1-reja: Integrasiyalashgan ta’lim mazmuni va uzviyligi. Bоshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metоdikasining predmeti


-reja: Noan’anaviy o’qitish metodlari


Download 197.77 Kb.
bet13/14
Sana01.03.2023
Hajmi197.77 Kb.
#1238734
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-reja Integrasiyalashgan ta’lim mazmuni va uzviyligi. Bîshlang

4-reja: Noan’anaviy o’qitish metodlari


An`anaviy ta`lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki, bu o`quv jarayonida noan`anaviy ta`lim metodlarini qo`llash ehtiyojlarini paydo qiladi. Bu kamchiliklar quyidagilardir.
  • O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka olib keladi.


  • O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-harakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni uyg`otmaydi.


  • O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki, har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo`lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi.


  • Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir —xil bo`lmaganligi sababli, sinf bo`yicha o`zlashtirish darajasi past bo`lib qolishi mumkin. YA`ni, an`anaviy ta`limda mashg`ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil uslublarni, xotirani mustahkomlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi.


  • Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi.


O`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.




Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.




Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod.


Download 197.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling