maydonlarida bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit
bo‘la olmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli maydonlardan tashkil topishi maqsadga
muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, jadvaldagi
ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. Birlamchi
kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali strukturasini
tashkil qilishda aniqlanadi.
Bosh jadval yordamida boshqa jadvaldagi mos ma’lumotlarni chaqirishni
ta’minlash uchun boshqa jadvalda tashqi kalit tashkil qilinadi. “Bitta-ko‘pga”
bog‘lanish holatida tashqi kalit bosh jadvalda tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi
kalitlarni aniqlashda MBBT avtomatik ravishda jadvalda indekslarni quradi
47-bilet
1. Relyatsion ma’lumotlar modeli. Ma’lumotlarni relyatsion modeli asosida
munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni ikki o‘lchamli jadvallar yordamida
tavsiflash qulay. Jadval tushunarli va inson uchun oddiy. Munosabatlar to‘plami
ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga ular orasidagi
bog‘lanishlarni modellashtirish imkonini beradi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan ierarxik,
tarmoqli va boshqa ma’lumotlarni tasvirlash usullarini shunday ikki o‘lchamli
jadvalga keltirish mumkin. Bunday jadvallar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi.
1. Jadvalni har bir ma’lumot elementi maydon hisoblanadi va takrorlanuvchi
guruhlar bo‘lmaydi;
2. Barcha ustunlar bir jinslidir;
3. Har bir ustunga nom tayinlangan;
4. Jadvalda bir xil satr ikki marta uchramaydi;
5. Bunday jadvalda satr va ustunlar ixtiyoriy tartibda qaraladi va ixtiyoriy
ketma-ketlikda ishlatilishi mumkin.
2.SQL tili – bu (Strusture Query Language), ya’ni strukturalangan so‘rovlar tili
Do'stlaringiz bilan baham: |