddaning zarrachalari o‘zaro reaksiyaga kirishsa, bu hodisa ikkilamchi (yoki “qorong‘uda boradigan”) fotoximiyaviy protsess deb yuritiladi. Ayni molekula yorug‘lik yutganda qabul qilinadigan energiya miqdori Plank nazariyasi asosida hisoblanadi. Plank nazariyasiga muvofiq, yorug‘lik yaxlit narsa emas, balki fotonlar yoki yorug‘lik kvantlaridan iborat bo‘lib, qaysi kvantning energiyasi tenglama bo‘yicha hisoblanadi. Agar bir molekula yorug‘likning bir kvantini qabul qilsa, undagi energiya miqdori ortadi. Molekulaning energiya holati E1 dan E2 ga qadar o‘zgaradi va bu holatlar orasidagi ayirma ga teng bo‘ladi: E1- E2= Bu yerda с-yorug‘lik tezligi sm/sek; -yorug‘likning to‘lqin uzunligi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling