1 Relyatsion hisoblash – bu relyatsion algebradan farqli o'laroq, protsessual bo'lmagan so'rovlar tilidir, ya'ni u nima qilish kerakligini aytadi, lekin buni qanday qilishni tushuntirmaydi. Relyatsion hisob ikki shaklda mavjud


Proyeksiya - bu bir xil jadvaldagi kortejlarda bajariladi. Proyeksiyaning natijasi faqat dastlabki jadvalning belgilangan atributlarini o'z ichiga olgan yangi jadvaldir


Download 35.44 Kb.
bet2/19
Sana04.02.2023
Hajmi35.44 Kb.
#1160932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
41 bilet

Proyeksiya - bu bir xil jadvaldagi kortejlarda bajariladi. Proyeksiyaning natijasi faqat dastlabki jadvalning belgilangan atributlarini o'z ichiga olgan yangi jadvaldir

2) Funksional bog‘lanish tushunchasi. Relyasion MBda ma’lumotlarni tuzilmasidan tashqari ularni sxematik axborotiga ham etibor beriladi. MBni tuzilmasi haqidagi axborot munosabat sxemasi yordamida beriladi. Sxematik axborotlar esa atributlar orasidagi funksional bog‘lanishlar orqali ifodalanadi. MB munosabatlarida atributlarni tarkibini quyidagi talablarga javob beradigan qilib guruhlash kerak: Atributlar orasidagi zaruriy bo‘lmagan takrorlanishlar bo‘lmasligi kerak. Atributlarni guruhlaganda ma’lumotlar takrorlanishi minimal darajada qilib ta’minlanishi kerak. Bu bevosita ma’lumotlarni tez qayta ishlash imkonini beradi. Bunga normallashtirish jarayoni yordamida erishiladi. Normallashtirish deganda berilgan munosabatni bir necha marta oddiy va kichik munosabatlarga ajratish tushuniladi. Bu jarayonda mumkin bo‘lgan barcha funksional bog‘lanishlar aniqlanadi. Agar, A,B,S, R munosabatini 3 ta atributi yoki atributlar to‘plami bo‘lsin. Agar B atribut A atributga, S atribut esa B atributga bog‘langan bo‘lsa, ya’ni , A → B va B→S. Bunda teskari bog‘linishlar bo‘lmasa, unda S atribut A atributga tranzitiv bog‘langan deyiladi. Uni ko‘pincha diagramma ko‘rinishida quyidagicha belgilaymiz:
3 NFga keltirishning diagramma ko‘rinishi Shunday qilib, R munosabat 3 NFda berilgan deyiladi, agarda, u 2 NFda bo‘lsa va R munosabatdagi birlamchi kalit bo‘lmagan har bir atribut R munosabatni har har bir mumkin bo‘lgan kalit atributiga notranzitiv bog‘langan bo‘lsa. Umuman olganda normallashtirish jarayoni va munosabatni 3 NFga keltirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1.Ma’lumotlarni ixtiyoriy tuzilmasidan oddiy tuzilmali ikki o‘lchamli jadvallarga o‘tish va 1 NFni hosil qilish; 2.Kalit atributlari bilan barcha atributlar orasidagi mumkin bo‘lgan to‘liqmas funksional bog‘lanishlarni yo‘qotish va 2 NF hosil qilish; 3.Mumkin bo‘lmagan kalit atributlari va asosiy bo‘lmagan atributlar orasidagi tranzitiv bog‘lanishlarni yo‘qotish va 3 NFni hosil qilish.
3) SQL ma’lumot toifalari. Simvollar satr ma’lumot toifasi SQL standartida matnlarni faqat bitta tavsifi keltiriladi. Uning sintaksisi quyidagicha: CHARACTER[(uzunligi)] yoki CHAR[(uzunligi)] Jadvalda belgilangan atrubutlar CHAR toifasiga tegishli bo‘lishi mumkin. Bunda bu atributlar qiymatlari 1 dan 255 tagacha belgidan iborat bo‘lishi mumkin. SQL tilini ba’zi birlardagina o‘zgaruvchan uzunlikdagi satr toifalari mavjud. Bu toifalar quyidagicha tavsiflanadi: VARCHAR() yoki CHARVARYING() CHARACTER va VARCHAR toifasidagi konstantalar apostrof ichiga yoziladi. Quyidagi toifalarni barchasi ekvivalent SQLda bir xil vazifa bajaradi: VARCHAR [(uzunligi)]; CHARVARYING [(uzunligi)]; CHARACTER VARYING[(uzunligi)]. Agar uzunlik oshkor ko‘rsatilmasa, u holda 255 ga teng deb qabul qilinadi, ya’ni barcha hollarda 255 ta simvoldan iborat bo‘ladi. Sonli ma’lumot toifalari SQL standartida quyidagi son toifalarida ishlatiladi. INTEGER – butun sonlar uchun - 2 -31….231; SMOLLINT – butun sonlar 2-15…215; DECIMAL (aniqlik[masshtab]) – fiksirlangan nuqtali son. Aniqlik sondagi qiymatli raqamlar masshtab. Unli nuqtadan undagi raqamlarning maksimal sonini ko‘rsatadi; NUMERIC – butun sonlar uchun - 2 -31….231; FLOAT[(aniqlik)] – haqiqiy sonlar uchun qo‘llaniladi.

Download 35.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling