1. Rejalashtirish asoslari va dasturi Xo’jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish


Qo’shimcha quyidagi ma’lumotlar mavjud


Download 209.06 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2023
Hajmi209.06 Kb.
#1627758
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
21-MAVZU. BYUDJET NAZORATINI TASHKIL QILISH

Qo’shimcha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

  1. Xo’jalik yurituvchi subyekt 12 000 p.b.da bank krediti olgan;

  2. Bank foizi 12 %, foiz har oyda to’lanadi;

  3. Kreditning 2000 p.b. kelgusi yilning fevral oyida to’lanishi lozim;

  4. Joriy yilning foyda solig’i summasi 4550 p.b. va u 15 martda to’lanishi lozim;

  5. Xodimlarning bir soatlik ish haqi miqdori 8.50 p.b. (har biriniki).

Pul tushumlari rejasi quyidagicha:

  1. sotish hajmining 60 foizi sotilganda kelib tushadi;

  2. 30 foizi sotilgan oydan keyingi oy davomida kelib tushadi;

  3. 10 foizi sotilgan oydan keyingi ikkinchi oy davomida kelib tushadi;

  4. materiallar to’lovi ular sotib olingan oyda to’lanadi;

  5. tijorat va boshqa barcha xarajatlar kelgusi oyda to’lanadi.

Pul mablag’larining kelgusi yil boshiga qoldig’i 13840 p.b.
Talab qilinadi:
Xo’jalik yurituvchi subyektning kelgusi yil 1-choragiga pul mablag’lari byudjetini tuzish lozim.
Yechimi:
Xo’jalik yurituvchi subyekt pul mablag’ining 1-chorakdagi oylar bo’yicha byudjeti

Ko’rsatkichlar nomi




Oylar




jami:

yanvar

fevral

mart

Mablag’lar kirimi:

  • mijozlarga taqdim etilgan schyotlar bo’yicha*

Mablag’lar to’lovi:

  • materiallar sotib olish uchun;

28000

2300

325000

83500

  • ish haqi harajatlari uchun;

  • umumishlab chiqarish harajati uchun;

  • tijorat harajatlari uchun;

  • umumiy va ma’muriy boshqaruv harajatlariuchun;

  • bank foizlari uchun;

  • kreditning qaytarilishi uchun;

  • foyda solig’i to’lovi uchun;

2500
6800
3500
5000
8000
120
-
-

2500
6800
3000
4000
8000
120
2000

4000
6800
2500
4000
7000
100
4550

9000
20400
9000
13000
23000
340
2000
4550

Jami to’lovlar

25920

26420

28950

81290

Mablag’ning ko’payishi (kamayishi)

2080

(3420)

3550

2210

Boshlang’ich qoldiq

13840

15920

12500

13840

Oy oxiriga qoldiq

15920

12500

16050

16050

* - hisoblash izohi: - mijozlarga taqdim etilgan schyotlar bo’yicha tushadigan tushumlarning oylar bo’yicha hisob-kitobi:

Ko’rsatkichlar nomi




Oylar




Izoh

yanvar

fevral

mart

Joriy oy - 60%

15000

12000

24000

yanvardagi 25000 dan

Oldingi oy - 30%

10500

7500

6000

dekabrdagi 35000 dan

Undan oldingi oy - 10%

2500

3500

2500

noyabrdagi 25000 dan

Jami:

28000

23000

32500




Asosiy jadvaldagi ma’lumotlarning hisob-kitobi

Ko’rsatkichlar nomi

Yanvar

Fevral

Mart

1. Material xarajatlari
(xarid qilingan oyda to’lanadi)

2500

2500

4000

2. Ish haqi
(5 ishchi x 60 x 8.50)

6800

6800

6800

3. Umumishlab chiqarish xarajatlari (kelgusi oyda to’lanadi)

3500

3000

2500

4. Tijorat xarajatlari
(kelgusi oyda to’lanadi)

5000

4000

4000

5. Umumishlab chiqarish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari (kelgusi oyda to’lanadi)

8000

8000

7000

6. Bank foizlari to’lovi yanvarda - 12000 dan 1 % fevralda - 12000 dan 1 % martda - 10000 dan 1 %

120

120

100

7. Kreditning qaytarilishi




2000




8. Soliq to’lovi







4550

Xulosa:
yanvardagi naqd pul qoldig’i - 15920; fevrldagi - 12500; martdagi - 16050.
Bu o’rtacha holat, ammo xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyati uchun yuqori emas.

5. Sotish hajmini rejalashtirish muammolari


Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning (bajarilayotgan ish, ko’rsatilayotgan xizmat) sotuv byudjetini tayyorlash bosh byudjetni ishlab chiqish jarayonining boshlang’ich bosqichidir. Sotuv hajmi va uning tovar tuzilishi xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy xarakterini va darajasini belgilaydi.
Barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarda sotuv byudjetini ishlab chiqish rejalashtirish jarayonining eng qiyin bosqichi hisoblanadi. Sotuv hajmi va shundan kelib chiqqan holda sotuvdan tushgan daromad nafaqat xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish imkoniyatlari, balki nazoratga olinmaydigan omillarning ta’siridagi real bozorda sotish imkoniyatlari bilan ham bog’liq. Sotuv byudjetini tuzishda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan, lekin hisobga olinishida bemalol hisoblanishi mumkin bo’lgan omillar bilan bir qatorda, hisoblanishi mumkin bo’lmagan yoki alohida yondashuvni talab qiladigan omillar mavjud, Ulardan quyidagilarni alohida ko’rsatib o’tish mumkin:

  • bozorga shu xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar faoliyati;

  • xo’jalik yurituvchi subyektning milliy va jahon bozordagi umumiy o’rni;

  • mahsulotlarni sotib oluvchi xaridorlar va xom ashyo hamda materiallarni yetkazib beruvchilarning muqimligi;

  • xo’jalik yurituvchi subyekt imidjini ko’tarishga hamda mahsulot sotishni ta’minlashga qaratilgan reklamaning samarasi;

  • davriy, mavsumiy va boshqa tebranishlar;

  • xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarilgan mahsulot bahosini shakllantirish (belgilash) siyosati;

  • sotilayotgan mahsulotning rentabellik darajasi.

Sotuv byudjeti asosidagi baholarni aniqlashning ikkita asosiy usuli mavjud:

  1. Umumiqtisodiy shart-sharoitlar, bozor kon’yukturasi va ishlab chiqarish o’sishining egri chizig’ini matematik tahlil qilish asosida statistik istiqbolni belgilash.

  2. Xo’jalik yurituvchi subyekt sotishni tashkil etish bo’limi boshqaruvchilari va xodimlarining fikrlarini yig’ish orqali olingan ekspert xulosasi. Ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlarda sotishni tashkil etish xodimlari tomonidan har bir mijozga sotilayotgan har bir mahsulot hisoblab chiqiladi. Boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarda esa, butun mintaqadagi umumiy sotuvlar hajmini mintaqaviy boshqaruvchilar tomonidan hisoblanadi.

Bu usullarning har biri o’z ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Amaliyotning ko’rsatishicha, ko’pgina yirik xo’jalik yurituvchi subyektlar bu usullarning ikkalasidan ham mos ravishda foydalanishadi. Ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlar regressiv tahlil, mahsulot chiqarish xarajatlari va ekonometrik modellar kabi qiyin uslublardan foydalanish istiqbolni to’g’ri belgilashda qo’l kelmaydi degan nuqtai-nazarga egalar.


Shuning uchun hisobga olish qiyin bo’lgan, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarining shaxsiy ishbilarmonlik xususiyatidan kelib chiqadigan xulosasi ham bu yo’nalishda muhimdir
*- Bu ikki usul, albatta, bir qator yutuq va samaralar bilan birgalikda kamchiliklardan ham holi emas.

Download 209.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling