1. Reaksiyaning tezligi temperaturaning ta‘siri Reaksiya tezligiga reagentlar konsentratsiyasining ta‘siri Eruvchining tabiati, ion kuchi


KATALIZ KATALITIK REAKTSIYALAR VA ULARNING AHAMIYATI


Download 0.62 Mb.
bet7/21
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1002370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
REYAKSIYANING TEZLIGI VA AKTIVLANISH ENERGIYASI

KATALIZ


KATALITIK REAKTSIYALAR VA ULARNING AHAMIYATI


Kataliz so‘zi grekcha bo‘lib, uning ma‘nosi parchalanish – buzilish demakdir. Lekin katalizator tushunchasi butunlay boshqa ma‘noni bildiradi. Reaktsiyani tezlatuvchi moddalar katalizatorlar deb, katalizatorlar ishtirokida boruvchi reaktsiyalar esa, katalitik reaktsiyalar va bunday reaktsiyalar borish hodisasi kataliz deb ataladi.
Kataliz hodisasi taibatda juda ko‘p bo‘lib turadi. O‘simlik va hayvon organizmida ko‘pgina protsesslar biokatalizatorlar (enzima, ya‘ni fermentlar) ta‘sirida boradi. Bunday katalizatorlar ba‘zilari qadimgi zamonlarda ham ma‘lum bo‘lib, ulardan kishilar o‘z ehtiyojlari uchun, masalan, xamirni achitish, uzum va mevalarni bijg‘itib, spirtli ichimliklar tayyorlash, sirka olish va boshqalar uchun foydalanganlar.
XVIII asrda ximiya fani taraqqiy etishi natijasida sanoat maqsadlari uchun sun‘iy katalizatorlar topiladi.
Hozirgi vaqtda katalizdan ximiya sanoatining deyarli hamma sohasida keng foydalaniladi. Kataliz yordamida yangi protsesslari oddiylashtirildi, sanoat uskunalarining texnika iqtisodiy ko‘rsatkichlari anchagina ko‘tarildi. Kataliz hodisasini tekshirishda olingan natijalar ximiya sanoatining talablariga bevosita javob bergani uchun, kataliz hodisasiga qiziqish juda kuchaydi va bu sohada anchagina muvaffaqiyatlarga erishildi. Sun‘iy kauchuk hosil qilish, vodorod va azotdan ammiak olish, sun‘iy usullar bilan spirt, polimerlanish protsesslari yordamida turli plastmassalar olishda, yoqilg‘i sanoatda va kreking sanoatida, shuningdek, sanoatning boshqa tarmoqlarida keng ravishda katalizatorlardan foydalaniladi. Hozir ximiya sanoatining katalizator ishlatmaydigan tarmog‘i juda kam.
Yaqingacha, asosan, kataliz protsessining praktikasiga ahamiyat berib kelingan edi, faqat so‘nggi vaqtlardagina uning nazariyasiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Kataliz nazariyasini yaratishda sovet olimlari muhim o‘rin oladi.
Katalizning umumiy printsiplari
Kataliz hodisasining bir qancha umumiy printsiplari bor. Quyida bu printsiplarning ba‘zilari bilan tanishib chiqamiz.
Katalizatorlarda saylash (selektivlik) xossasi bor. Hamma ximiyaviy reaktsiyalar uchun umumiy katalizator bo‘lmaydi. Ma‘lum reaktsiyani yoki reaktsiyalar gruppasini ma‘lum katalizatorgina tezlatadi. Biror reaktsiyani tezlatadigan katalizator boshqa reaktsiya uchun katalizator bo‘lmasligi mumkin. Agar biror reaktsini turli katalizatorlar tezlatsa, ular bu reaktsiyani turlicha yo‘nalish bilan tezlatadi. Tiosulfatning yod ioni yoki molibdat kislota ishtirokida vodorot peroksid vositasi bilan oksidlanishi bunga misol bo‘la oladi. Bu reaktsiya yod ioni ishtirokida, asosan, tetrationat hosil bo‘lishi bilan boradi.
H2O2+2S2O3-+2H+2H2O+S4O6- -
molibdat kislota ishtirokida esa sulfat hosil bo‘ladi:
4H2O2+ S2O3- -2SO4+3H2O
Agar reaktsiya bir necha yo‘nalishda borish mumkin bo‘lsa, ma‘lum katalizator ma‘lum yo‘nalishnigina tezlatadi. Masalan, etil spirtni turli katalizator yordami bilan parchalab, bir qancha moddalar olish, ya‘ni reaktsiya bir qancha yo‘nalishda borishi mumkin.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling