- Bajardi: O’rinboyeva G
- Tekshirdi Kuneshova N
- Mavzu: Huquq prinsiplari, tushunchasi va mohiyati
Reja: - 1. Huquq tushunchasi, mohiyati va belgilari.
- 2. Huquq haqida nazariyalar.
- 3. Huquqning funktsiyalari.
- Xulosa
- Adabiyotlar
HUQUQ TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA BELGILARI - Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatida insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonunlarga muvofiq ravishda rivojlanadi va takomillashib boradi.
- Huquqning asosiy mohiyati muayyan jamiyatda kishilar o’rtasida kelishuvni ta'minlash, fuqarolar osoyishtaligini saqlashga ko’maklashish, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda davlat siyosatini amalga oshirish orqali jamiyat taraqqiyotini ta'minlashdan iborat.
- Huquq - bu qonunlar yig’indisi, muayyan hatti-harakat qoidalari sifatida turli davrlarda va jamiyatlarda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Huquqning shakllariga, shuningdek unda demokratik, ijtimoiy adolat qoyalari qay darajada mujassamlashganligiga milliy an'analar, muayyan tarixiy sharoit, davlat tepasidagi shaxslar va boshqa ko’pgina omillar ta'sir qiladi.
Huquq - bu kishilarni ijodiy imkoniyatlarini qo’llab-quvvatlash vositasida jamiyatning gullab-yashnashiga ko’maklashuvchi, kishilar hamkorligi uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi, yovuz kuchlarni jilovlab turuvchi, bu kuchlarni fuqarolar, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetkazishlariga yo’l qo’ymaydigan vositalar yig’indisi bo’lmoqi kerak. - Huquq - bu kishilarni ijodiy imkoniyatlarini qo’llab-quvvatlash vositasida jamiyatning gullab-yashnashiga ko’maklashuvchi, kishilar hamkorligi uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi, yovuz kuchlarni jilovlab turuvchi, bu kuchlarni fuqarolar, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetkazishlariga yo’l qo’ymaydigan vositalar yig’indisi bo’lmoqi kerak.
- Huquq shunchalik keng (buyuk) murakkab va ijtimoiy muhim bo’lgan fenomen bo’lib, o’zining butun amaldagi faoliyatida unga nisbatan bo’lgan ilmiy qiziqish nafaqat tugaydi, balki oshishi kuzatiladi.
- Hozirgi yuridik fanlarda «huquq» termini katta ahamiyatga egaligi haqida ko’p so’z yuritiladi va ulardan foydalaniladi.
- Birinchidan, kishilarning ijtimoiy huquqiy intilishlarini, masalan, yashash huquqi, xalqlarning o’z-o’zini tanish huquqi kabilar bu intilish va bog’liqliklarning kishilar va jamiyatning tabiatidan kelib chiqib, tabiiy huquq deb hisoblanadi;
- Ikkinchidan, huquq deb yuridik normalar tizimi tushuniladi. Bu huquq ob'ektiv ma'noda quyidagicha tushuniladi, ya'ni huquq normalari ba'zi bir shaxslarning erkiga bog’liq bo’lmasdan yaratiladi va harakatda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |