1. Reaksiyaning tezligi temperaturaning ta‘siri Reaksiya tezligiga reagentlar konsentratsiyasining ta‘siri Eruvchining tabiati, ion kuchi


Download 0.62 Mb.
bet3/21
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1002370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
REYAKSIYANING TEZLIGI VA AKTIVLANISH ENERGIYASI

GETEROGEN REAKSIYALAR
Agar reaksiyada qatnashayotgan moddalar boshqa-boshqa fazalarga mansub bo‘lsa, bunday reaksiyalarni geterogen reaksiyalar deb yuritiladi.
Gaz muhitida boradigan ba‘zi reaksiyalarga idish devorlari ta‘sir etganligidan, bu reaksiyalar qatoriga kiradi. Eritmada boradigan ba‘zi reaksiyalar ham geterogen reaksiyalar qatoriga kiradi. Geterogen sistemalardagi ximiyaviy reaksiya asosan fazalar chegarasidagi sirtlarda boradi.
Fazalar chegarasidagi sirt boradigan geterogen reaksiyalarning kinetikasi uch bosqichdan iborat:
1) dastlabki moddalarning reaktsion zonaga kelishi (bu bosqich diffuziya tufayli amalga oshadi);
2) ximiyaviy reaksiyalar sodir bo‘ladigan bosqich;
3) reaksiya mahsulotlarining reaktsion zonadan chetlanishi (bu bosqich ham diffuziya tufayli amalga oshadi).
Temperatura va moddalar konsentratsiyasini shunday idora qilish mumkinki, natijada reaksiyaning tezligi moddalarning chegara sirtiga kelish va sirtdan qaytish tezligidan ortiq bo‘ladi. Bunday sharoitda reaksiyaning diffuzion sohasi deyiladi; bu holda diffuziya sekin sodir bo‘lganligi sababli reaksiyaning tezligi diffuziya tezligi bilan o‘lchanadi. Agar moddalarning chegara sirtiga kelishi va undan qaytishi tez sodir bo‘lsa-yu, reaksiyaning kinetik sohasi deb ataladi, chunki umumiy protsessning tezligi diffuziya tezligi bilan emas, reaksiya tezligi bilan o‘lchanadi.
ERISH TEZLIGI
Ko‘pincha moddalarning erish tezligi eriydigan moddaning diffuziya tezligi bilan belgiladi. Moddalarning erish protsessiga temperatura, aralashtirish, moddaning mayda-yirikligi ham ta‘sir etadi.
Eriyotgan modda to‘yingan eritma qavati bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Moddaning ma‘lum bir payt erish tezligi diffuziya koeffitsentiga, eriydigan modda va eritma o‘rtadagi chegara sirtiga va hajm birligiga yana erish mumkin bo‘lgan modda miqdoriga to‘g‘ri proportsional:

Bu yerda D–diffuziya koeffitsenti, S-chegara sirti, s-eritma konsentratsiyasi, c1-to‘yingan eritma konsentratsiyasi, V-eritmaning hajmi, -eriydigan moddani o‘rab olgan to‘yingan eritmaning qavatining qalinligi.
Agar erish vaqtida V, S va kattaliklar o‘zgarmas deb qabul qilinsa, erish tezligi:

Formula bilan ifodalanadi; bu yerda . Demak, bu sharoitda erish protsessini monomolekulyar reaksiya deb qarash mumkin. Modda erigan sari uning erish tezligi kamaya boradi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling